Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
153 — Siyosiy masala?! — Anvar hamxonasining yoqasiga chang solganini o‘zi ham sezmay qoldi. — O‘lib ham qutulmasinmi?! «Anvar aka, o‘zingizni bosing», degan ogohlantirishdan so‘ng uning yoqasini bo‘shatdi. — O‘zi qani, direktorchang? — deb so‘radi titroq ovozda. So‘ng javob kutmay ichkariga qarab yurdi. Chindan ham ertalabgacha bu yerda ancha ish qilingan edi: eshik og‘zidagi qorovulning stoli olingan, qo‘yilganidan beri ishlatilmagan kiyim ilgichlar ham yo‘qotilgan, o‘rtaga gilam to‘shalgan, zinaning yonidagi ustunga Hikmat O‘rolovning surati osilgan, surat ostida esa qora rangli harflarda yozilgan «Berahm ajal atoqli olim, buyuk insonni bag‘rimizdan yulib oldi», deb boshlanib, «o‘lim uni davramizdan olib ketdi, to tirik ekanmiz nomini qalbimizdan hech qanday kuch yulib ololmaydi» deb yakunlanuvchi ta’ziyanoma yopishtirilgan edi. Anvar bu satrlarni atayin to‘xtab o‘qimadi. Bir ko‘z tashlashda boshlanishiyu xotimasiga nigohi tushib eslab qoldi. «Eng kichik ilmiy xodim» zinadan chiqishiga yo‘l qo‘ymadi: — Anvar aka, foydasi yo‘q. Dastlab Anvar uni siltab tashlagisi keldi. Biroq, uning ma’yus boqib turgan toliqqan ko‘zlariga ko‘zi tushgach, shashtidan qaytdi. G‘azab iskanjasi uni bir oz holi qo‘ydi-yu, orqasiga o‘girildi... Hikmat O‘rolov yashagan ikki qavatli uy oldida odamlar to‘planib turishgan edi. Yo‘l chetida nasroniylarning qizil mato qoplangan tobuti, daraxtga esa gulchambar tirab qo‘yilgan, Marhumning uyiga kiraverishda esa ikki yigit yog‘och otni minishga hozirlardi— tobut atrofini oq mato bilan o‘rardi. Anvar buni ko‘rib, yig‘lab yubordi-da, yurishdan to‘xtadi. Cho‘ntagidan ro‘molchasini chiqarib, ko‘z yoshlarini artgach, asta yurib, to‘planib turgan odamlar qatoriga qo‘shildi. «Eng kichik ilmiy xodim» ham uning yonidan joy oldi. Rahbariyatning topshirig‘ini eslatmadi. Yarim soatlardan so‘ng bel bog‘lagan bir yigit Anvarni imlab chaqirib ichkariga boshladi. Dahlizda uni Hikmat O‘rolovning bevasi qarshiladi. ... kechagina «malikam» deb erkalangan bu ayol bugun beva edi... Anvar uni ko‘rishi bilan yana yig‘lab yubordi. Musibatni chekintira oluvchi, dardga malham bo‘lishga qodir biron so‘z tiliga kelmadi. — Yaratganning irodasi shu ekan, ilojimiz qancha... Sizni chaqirganim ...rahbarlaringizga ayting, xafa bo‘lishmasin, ularning topshiriqlarini bajara olmayman. El-yurt nima desa shu... Beva shunday deb yig‘i ovozi chiqib turgan xona sari yurdi. Anvar bo‘g‘zini bo‘g‘ayotgan yig‘ini qaytarishga urinib, joyida picha turdi. U xonadan bu xonaga, uydan ko‘chaga... kirib-chiqib yurgan, musibatga bandi bo‘lgan odamlar uning qotib turganiga e’tibor berishmadi. Anvar beixtiyor zina sari yurdi. Ikkinchi qavatga ko‘tarildi. Kitobxona eshigi lang ochiq. Ichkari bo‘m-bo‘sh... Yetim qolgan yozuv stoli, kitoblar... unsiz bo‘zlashadi. Bu xonadagi faryodlar pastdagi yig‘idan baravjroq, ammo uni hech kim eshitmaydi. Dam o‘tmay pastda g‘assol murdani yuvadi. Badandagi kir suvga qo‘shilib to‘kiladi. Bu xonaga esa tilga chiqarilmagan dardu hasratlar to‘kilib qolgan. Yurakni tirnagan, oxir-oqibat tomirlarni uzib tashlagan alamlar ham shu xonada qoladi. Endi bu xonaga ozod ruh egalik qiladi... Anvar ichkariga oyoq qo‘yishga botinmadi. Nazarida yumshoq o‘rindiqda Hikmat O‘rolov o‘tirganday, unga qarab jilmayib qo‘yganday bo‘ldi. Keyin uning ovozini eshitdi. Aniq eshitdi: «...Dunyoda shunday zahar borki, sen uni zinhor daf eta olmassan. «Qanday zahar, qora qurtnikimi?» debdilar Luqmoni hakim. — «E, yo‘q, — debdi ilon. — Dunyoda eng kuchli |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling