Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
179 o‘rnidan turdi. — Ha, qayoqqa? — dedi Zelixon. — Shu bugunoq jo‘nayman. — Shoshilma. Akang hali-beri hukmni o‘zgartirmas. Sen avval nima gunoh qilganingni aniqlab ol. — Gunohim yo‘q. — Lekin ayrim odamlar orasida mish-mishlar yuribdi. Seni ko‘mib kelishgan kuni Asadbekning qizi o‘zini osgan. Keyin bolasi tushgan... Balki u bilan... — Yo‘q, — dedi Jamshid keskin. — U menga singil qatori edi. Bek akamning gumon qilishlariga o‘rin yo‘q edi. — Unda nimaga?.. — Bu yog‘iga ishingiz bo‘lmasin. — Yaxshi, ishim bo‘lmaydi. Lekin bilib qo‘y, shilta o‘yinlaringga Elchinni aralashtirmalaring. Elchin yolg‘iz emas. Mendan tashqari ham himoya qiladiganlari bor. Bular oldida, — Zelixon atrofdagilarga ishora qildi. — O‘qilon chuvalchangday bir gap. — Katta ketmang, aka, — dedi Jamshid eshik tomon yurib. U kelgan mashinasida qaytdi. Zelixon esa qahvaxona xo‘jayinining xonasiga kirib, telefon go‘shagini ko‘tarib buyurtma berdi. O‘n daqiqadan so‘ng Elchinning telefoni jiringladi. Zelixon Elchinning ovozini eshitdi-da, salomlashmasdan turib dona-dona qilib dedi: — Elchin, bir gapni aytaman, dovdirama. Gaplarimni qaytarma. Xotirjam eshitib, trubkani ham joyiga asta xotirjamlik bilan qo‘y. Gap bunday: Jamshid tirik. U Sochida. Hozir birga pivo ichdik. U o‘zining o‘lganini bilmaydi. Sen hushyor bo‘l. Qolgan gapni keyin aytaman. 3 Eshikni Valya ochdi. Zelixon uning ko‘zlaridagi xavotir uchqunini sezib, ichkari kirishi xavfli ekanini angladi. Endi orqasiga o‘girilaman deganida biqiniga o‘tkir tig‘ tiraldi. Zelixon uy burchagida ikki yigitning bejo turishiga ahamiyat bergan, ularni Xongireyning yigitlari deb o‘ylagan edi. U ilojsiz bir ahvolda ichkariga qadam qo‘ydi. Katta xonaga kirdi-yu, ko‘zlariga ishonmadi. «Nima balo, o‘liklar tirila boshlaganmi?» deb o‘yladi. Xona to‘ridagi yumshoq o‘rindiqda taltayib... Fedya o‘tirar edi. Jamshid masalasini aniq bilmas edi, axir buni o‘z qo‘li bilan o‘ldirgan edi-ku?! — Ha, Zelya, ko‘zlaringga ishonmayapsanmi? — dedi Fedya o‘rnidan turib. — Men o‘sha, o‘zing bilgan Bo‘riman. Narigi dunyoda edim. Qarasam, maishat zo‘r. Men maishat qilib yuraversamu akademik do‘stginam yorug‘ dunyoda xor bo‘lib yursa, insofdanmi, deb u yerdagilarni avradim. Meni yorug‘ dunyo azoblariga qaytaringlar, qorong‘u dunyo lazzatlaridan akademik do‘stim ham bahramand bo‘lsin, devdim, ko‘nishdi, parazitlar. To‘g‘ri, ularga ham ozgina xarajat qilishga majbur bo‘ldim. Senday do‘st uchun men hech nimamni ayamayman, bilasan-ku? — Sen... qanday tirik qolding? — dedi Zelixon, hayratdan hanuz o‘ziga kelolmay. — Xudo xohlamadi o‘lishimni, — dedi Fedya tirjayib. — Xudo-ku, xohlardi-ya... Fedya, bir safar tirik qolganing bilan, xoinliging kechirilmaydi, bilasan,a? Mentlarga xizmat qilayotganing uchun tering shilinadi hali. — Sen o‘zingni o‘yla. Sen akademik emassan, xomkallasan. Xongirey ham ahmoq. Seni bunaqa joydan qidirishmaydi, ovloqlardan izlashadi, deb o‘ylaganidan keyin ahmoq-da. Sen po‘stak, tomirimga qoradoridan boplab urdim, deb quvondingmi? Sening kelishing |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling