Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
155
Bu manzara uzoq davom etmadi. Anvarni ajratdilar. Kimdir qo‘lini qayirib oldi. 
— Sen ilonsan! Sen ichi g‘ovak qamishsan! To‘qayga o‘t qo‘yaman, ildizingni quritaman! 
Anvar jon achchig‘ida baqirar, qo‘llarini kim qayirayotgani, kim sudrab borayotganini 
fahm etmas edi. Dafn marosimiga to‘planganlar ham Anvarning qo‘llarini qayirgan bu 
baquvvat g‘ilayning qayoqdan paydo bo‘lganini bilmas edilar. 
Xolidiy otashin nutqini tugatayotgan damda Anvarni biqinida qo‘shuv alomati bor, usti 
berk mashinaga zo‘rlab chiqardilar. Ustiga yengsiz uzun ko‘ylak kiydirdilar. Imom 
tilovatni boshlaganda mashina jinnixona sari yo‘l olgan edi. 
XVIII b o b 
1 
Oddiy hazil yoki kimnidir laqillatish maqsadida aytilgan gap oxir-oqibatda kimningdir 
joniga qasd qilinmog‘i uchun sabab bo‘lajagini barcha ham vaqtida fahm eta olmaydi. 
Ba’zida hatto ko‘pni ko‘rganlar ham «nahot shu gap bilan falonchini o‘ldirib ketishibdi?» 
deb ajablanishadi. Roviylar «aytgan so‘zim — hojam, aytmaganim — qulim» deb 
ekanlar. Shundanmi, hojaga aylangan gap istasa kuldiradi, istasa yig‘latadi. Xohlasa — 
jon beradi, xohlasa — jon oladi. Olganda ham inson bolasiga ko‘p azoblar berar, it 
azobini boshiga solar. O‘limga yetaklovchi boshqa hech bir yo‘lda bu qadarli azoblar 
yo‘qdur... 
Zohid yoqimsiz hamkasbining jig‘iga tegish uchun aytgan gapi ikki odamning jonini olib 
ketishi mumkinligini, oqibatda o‘zi ham og‘ir ahvolga tushib qolajagini o‘ylamagan edi. 
Kecha oqshomda prokuror uni qabul qilib, barcha gaplarini diqqat bilan tinglab, so‘ng 
yaxshi so‘zlar bilan ko‘ngliga chiroq yoqqan edi. Zohid avvallari tashvish tikanaklari 
ustida yotib to‘lg‘onib chiqqan bo‘lsa, bu kech yaxshilik umidi chirog‘ida ko‘zi qamashib 
uxlay olmadi. Prokurorning gaplari dam-badam qulog‘i ostida jarangladi: «Siz aytgan 
Asadbeklar kim, homiylari kim — bilamiz. Ular bilan hisob-kitob vaqti keladi. Arqonni 
uzun tashlang. Bir-ikki odamni qafasga solgan bilan ish bitmaydi. Hammasini 
birvarakayiga ilintirish harakatini qilamiz. Bu harakatda siz ham borsiz...» 
Bu albatta yaxshi gap. Ammo... birvarakayiga ilintirish vaqti yetguncha ular jim 
turarmikin? O‘g‘irlashmasmikin, bokira qizlarning nomuslarini bulg‘ashmasmikin, zo‘rlik 
qilishmasmikin? Va nihoyat... o‘ldirishmasmikin? Xorij filmlariga ishonilsa, undagi 
jinoyatchilar, undagi odam o‘ldirishlar oldida Asadbeklar halimdekkina, odobli odamlar, 
deyish mumkin. Lekin arqon uzun tashlansa, ular ham o‘sha kinolardagidek, balki
undan-da battar vahshiylashib ketishmasmikin? 
Zohid tunda shularni o‘yladi, prokuror bilan xayolan bahslashdi. Unga tasalli bergan 
narsa — prokurorning hamma narsalardan xabardorligi, jinoyatchilarga xayrixoh 
emasligi. Eng muhimi shu! Qolganini vaqt hal qiladi.
Zohid tergovni davom ettirish, yanada qat’iyroq harakat qilish qasdida ishga kelgan edi. 
O‘sha yoqimsiz hamkasbi, yoqimsiz xabar bilan qarshiladi: 
— Eshitdingizmi, kavkazliklaringizni o‘ldirishibdi, — dedi u mamnun bir qiyofada. 
— O‘ldirishibdi? Kim o‘ldiradi? — deb so‘radi Zohid. 
— Hammomda urish chiqibdi. Kim o‘ldirgani noma’lum. 
Zohid uning gapini oxirigacha eshitmadi. Xonasiga kirdi-da, eshikni qulfladi. Joyiga 
o‘tirib, boshini changalladi. Boshi savollar oqimida shishib, yorilib ketay derdi: nimaga 
o‘ldirishadi? Kim o‘ldiradi? Kecha prokuror ularni boshqa turmaga ko‘chirishga va’da 
bergan edi. Bu haqda buyruq chiqarishga ulgurdimi? Va’dasi chinmidi yo qo‘ynini puch 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling