Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXI b o b 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
182 odamlar topiladi. Odam topilmaganda ham, men so‘lagi oqib yurgan noshud bola emasman-ku!» Fedyaning marhamati bilan Zelixon Valyaning yotog‘iga kirib chiqqach, yo‘lga otlandilar. Tuni bilan yo‘l yurib, tongotarda manzilga yaqinlashdilar. Yuqoriga o‘rlagan tog‘ yo‘lida Zelixon sergaklandi. U orqa o‘rindiqda, ikki yigit o‘rtasida, Fedya esa haydovchining yonida o‘tirardi. Yigitlar ham, Fedya ham mudrashardi. Zelixon haydovchini ham uyqu eltayotganini sezdi. Mashina tik jarlik yoqasidan o‘tayotganida Zelixon tavakkal qildi: qaddini ko‘tarib rulga yopishdi-da, mashinani jarlik sari burdi. U tasodif bilan tirik qolarman, deb fikr qilgan edi. Tasodif yuz bermadi. Ammo Xudoning unga rahmi keldi — jasadi kislota bilan kuydirilmay, ota yurti tuprog‘iga qo‘yildi. Faqat nasli nasabi noma’lum odam sifatida dafn etildi... XXI b o b 1 Onasi unga: «Umid bilan yashagin, qizim, Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo‘lib ketadi», deb qayta-qayta uqtirdi. Zaynab onasini ranjitmaslik uchun «xo‘p» deb qo‘ya qoladi. «Nimaga umid qilay, nima yaxshi bo‘lib ketadi?» deb o‘ziga o‘zi qayta-qayta savol beradi. «Mening umidlarim allaqachon jon bergan, ko‘milgan. Yoki hayotda bir umid o‘lgach, boshqasi tug‘ilishi mumkinmi? Yurak shunaqa bevafomi? O‘zi yillab ardoqlab kelgan bir umidni bo‘g‘ib, boshqasiga joy beraveradimi? Men endi nimaga umid qilay? Yana homilador bo‘lishni, tug‘ishni... bola o‘stirishnimi? Hayot shundangina iboratmi? Tug‘ilasan... tug‘asan... o‘lasan...» Zaynab yolg‘iz qolgan kezlari ko‘pincha shularni o‘ylardi. U to‘lin oy va osmon singari topishmoqni istagan edi. Endi osmoni to‘lin oysiz tund bo‘lib qolgan damda nimaga umid qilsin? Bu osmonga yangi oy chiqishigami? Bu osmonga yangi oy yarasharmi ekan? Zaynab onasigagina achinardi. O‘lmay qolganini ham onasining baxtidan deb bilardi. «Xudo onamni avaylab, meni u uchungina saqlab qoldi», deb o‘ylardi. Keyingi yuvoshligi, mo‘’minligi ham onasi tufayli edi. Onasi aytgani uchun, oyog‘i tortmasa-da, Elchinga qo‘shilib keldi. Oradan kunlar o‘tar, Elchin go‘yo Zaynabning o‘sha gapini unutganday, yo‘q, xuddi eshitmaganday edi. Na bir harakatida, na bir gapida o‘sha voqeaga ishora qildi. Bu Elchin uchun oson emasdi. O‘sha gap uning yuragidan tosh bo‘lib joy olgan, bu toshni eritish esa mushkul edi. Zaynabning nima sababdan shunday deganini anglash uchun ko‘p o‘ylardi. «Balki xiyonat qilgandir, lekin buni aytishdan maqsadi nima?» degan savolga javob topish uchun xayolning ming bir ko‘chasiga kirib chiqardi. Elchin hadeb uyda o‘tirmaslik uchun madaniyat uyiga ishga kirdi. Musiqa to‘garagiga nomigagina rahbar edi, aslida to‘yma-to‘y yuruvchi guruhi bilan shug‘ullanardi. Shart shu ediki, madaniyat uyi biron tadbir o‘tkazsa, ular havaskor ishchilar sifatida ishtirok etib berishardi. U Zaynab o‘ziga kelib olsin, degan fikrda bo‘sh kunlari ham «ishga ketyapman», deb uydan chiqib ketardi. Uning navbatdagi yanglishishi ham aynan shu edi. Zaynab uchun yolg‘izlik azob sahrosida sarsari tentirash kabi edi. Garchi Elchin bilan bo‘lganida yuragi ezilib tursa-da, uning ko‘chaga chiqishini istamay qolgan, ammo «men bilan uyda o‘tiring», deyishga tili bormas edi. Faqatgina Mardona keladigan kunigina Elchinning chiqib ketishini xohlardi. Faqat Mardonagina unga lazzat olib kelardi. Mardona |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling