Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
150 Shularni unga aytayinmi?.. U mening nasihatimga muhtojmi? Mayli, birovga chang solmasin, ammo... hech bo‘lmasa o‘zini himoya qilsa-chi?..» Hikmat O‘rolov barmoqlarining titrashidan noqulay ahvolga tushdi. «Sezdimi yo sezmadimi?» degan hadikda Anvarga o‘g‘rincha qarab qo‘ydi. «O‘yga toldi... rivoyat ta’sir qildimi yo Xolidiyni o‘ylayaptimi? Kelgani yaxshi bo‘ldi... Halol yigit. Ko‘nglida kiri yo‘q... Shuning uchun qiynaladi. Umr bo‘yi qiynalib yashashga mahkum...» Uy bekasi patnisda non-choy ko‘tarib chiqib, oradagi sukutni buzdi. — Voy esim qursin, dasturxon olmabman-ku, — dedi u xijolat bo‘lib. — Hechqisi yo‘q, malikam, — Hikmat O‘rolov shunday deb o‘rnidan chaqqon turdi-da, yozuv stolidagi gazitni olib, kursi ustiga yoydi. — Qo‘lbola dasturxon ham bo‘laveradi, siz aziyat chekmang. Uy bekasi birinchi qavatga tushib ketgach, piyolalarga choy quyildi. Hikmat O‘rolov gapni chalg‘itib, maqolani eslashni xohlamasdi. Choynakning tagida Xolidiyning maqolasi chop etilgan gazit, ikkovining ko‘ngli ham, xayoli ham shu gaplar bilan band. Ammo maqola tufayli jabr chekkan odam o‘zining bu mayda gaplardan yuqori ekanini ko‘rsatishga tirishadi. Anvar esa bunga toqat qilolmaydi. U o‘zini oqlamoqchi emas, biroq haqiqatni aytishi shart. — Domla, men hujjatxonada rostdan ham bor edim, ammo... — deb gap boshladi Anvar. Biroq, mezbon so‘zlarini davom ettirishga yo‘l bermadi: — Siz meni ranjityapsiz, azizim, — dedi Hikmat O‘rolov, bosh chayqab. — Shu gaplarga ishonadigan go‘l odamga o‘xshaymanmi? — Domla... — Gapirmang, azizim, gapirmang. Umr bo‘yi o‘sha idoraning xizmatini qilib kelgan odam yoningizga kirib hujjat titadimi? E... uning nayranglarini ko‘raverib... Tag‘in ham «domla Inoyatulloni Hikmat O‘rolov o‘z qo‘li bilan otgan», demabdi. Shunisiga xursandman. Hamonki, shu mavzuda gap ochdingiz, bir narsani aytay: to‘g‘ri, domla Inoyatulloni qamashganda ko‘plar qatori meni ham chaqirishgan. Mendan avval Xolidiyni ham chaqirishgan. Menga uning ko‘rsatmalarini berishgan, o‘z ko‘zim bilan o‘qiganman. Mana bu yerdagi,— Hikmat O‘rolov gazitni barmog‘i bilan urib qo‘ydi, — gaplar o‘zining ko‘rsatmalari. Domlaning qo‘llariga kishan urib bergan Xolidiyning o‘zi. Siz hujjatlardagi mening imzomni ko‘rdingizmi? — Yo‘q... qaramay chiqib ketdim. Jahl kelganda aql ketdi... — Xijolat bo‘lmang, zarari yo‘q. Hujjatlar vaqti kelib qo‘lingizga tushsa qarab qo‘yarsiz. Men ko‘p yozmaganman. Yozganlarim aniq esimda: «Agar halol olim mingta bo‘lsa, mingdan biri domla Inoyatullo, u shu mingning oldingi qatorida turadi. Agar bittagina bo‘lsa, demak, u shubhasiz — domla Inoyatullo». Meni qiynashmadi. Boshqa so‘roqqa chaqirishmadi. Shunga to hozirga qadar hayronman. Balki men yozib bergan qog‘oz yo‘qotilgandir. Balki imzo boshqa qog‘ozga ko‘chirilgandir, bunisi menga qorong‘i. Men hali ham o‘sha fikrimda qat’iy turaman: domla Inoyatulloday olim oldida biz sariq chaqa qimmatiga ham ega emasmiz. Bunday deyishimga asos bormi? Bor. Siz ayting, azizim, bizni tarixchi olim deyish mumkinmi? Suhbatning bu tarzda burilishi Anvarni ajablantirdi, bunday savolning berilishi esa o‘ylantirdi. — Men sizdan javob kutyapman, azizim, — dedi Hikmat O‘rolov. — Ayting, bizni tarixchi olim deyish mumkinmi? — Agar kecha boshqa gap aytib, bugun boshqasini da’vo qilayotganimiz nazarda tutilsa... — Bu boshqa masala. Aytish mumkinki, bu imon masalasi. Unvonlar, ilmiy darajalar ham boshqa masala. Siz menga bir so‘z bilan javob bering: ha, yoki yo‘q! So‘ng |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling