Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
171 Asadbek uning bu bahonasidan kuldi: — Bo‘sh kelmaysan-a, ko‘p narsani hali bilmayman, deb qo‘ya qolsang-chi. — Sen jim o‘tiraver. Harholda sendan ko‘proq bilaman. Shundan so‘ng yo‘lda bora-borguncha bunday jiddiy mavzularga qaytmadilar. Peshinga yaqin katta yo‘ldan burildilar. O‘rmonchining uyini eslatuvchi ovloqroq yerda ularning kelishlariga turli taomlar tayyorlab qo‘yilgan edi. — Mehmondorchilikni o‘rniga qo‘yyapti-a, — dedi Asadbek Chuvrindiga. — Buxoroga olib borganimizda har ikki soatda bir ziyofat bergan edik. Esida qolgan ekan-da. — Harna bo‘lganda ham yomon bola emas, bu. Aloqani sira buzmaslik kerak. Manzilga yetgunlariga qadar yana ikki yerda shunday hordiq chiqarishdi. — Yarim soatda yetamiz, — dedi Kozlov oqshomga yaqin. — Oltmishinchi yildan beri lagerga odam qo‘yilmayotgan edi. Eshitishimcha, yana odam qo‘yishga tayyorlashayotgan emish. Lager yonida qabriston bor. Otang o‘sha yerda. Yigitlar lager arxivini titib, raqamiga qarab aniqlab qo‘yishgan. Zanglagan simtikonlar bilan o‘ralgan, Kozlov «lager» deb atagan ulkan qamoqxona yaqinida ularni ikki yigit kutib oldi. — Asad, — dedi Kozlov, yigitlar bilan salomlashib olgach, — lagerni ko‘rasanmi yo qabristonga borasanmi? Asadbek simtikonlar ortidan ko‘rinib turgan, yarmi yer ostida bo‘lgan bostirmalarning xunuk manzarasiga tikilib qoldi. Shu yerlarda otasi yurgan... Hozir qiyshayib qolgan yog‘och minoralar ustida soqchilar turgan... Itlar akillagan... Zobitlar baqirgan... Qariyb o‘ttiz yildan beri bu qamoqxona tashlandiq holda. Simtikonlarga atayin tegilmaganday. Go‘yo bu simtikonlarning bugun ham xizmati borday... Avval uning vazifasi odamlarni qochirmaslik edi. Endi-chi? Bu simtikonlar ortida odam bo‘lmasa-da, necha ming yurakning zorli nolalari qolgan, necha ming marhumning ruhlari tunlari sarsari kezadi bunda... Zorli nolalar bu simtikonlarga urilib aks-sado beradi. Shu qadar kuchli aks-sado beradiki... uni hech kim eshitmaydi. Qaqshagan ruhlar erk ilinjida o‘zlarini shu simtikonlarga urib faryod uradilar. Ularning faryodlari shu qadar kuchliki... ularni hech kim eshitmaydi... Asadbek simtikonlarga qarab shularni o‘ylaydi. Qulog‘i shang‘illadi. Nazarida u otasining faryodini eshitganday bo‘ldi. Yuragi zirilladi. Nafasi qaytdi. Ko‘zi tindi. Gandiraklab ketay dedi. Ziyrak turgan Chuvrindi uni bilagidan ushlab qoldi. Asadbek chuqur nafas olib, sir boy bermaslik uchun: — Qabristonga boramiz, — dedi. Kozlov bu gapni eshitib imo qilgan edi, buyruqqa ilhaq bo‘lib turgan yigitlar chaqqon ravishda «Jiguli»ga o‘tirib, yo‘l boshladilar. O‘nqir-cho‘nqir yo‘l bo‘ylab ancha yurishdi. — Lager degani bitta kolxozning yericha bor ekan-da, a? — dedi Jalil hayratlanib. — Ming-ming odam siqqandir bu yerga? Daraxt kestirishganmi ularga? — Omadi borlar daraxt kesishgan. Qolganlari shaxtada ishlashgan. O‘n chaqirim narida shaxta bor, — dedi Kozlov. «Otam nima qilgan? Kim biladi? Hech kim...» deb o‘yladi Asadbek. Nihoyat tikonli simdevor tugab, yo‘l chapga qayilgach, kichkina yog‘och uy qarshisida to‘xtashdi. Ular mashinadan tushgunlariga qadar uy ostonasida bir keksa odam ko‘rindi. Uzun soqolli, qoshlari oppoq oqargan, ustiga eskiroq, ammo ozoda kostyum kiygan bu odamning yuzidagi nur barchalariga birdek ta’sir qildi. — Shu qabristonga qarab turarkan. Otalarini tanir ekan, — dedi yigitlardan biri Kozlovga. Bu gapni eshitib Asadbekning yuragi hapriqib ketdi. Yugurib borib qariyani quchoqlab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling