Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
183 kelishidan bir kun avval uning vujudi zirqiray boshlardi. Hamshira kelib, emlagach, og‘riq taqqa to‘xtar, yuragidan g‘ubor ham ko‘tarilardi. Mardonadan qiziq-qiziq hangomalarni eshitib, miriqib kulardi. Elchin Mardonani dastlab ko‘rganidayoq yoqtirmay qolgan edi. O‘rni kelsa aytaman, deb yurgan kezlari uyga kiyimini almashtirgani kirdi-yu, Zaynabning shodon kulgisini eshitdi. Bu kulgi Elchin uchun tansiq edi. Shu bois hamshiraning kelishiga monelik qilish fikridan qaytdi. Bu uning yana bir navbatdagi yanglishishi edi. Mardona endigi kelishida emlab bo‘lganidan so‘ng, Zaynabning bahri-dili ochilgan damda sumkasidan videokasseta chiqardi. — Bir tanishimnikiga kiruvdim, zo‘r kino deb berdi. Birga ko‘rmaymizmi, qanaqa balo ekan? — dedi u. Zaynabga bu taklif ma’qul keldi. Chunki uyidagi kassetalarni uch-to‘rt martadan ko‘rib bo‘lgan edi. Bir necha daqiqadayoq filmning «qanaqa balo» ekani ma’lum bo‘ldi. Mardona to‘xtatarmikin, degan ma’noda Zaynabga o‘g‘rincha qarab qo‘ydi. Dori ta’siridan aqliga qulf urilgan, lazzat bulog‘ida cho‘milayotgan juvon televizorni o‘chirmadi. Mardona har ehtimolga qarshi: — Voy o‘layin, voy sharmanda! — deb qo‘ydi. Zaynab unga qarab bir kulimsiradi-yu, yana tomosha bilan ovora bo‘ldi. Nomi «chet el badiiy filmi» bo‘lgan bu tomoshada kishi aqli bilan o‘ylab topish mushkul bo‘lgan behayolik, sharmandalikning beadad turlari mavjud edi. Film o‘rtalaganda Mardona Zaynabga yaqin surildi. Avval yelkasiga o‘ng qo‘lini tashlab o‘ziga tortdi. So‘ng chap qo‘li bilan ko‘kragini ushladi. Zaynab bir siltandi-yu, keyin dugonasining qilig‘i yoqib, qarshilik bildirmadi. Bu holva edi. Bundan beshbattari filmdan so‘ng bo‘ldi. 2 — Eringiz to‘ydami? — deb so‘radi Mardona. — Ha,— dedi Zaynab entikib. — Bir joyga bormaymizmi? — Qayoqqa? — So‘ramang. Eringiz maishat qilganida siz ham bir ayshingizni sursangiz, osmon uzilib yerga tushmas. — Yo‘q, shu yerda o‘tiraveraylik. — Men sizga yomonlikni ravo ko‘ramanmi? Xohlamasangiz o‘tiravering, men ketdim. O‘zim boraman. Buni ko‘rganimdan keyin joyimda yota olmayman. Zaynab o‘ylanib qoldi. Ammo bu o‘y aqlga urilgan qulf zulfini buza olmadi. Itoatkorlik bilan o‘rnidan turib, kiyimini o‘zgartirdi. U hozir cho‘pon yetovidagi qo‘y holiga kirgan edi. Uning ko‘ngli nimanidir tusardi, u nimagadir yetishmoqni istardi. O‘sha «nimadir» uning xayolini o‘g‘irlagan, fikrlash yo‘llarini tamom to‘sib tashlagan edi. O‘sha «nimadir» tomirida qonni gupirtirib oqayotgan qoradori ekanini, ko‘rgan tomoshalari esa ruhini loyqalatib tashlaganini hozir idrok eta olmas edi. Ular katta ko‘chaga chiqishib, yo‘lovchi mashinani to‘xtatishdi. Mashinada Mardona uning belidan mahkam quchib bordi. Mardona aytgan ko‘chaga burilgach, haydovchi «qayoqqa yuray?» deb so‘radi. — Hammom oldida to‘xtating,— dedi Mardona amr ohangida. Mashina to‘xtab, Zaynab tushgach, Mardona haydovchiga: — Yarim soatcha poylab tura olasizmi? — dedi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling