Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
191 — Sen o‘zing bilan o‘zing gaplashding. Biz elchi yubormaymiz. Anvar tanish ovozni eshitib, shoshilganicha derazaga qaradi: derazadan nur poyandoz kabi tushib turardi. — Nima uchun meni yo‘ldan qaytardingiz? Asadbeklar bilan ketganimda bu ko‘rgilik yo‘q edi. — Bu bizning istagimiz emas, taqdiring shunday. Taqdirdan hech yoqqa qochib qutula olmaysan. Sen endi bu dunyoda yashay olmasligingga amin bo‘ldingmi? Senga so‘nggi imkoniyat beramiz. Istasang, ustozing Hikmat O‘rolov bilan uchrashtiramiz. — Istayman. — Nurga oyoq qo‘y. Ko‘z ochib yumgunicha Anvar o‘zini safolik boqchalari bor go‘zal manzarali bir yerda ko‘rdi. Hikmat O‘rolov favvora yonida o‘tirardi. U qo‘lidagi kitobni qo‘yib, o‘rnidan turdi: — O‘, azizim, sizni ko‘rganimdan bag‘oyat xursandman. Qarang, ilohiy osoyishtalikka ham yetishdim. — Sizni oxir-oqibat yedi, u maraz! — dedi Anvar. — Unday demang, azizim. Men xursandman. Xudo jonimni do‘stlarim qo‘li bilan emas, g‘animlarim qo‘li bilan olganidan ham quvonaman. Dushmaning qo‘lidan qazo topmoq ham bir baxt, azizim. — Bu gapingizda jon bor. Muhimi — siz jallodingiz umridan ko‘proq umr ko‘rasiz. — Yanglishmang. Hali ular ko‘p yashaydilar. Ular omadli odamlar. Eshitmaganmisiz, omadli odamlarning xo‘rozi ham tuxum qilarkan. Bilasizmi, arablar qahva ichishayotganda nima deydilar? Ular der ekanlarki, birinchi qultum achchiq — hayot kabi, ikkinchisi— lazzatli — muhabbat kabi, uchinchisi — sirli — o‘lim kabi. Biz uchchala qultumni ichib bo‘ldik. Sirning tagiga ham yetdik. Endi navbat sizniki. — Siz ham meni chorlaysizmi? — Boshqa yo‘l yo‘q-ku? — Har bir odam tug‘ilganidayoq o‘limga mahkumdir. U umri bo‘yi hukmning ijrosini kutib yashaydi. Har kuni bir o‘lib, bir tiriladi. Hukm qay holda, qachon ijro etiladi — Xudo biladi. — Hukm ijrosini tezlatmoq mumkin. — Shoshilmang. Men hali bir masalani hal qilib olishim kerak. — Qanday masala? Balki birga yecharmiz? — Masala shuki, odam bolasi har bir narsani oldindan bilishni istaydi. Ko‘p narsalarga oldindan tayyorgarlik ko‘radi. Ammo o‘lim onlarini kam o‘ylaydi, kam tayyorlanadi. Xo‘sh, so‘nggi nafas qanday bo‘ladi? Nahot odam bu bilan qiziqmasa? Birinchi nafas, ko‘z ochib dunyoni ko‘rish o‘z ixtiyorida emas. Ammo so‘nggi nafasiga tayyorlanishi mumkin- ku? Pokiza holda ketadimi bu dunyodan yo harom holidami — o‘ziga bog‘liq-ku? — Siz, azizim, masalaning bu tomonidan xotirjam bo‘ling. Sizning safaringiz xayrli, bu olamga pokiza holda kirib kelasiz. Qo‘ying, u g‘ovak qamishlarni, balchiqqa belanib yashayverishsin. Siz bag‘rimizga keling. Hikmat O‘rolov shunday deb ko‘zdan yo‘qoldi. Anvar nur oqib kirayotgan deraza ro‘parasida yolg‘iz qoldi. Yo‘q, u yolg‘iz emasdi. U bu dunyoni tark etgan yaxshilarning ruhi bilan birga edi. Bunday holat uch kun takrorlandi. Uchinchi kuni ovqat ham yemadi. Chanqaganini ham sezmadi. Behalovat tunda yana tanish ovozni eshitdi. Yana derazadan nur oqib kirdi. — O‘rningdan tur, choyshabni ol. Uzunasiga yirtib, arqon qilib esh. Hojatxonaga chiq. Derazadagi temir panjaraga arqonning bir uchini bog‘la. Bir uchini sirtmoq qil. Uch-to‘rt daqiqa kifoya. Biz seni butunlay olib ketamiz. Istasang xat yozib qoldir. Xolidiyni aybla. U tinchini yo‘qotsin... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling