Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
149
bermay alik oldi-da, o‘rnidan turib Anvarga quchoq ochdi. 
— Qo‘ng‘iroqning chalinishidan siz kelganingizni biluvdim. Siz astagina, odob bilan 
chalasiz, — dedi u Anvarni bag‘riga bosib. — Xursandman, mehribonim, xursandman. 
Qani, o‘tirsinlar. Hozir ittifoqo mavlono Rumiyni o‘qiyotgan edim. Bir rivoyat xayolimni 
o‘g‘irladi. O‘qib beray, eshiting. Malikam, siz ham tinglang. Gapni cho‘zmaslik uchun
mazmunini aytayinmi? 
— Men o‘zim o‘qib olarman. 
— Durust. U holda choyni shu yerda ichamiz. Ikki olimning suhbati kitobxonada 
kechgani ma’qul. 
Uy bekasi iziga qaytgach, Hikmat O‘rolov muqovasiga yamoq tushgan kitobni varaqladi. 
Anvar yozuv stolidagi gazitni ko‘rgan, domlaning atayin gapni chalg‘itishga 
urinayotganini fahmlab turardi. 
— Siz yakan nima ekanini bilasiz, a? — deb so‘radi Hikmat O‘rolov. 
Anvar bu so‘zni eshitgan, ammo nimani anglatishini aniq bilmas edi. Shu bois o‘ylanib 
qoldi. 
— Faqat pul, demang. Otarchilar bir paytlarda pulni «yakan» deyishardi. Yakan — 
o‘simlik, qamishzorda o‘sadi. Yakanni o‘rib olib, quritib uzum osadilar, yoki savat qalpoq 
to‘qiydilar. Qamish, bilasiz, uzun. Yakan esa pastak o‘simlik. Xullas, yakan bir kuni 
qamishga qarab: «O‘, birodar, hadeb g‘o‘dayaverma, sal egil, Ollohning quyoshi nuridan 
biz ham bahramand bo‘laylik», debdi. Qamish unga qaragisi ham kelmay, burnini jiyirib 
qo‘yibdi. Vaqti-soati kelib qamishni o‘ribdilar. So‘ng yakanni. Tasodifni qarangki, o‘sha 
qamishdan yasalgan bo‘yrani bir uyga to‘shabdilar. Shu uy to‘sinlariga esa uzumni 
osibdilar. Yakandan to‘qilgan savat qalpoqni devorga ilibdilar. Oradan kunlar o‘taveribdi. 
Qamish pastda, yakan esa tepada ekan. Oxiri qamish tepadagi yakanga zorlanibdi: 
«Meni o‘rib olib quritdilar, tepkilab qovurg‘alarimni sindirdilar, so‘ng suvga bo‘kdilar. 
So‘ng qayirib bukib, bo‘yra holiga keltirdilar. Endi esa har kuni tepkilaydilar. Bu ham 
yetmaganday bir chetimni qayirib, tupuradilar...» — Hikmat O‘rolov shunday deb 
kulimsiradi: — Nos tupursalar kerak-da, a? Xullas, qamishning hasratidan chang 
chiqibdi. Shunda yakan debdi-ki: «Siz bekor g‘o‘daydingiz. G‘o‘dayib o‘saverdingiz. 
Ammo ichingiz g‘ovak ekanini unutdingiz. G‘ovak bo‘lganingiz uchun ham tepkilanishdan 
bo‘lak narsaga yaramadingiz. Hali ham kech emas. Siz o‘sgan yeringizda ildizingiz 
qolgan. Ularga yetkazing, sizning holingizga tushmasinlar...» — Hikmat O‘rolov shunday 
deb Anvarga savol nazari bilan tikildi: — G‘aroyib rivoyat, shunday emasmi? Qamish 
o‘rib olinaveradi, kelgusi yili esa ildizidan yana o‘shanday qamish o‘sib chiqaveradi. 
Bechora oqibatda qanday xor bo‘lishini bilmay g‘o‘dayaveradi. Oyoq ostiga tashlanmay, 
tomga to‘shasalar ham baribir basharasiga loy chaplaydilar... Qismati og‘ir... ammo u 
yakan bo‘lolmaydi... 
Hikmat O‘rolov shunday deb iyagini qashib qo‘ydi. Shunda Anvar barmoqlarning yengil 
qaltirayotganini ko‘rdi. «Dardni yashirish qiyin, — deb o‘yladi Anvar. — Xolidiyning 
ahmoqona gaplariga e’tibor bermay bo‘larkanmi? Domla dardini ichiga yutishga 
urinyapti. Yuragida bu dardni ham singdirish uchun bo‘sh joy bormikin? Domla nimaga 
bunday qilyapti? Andishadanmi? Andishaning otini qo‘rqoq deyishadi-ku? Indamay 
qo‘ygani barcha bo‘htonlarga rizo ekanini anglatmaydimi? Nahot domla buni 
tushunmaydi? Qachongacha indamay o‘tiraveradi? Mana shunaqa indamay qo‘ya qolish 
odati borligi uchun ham Xolidiy tap tortmay unga tashlangan. Qani, Mirolimga shunday 
qilib ko‘rsin-chi?! Yo‘-o‘q, bu shallaqidan qo‘rqadi. Stalin zamonida Mirolim ziyolilarni 
quritishda rosa xizmat qilgan. Xolidiy unga salgina tegib o‘tsa, o‘zi balolarga qoladi. 
Mirolim lo‘li xotinlarday dod solib, Xolidiyning ayblarini ochib tashlashdan ham 
qaytmaydi. Hikmat O‘rolov esa indamaydi... Indamay turib yengmoqchi bo‘ladi... 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling