Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
148 Sattorovich chiday olmadi. Ko‘zda yosh bilan hujjatxonani tark etdi...» Anvar gazitni g‘ijimladi, so‘ng pora-pora qilib yirtdi. Keyin o‘rnidan turib, Gulnora o‘tirgan stolga yaqinlashdi-da, undagi gazitni ham poralab tashlagach, stolni zarb bilan tepdi. «Eng kichik ilmiy xodim» yugurib kelib, uni yelkasidan quchoqladi. — Anvar aka, o‘zingizni bosing. Hech kim ishonmaydi bu gaplarga. — Men bor edim o‘sha yerda, o‘qib bergan edi, maraz! Shularni yozish uchun atay borgan u haromi! Shu payt Anvarning qulog‘i shang‘illab, ko‘zlari tindi. Tanish ovoz eshitildi: «Hikmat O‘rolovnikiga bor...» Anvar «eng kichik ilmiy xodim»ning quchog‘idan bir yulqinib bo‘shadi-da, tez-tez yurib, xonadan chiqdi. Ovozning hukmiga bo‘ysunmay Xolidiyning xonasiga bordi: eshik berk... O‘lmas Akramning eshigi ham berk... Hatto kotibasi ham yo‘q. Anvar egasiz eshikni tepib, bo‘ralab so‘kdi-da, ovozning buyrug‘iga itoat etib, Hikmat O‘rolovning uyiga qarab ketdi. Hikmat O‘rolov shahar markazida, olimlar uchun maxsus qurib berilgan ikki qavatli uyda yashardi. Eshik qiya ochiq bo‘lsa ham Anvar qo‘ng‘iroqni bosdi. Dam o‘tmay ostonada Hikmat O‘rolovning xotini ko‘rindi. Erini benihoya tarzda izzat qiluvchi, har qanday beta’sir shamoldan asrashga intiluvchi, sochlari tekis oqargan xushro‘y, xushmuomala bu ayol barchani shirinso‘zligi bilan maftun etardi. Hozir ham Anvarni mehribonlik bilan qarshiladi. — Kelganingiz yaxshi bo‘ldi. Domla sizni juda yaxshi ko‘radilar. Ko‘p gapiradilar. Ancha vaqt ko‘rinmadingiz, xavotirlandilar. Anvar nima deyishni bilmadi. «Tobim yo‘q edi», desa, jinnixonadan chiqqaniga ham yarim yil bo‘ldi. Birrov kelib ketishi mumkin edi... — Ayb menda, e’tiborsizlik qildim, — dedi Anvar dangal. Ayol bu gapni eshitib, shiringina jilmaydi-da, boshini sarak-sarak qilib, dedi: — Unday demang, jon o‘g‘lim, yoshlarning ishlari, tashvishlari ko‘p bo‘ladi. Eng muhimi, dilingizda tutgan bo‘lsangiz bas. Anvar ostona hatlab ichkari kirib, to‘xtadi. — Nega to‘xtadingiz, kiravering. — Domla... o‘qidilarmi? — Ha... — ayol ma’yus jilmaydi. — Lekin siz qayg‘urmang. Bu hali fojia emas. Biz bundan battarlarini-da ko‘rganmiz. — Hammasi tuhmat... — Qayg‘urmang, deyapman-ku. Domlajon mutlaqo e’tibor bermadilar. Odatdagidek kitobxonalarida ish bilan bandlar. Yuring, yuravering.... Anvar uy bekasining izidan ikkinchi qavatga ko‘tarildi. Bu uydagi mehmon kutishga mo‘ljallangan eng katta xona kitoblarga ajratilgan. To‘rt devor gir aylana, hatto eshik- derazalarning yonlari, tepalariga ham taxtachalar qo‘yilib, kitoblar terilgan. Ko‘cha tomonga qaragan katta deraza yonida yozuv stoli. Ikki kishining suhbatlashib o‘tirishiga mo‘ljallangan ikkita yumshoq o‘rindiq, pastak kursi... Katta xonaning jihozlari shulardan iborat. Hikmat O‘rolov yumshoq o‘rindiqlardan birini band etgan, qo‘lida qadimdan qolgan kitob. Ko‘zlari kitob sahifasiga qadalgan, xayoli esa nima bilandir qattiq band edi. U zinadan ko‘tarilayotgan ikki kishining sharpasini sezmadi. Anvar uning o‘tirishiga qaraboq, ish bilan band emasligini fahmlab, o‘girildi-da, uy bekasiga savol nazari bilan qaradi. Uy bekasi boshini chayqab qo‘yib, yengil yo‘taldi. Hikmat O‘rolov bunga ham e’tibor bermadi. Shunda Anvar balandroq ovozda salom berdi. Xayol changalidan yulib olingan Hikmat O‘rolov cho‘chib tushdi-yu, ammo sir boy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling