Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
152 o‘xshagan yigitlar ko‘p, shundan xursandman. Lekin orangizda yosh Xolidiylar yo‘qmi? Ularni yanchib tashlay olasizmi? Savolimga hozir javob qaytarmang, javobni vaqt beradi. Azizim, siz bahsni yaxshi ko‘rasiz, bilaman. Sizdan o‘tinchim bor: bugun bahslashmaylik. Undan ko‘ra, siz kelmay turib o‘qigan yana bir rivoyat bayonini aytib beray: Luqmoni hakim bilan ilon bahsini eshitganmisiz? — Yo‘q. — Tinglang, ajoyib rivoyat: xullas, Luqmoni hakim yo‘lda borayotsalar bir uydan nola eshitilibdi. Kirsalar, xasta odam og‘riqlarga chidayolmay dod der emish. Tabiblar kelib, uni bugun-erta o‘ladi, deyishibdi ekan. Luqmoni hakim xastaning bilak tomirini ushlab ko‘rib debdilarki: — Dardingizga davo bor. Ilon zahri sizga shifo bergay. Xasta debdiki:— Ilon zahrini men qaydan topay? Bir bedavo bo‘lsam... Yo meni shu ahvolda tashlab ketaverasizmi? Olloh mening zorimni eshitib, Luqmoni hakimga ro‘baro‘ qilganida edi, u zot meni tashlamas edilar. Luqmoni hakim bu nolani tinglab aytibdilarki: — Zinhor tashlamasman. Xullas, hazrat Luqmoni hakim ilonzorga borib bir yoshroq ilonni bo‘g‘zidan bo‘g‘ib tutibdilar. Shunda ilon ittifoqo tilga kiribdi va debdiki: «Ey inson farzandi, sen nechun meni bo‘g‘a-yotirsan? Ollohning menga bergan jabrlari kammi edi?» «Olloh senga qanday jabrlar qildi?» deb so‘rabdilar Luqmoni hakim. «Meni ko‘rimsiz qilib yaratdi, odamlar ko‘rsalar mendan qochadilar. Meni yertuban qilib qo‘ydi, sudralib yurishga mahkum etdi. Endi sen meni bo‘g‘ib, jonimni olarsanmi?» Luqmoni hakim debdilar: «Shunday qilmasam, bir odam hayotdan ko‘z yumar». Ilon debdi: «Ajab! U odamni saqlab qolmoq uchun meni o‘ldirasanmi? Axir u ham Ollohning bir maxluqi, men ham. Bir jonni saqlab qolmoq uchun ikkinchisini mahv etmoq shartmi? Ey inson bolasi, sen ayt: men birovni chaqsam, mening zahrimni daf eta olasanmi?» Luqmoni hakim aytibdilar: «Ha, daf eta olaman». Ilon debdi: «Unda mening zahrim kuchli emas ekan. Dunyoda shunday zahar borki, sen uni zinhor daf eta olmassan!» «Qanday zahar? Qora qurtnikimi?» — debdilar Luqmoni hakim. «E, yo‘q, — debdi ilon. — Dunyoda eng kuchli zahar odamning zahri. Bunga davo yo‘qtur. Odam odamni chaqsa albatta o‘lim haqdir! Olloh biz — ilonlarni tuban qilib yaratdi. Ammo biz bir-birimizni chaqmaymiz. Siz — odam bolalarini yuqori qilib yaratdi, siz bir-biringizni chaqib o‘ldirasiz. Sen jonini saqlab qolmoqchi bo‘layotgan xastaga mening zahrim davo emas, yanglishma. Uni o‘z do‘sti chaqqan. Uning zahriga davo topa olmassan. Bunga hatto Luqmon ham davo topmagay. Qo‘y, u o‘laversin, azoblaridan qutula qolsin...» — Hikmat O‘rolov shunday deb xo‘rsinib qo‘ydi. Uning nima uchun xo‘rsinganini Anvar ertasiga fahmlab yetdi. 3 Nima?! Hikmat O‘rolov o‘ldi?! Anvar quloqlariga ishonmadi. Avvaliga «eng kichik ilmiy xodim»ni institut ostonasida ko‘rib «Ertalabdan kimni kutayotgan ekan?» deb o‘ylab, ajablangan edi. Endi bilsa, bu shumxabarni yetkazish uchun turgan ekan. Anvar hozir «nima uchun meni qarshiladi, nima uchun meni ichkariga qo‘ygisi kelmadi» deb o‘ylamadi. Buni keyinroq, jinnixonada yotganida o‘ylaydi. Hozir esa shumxabar zarbidan karaxt bo‘lib turardi. — Kecha oqshomda to‘satdan uzilibdilar, — dedi «eng kichik ilmiy xodim». — Kechqurun uyimga telefon qilishdi. Kechasi bilan shu yerda edik, joy tayyorladik. Xayrlashish uchun shu yerga qo‘yishmoqchi ekan. Kennoyi unamabdilar. Shunga... O‘lmas aka sizdan iltimos qildilar. Borib, ko‘ndirib berarkansiz. Siyosiy masala, deyishayapti... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling