Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXIII b o b 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
192 Ovoz tindi. Ammo Anvarning ruhiga egalik qilayotgan shaytoniy his uni o‘rnidan turishga, choyshabni olib yirtishga undayverdi. Nihoyat, u o‘rnidan turdi-da, choyshabni olib yirtdi. Arqon qilib eshdi. So‘ng eshik tomon yurdi. Ostonaga yetganida iziga qaytdi. Qog‘oz-qalam olib yozdi. G‘ira-shirada yozayotgan xatlari beo‘xshov chiqayotganligiga e’tibor ber- madi. Tasodifni qarangki, uning yozganini o‘sha — yonog‘ida tukli xoli bor navbatchi hamshira birinchi bo‘lib o‘qidi: Boshginamga ag‘anagan, katta tog‘lar, alvido! Men ketarman hasratlanib, ruhi sog‘lar alvido! Bu dunyoning sho‘rishiga navnihollar tebraning, Esliroq bog‘boni yo‘q, qoldi bog‘lar alvido! Asqar Qosim. Hamshira buni o‘qib, tushunmay yelka qisdi-da «qiziq, g‘irt jinni ekan-ku», deb qo‘ydi. XXIII b o b 1 Chuvrindi, Asadbek tayinlamasa ham ertalab, kechqurun Manzura, Kesakpolvon, kechqurun esa o‘z uyidagilar bilan telefonda gaplashib turar edi. Krasnoyarga kelishganining sakkizinchi tuni kutilmaganda Chuvrindi bilan Jalil qo‘ngan uyning telefoni jiringladi. Mehmonlarning xizmatini qilib yurgan yigit Chuvrindini uyg‘otib, bir ayol shoshilinch so‘rayotganini aytdi. Chuvrindi Manzuraning ovozida xavotirni sezib, sergaklandi. — Maskovdan doktor Xudoyor degan bir kishi telefon qildi. Olmondan keldim, deydi. O‘g‘illaringizga taalluqli gapim bor, deydi. Bu gapini faqat akangizga aytarmish. Yuragim yorilib ketay deyapti. Manzura so‘nggi so‘zlarini yig‘lamsirab aytdi. — Xavotirlanmang. Bolalar biror zarur gap ayttirib yuborishgandir. O‘g‘il bolaning faqat otasiga aytadigan gapi ham bo‘ladi, bilasiz-ku. Bu yoqqa kelishdan avval gaplashdik-ku. Bir oyda borarmiz deyishuvdi, shu safar mashmashasidur-da. — Kim bilsin, yuragim o‘ynab ketyapti. Akangizga nima deymiz? — O‘sha odam telefonini bermadimi? — Voy, berdi, yozib olasizmi? — Manzura aytdi, Chuvrindi yozib oldi. Keyin «hozirning o‘zida gaplashamiz» deb tinchitgan bo‘ldi. Chindan ham o‘sha zahoti Moskvadagi raqamni terdi. Doktor Xudoyor degani xonasida yo‘q edi, javob bo‘lmadi. Chuvrindi yana ikki qayta qo‘ng‘iroq qilgach, Manzurani tinchlantirish maqsadida uning raqamini terdi. Manzura telefon yonidan jilmagan edi, bir jiringlashdayoq go‘shakni ko‘tardi. Chuvrindi: «Doktor Xudoyor bilan gaplashdik. Bolalar sog‘, tijorat maqsadida bir gap ayttirib yuborishgan ekan. Shu oy ichi kelishga tayyorlanishayotganmish», deb Manzurani tinchitdi. Ammo o‘zi xavotirli savollar to‘riga o‘raldi. Yana Moskva raqamini terdi. Javob bo‘lmagach, Kesakpolvonga qo‘ng‘iroq qilib, ogohlantirdi. Chuvrindi oltinchi urinishda Moskva bilan bog‘lana oldi. Go‘shakdan salobatli ovozni eshitgach, beixtiyor ravishda salom berdi. — Vaalaykum salom, marhabo afandim,— degan javobni eshitgach, o‘zini tanitib, bu zotning tasodifiy qo‘ng‘irog‘idan bir oz xavotirga tushganlarini ham ma’lum qildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling