Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
163 — Uzr, — dedi Halimjon. — Men bu kishini Bek akamikinlar, deb o‘ylabman. — Nega shunday deb o‘ylading? — dedi Chuvrindi. — Ko‘rinishlari, qarashlari, o‘tirishlari boshqacha. Savlatlari bor. — Boshqacha deganing nimasi? — Nima desam ekan... — Halimjon o‘ylanib turib Asadbekka tikildi. So‘ng Kesakpolvonga qaradi: — Siz xafa bo‘lmang, Bek aka, bu kishida boshqacha viqor bor... Kesakpolvon g‘ijindi. Chuvrindi esa kulib qo‘ydi. — To‘g‘ri topding. Bek akam bu kishi. — Odam ajratishni-ku, bilarkansan, tashqaridagi akang bilan solishsang, eplaysanmi? — deb so‘radi Kesakpolvon. — Yo hebbimga o‘xshab tagiga tushib yotib olasanmi? Halimjon uning kimni nazarda tutayotganini fahmladi-da, yelkasini qisdi. — Qo‘rqasanmi? — Qo‘rqishga-ku, qo‘rqmayman. Lekin sinamagan odamimga bir nima deyishim qiyin. Xudo xohlasa bo‘sh kelmasman. — O‘zingga ishonmaysanmi? — O‘zimga ishonmasam, sizga ro‘para bo‘lmas edim. — Hozir chiqib pachaqlab tashla, desak bajarasanmi? — Vaziyatga qarayman. Sinash uchun aytsangiz bajarmayman. Zarur bo‘lsa, boshqa gap. — Demak, o‘ylab ko‘rasan, shundaymi? Aqling shunaqa ko‘pmi? — O‘zimga yetarli bordir, deyman. — Men bilan shunday gaplashgani qo‘rqmaysanmi? Jahlim chiqsa shartta otib tashlashim mumkin-ku, a? — Jahlingizni chiqaradigan gap aytmadim-ku? Siz so‘rayapsiz, men javob beryapman. Javobim yoqmasligini bilsam ham to‘g‘risini aytyapman. Sizga yaxshi ko‘rinish uchun boshqacha gapirolmayman. Asadbek Kesakpolvon bilan Halimjonning savol-javobini diqqat bilan tingladi. Javoblardan yetarli qoniqish hosil qilib o‘rnidan turgach, Halimjon gapdan to‘xtadi. Asadbek tashqariga chiqmoqchiday eshik tomon yurdi. Ammo Halimjonning yonidan o‘tayotganida keskin burildi-da, uning jag‘iga musht tushirmoqchi bo‘ldi. Sergak turgan Halimjon o‘zini chetga olishga ulgurdi. Asadbek ikkinchi marta urmoqchi bo‘ldi, bu safar ham yigit chap berdi. Kutilmaganda Kesakpolvon o‘rnidan sapchib turdi-da, uning qarshisida yashin tezligida paydo bo‘lib, tepdi. Biroq, oyog‘i mo‘ljalga yetmay, muvozanatini yo‘qotib, yiqildi. Halimjon bularning qilig‘ini tushunmay, o‘zini devor tomonga olib, mushtini tugib, himoyaga shaylandi. Kesakpolvon o‘rnidan turib yana tashlanmoqchi bo‘lganida Asadbek uning yo‘lini to‘sdi: — Chiranma, yetadi, — deb Halimjonga yaqinlashdi-da, yelkasiga urib qo‘ydi. — Qani, o‘tir. Kesakpolvon mulzam bo‘lganini sezdirmaslik uchun Asadbekning qilig‘ini qaytardi: yigitning yelkasiga asta mushti bilan urib «durust» deb qo‘ydi. Hamma joy-joyiga o‘tirgach, Asadbek Halimjonga qarab dedi: — Sen hozircha Haydar akang bilan birga bo‘lasan. Bizning ishimiz ham nozik, ham xatarli. Biz bilan birga bo‘lsang, faqat himoyani o‘ylamay, hujumga shay turishing kerak. Bizning ishimiz faqat hujum bilan bitadi. Hozircha shuni bilsang bas. Qolganini keyin gaplashamiz. Aqling borligi yaxshi, ammo biz aytgan ishni so‘zsiz bajarishing kerak. Aql bizda ham bor. Bir ish buyurishdan oldin o‘ylaymiz biz ham. Kunimiz odam urishu o‘ldirish bilan o‘tmaydi. Endi boraver, ertaga seni o‘zimiz topamiz. — Bek aka, yuragimni qon qilib yurgan bir gapim bor, aytib olay? — Ayt. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling