Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
195
yig‘ib qo‘ydim. 
— Borgunimizcha oyoqqa turib qolar. Do‘xtir «yurib ketishiga umid bor», devdi. 
2 
Moskvaga kun yoyila boshlagan mahalda yetib, qo‘nishdi. Asadbek ham, Chuvrindi ham 
tayyorada Kozlovning yigiti kuzatib kelganidan bexabar edilar. Kuzatuvchi ulardan 
avvalroq harakat qilib tayyoradan tushdi-da, zina oldida ularni qarshiladi: 
— Ko‘chada mashina kutib turibdi,— dedi u, ikkovini baravar ajablantirib. So‘ng 
ko‘chaga chiqib, mashinaga o‘tirishgach, izoh berdi: — «Rossiya» mehmonxonasidan joy 
buyurilgan. Sizga kerakli mehmon ham o‘sha yerda shekilli, a? 
Ular mehmonxonaga joylashishgach, Asadbekning yuvingani kirganidan foydalanib
kuzatuvchi yigit Chuvrindiga kimningdir ismi yozilgan bir shapaloqday qog‘oz berdi: 
— Mana shu vrach ertaga soat o‘nda sizni kutadi. Zarur bo‘lsa uy yoki xizmat telefoniga 
istagan paytda qo‘ng‘iroq qilavering, ogohlantirib qo‘yganmiz. Mana bu Krasnoyardagi 
tibbiy xulosalar. Xo‘jayinga ko‘rsatmas ekansiz, — u shunday deb qo‘lidan qo‘ymay 
kelayotgan qog‘oz o‘ramini uzatdi. — Men bir soatdan so‘ng yana kelaman. Qaysi 
xonaga joylashganimni aytaman. Ketguninglarcha sizlarning xizmatingizda bo‘laman. 
Buyruq shunday bo‘lgan. 
Ular doktor Xudoyor bilan bir qavatdagi xonaga joylashgan edilar. Chuvrindi chiqib 
navbatchidan doktor Xudoyor kelishi bilan xabardor qilishini so‘radi. 
Oradan bir yarim-ikki soatcha vaqt o‘tgach, doktor Xudoyorning xonasiga kirib ketgani 
ma’lum qilindi. Chuvrindi «men ham chiqaymi?» deganday Asadbekka qaradi. Asadbek 
ikkilandi. «Sen qolaver», desa ko‘ngli og‘riydi, boshlab chiqsa-da, doktor Xudoyor «bu 
yolg‘iz o‘zingizga aytiladigan gap», desa yana noqulay. Asadbekni bu o‘ng‘aysiz holatdan 
Chuvrindining o‘zi qutqardi: 
— Restoranga tushib, besh-olti kishilik joy tayyorlab turaman,— deb o‘rnidan turdi. 
Asadbek eshikni taqillatgach, ichkaridagi odam nemischalab nimadir dedi. Asadbek 
tushunmadi. Adashdimmi, deb iziga qaytmoqchi bo‘lganida eshik ochilib, o‘rta bo‘yli, 
qorachadan kelgan, tilla halli ko‘zoynak taqqan oltmish yoshlardagi kishi ko‘rindi. U 
Asadbekni ko‘rishi bilan jilmaydi-da: 
— Marhabo,— dedi,— fikri ojizimcha siz Asadbekdirsiz, a? Marhabo, janob, qalbimdasiz. 
Asadbek salom bergach, ostona hatladi-da, so‘rashmoq uchun qo‘l uzatdi. 
— Biz uchun vatandosh ila bundayin tarzda ko‘rushmak cho‘x uyatdur,— u shunday deb 
Asadbek bilan quchoqlashib, yuzini yuziga bosdi.— Sizdan Vatan havosi keladur, cho‘x 
mamnundirman, afandim. 
Doktor Xudoyor uni ichkariga boshlab kirdi. Asadbek joylashib o‘tirgach, o‘zini tanitdi: 
— Afandim, sizni men bilurman. Cho‘x go‘zal o‘g‘ullaringiz vordur. Bir olmaning bir yuzi 
sizu yana bir yuzi farzandu arjumandlaringiz, demak mumkindir. Kamina doktor 
Xudoyor. Katta bobom Xudoyorxonning qulog‘iga azon aytmish ekanlar. Otam rahmatli 
shu voqeani unutmaslik maqsadi ila menga Xudoyor ismini bermish ekanlar. Men 
Turkiyada kamol topdim, so‘ngroq Olmoniyaga ilm istab keldimki, hanuz shundadurman. 
Biofizika ilmini durust fahm etib, Olmoniyada xizmatdadurman. Moskvada olam olimlari 
konferans etmish ekanlar. Menda Olmon fuqarosi sifatida ishtirok eturman. Mening 
safarga otlanajagimni xabarlab janob Muzaffarxon bir o‘tinch qilibdurlar. 
— Muzaffarxon? Kim u? 
— Siz u zotni bilmaysiz? 
— Yo‘q. 
— O, u zot cho‘x go‘zal insondur. Olmoniyadagi turkiylar orasinda cho‘x e’tibori vordur. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling