Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
197
qilayotganday eridan baloga qoldi. 
— Adasi, ko‘rmasdan turib nima deymiz? Qo‘y oladigan ham bozorga borib, ko‘rib oladi-
ku? — dedi eridan eshitadiganini eshitib olgach. 
— Hov, kalla bormi, senda? Bu amma-xolangning mahallasimas, qiz ko‘rgani ikki ko‘cha 
nariga borib keladigan. Ular Germaniyada turadi, dedim, tushunmadingmi? 
— Tushundim, lekin... 
— Lekin-pekinni qo‘y. O‘g‘illaring bilan gaplashaman, xo‘p deyishsa, tamom, men ham 
ko‘naman. 
— Adasi, bu umr savdosi... 
Manzuraning gapi chala qoldi. Asadbek go‘shakni joyiga qo‘ydi. Aslida qo‘ng‘iroq 
qilishdan maqsadi xotini bilan maslahatlashish emas edi. Chunki bu, uning nazarida, 
xotin kishi bilan maslahatlashib pishiriladigan osh emasdi. Asadbek xotini xavotirda 
ekanini Chuvrindidan bilib, uni tinchlantirib qo‘ymoqchi edi. Manzura bu qo‘ng‘iroqdan 
so‘ng bir tomondan tinchidi-yu, ammo ikkinchi tomondan tashvishi ortdi. 
Va’daga binoan yarim soatdan so‘ng Asadbek doktor Xudoyor joylashgan xona eshigini 
taqillatdi. Restoranga qadar yonma-yon yurib gaplashib bordilar. Restoran eshigiga 
yetganda doktor Xudoyor to‘xtab: 
— Keching,— dedi. 
Asadbek bu so‘zga tushunmadi. 
— Siz o‘ng tomondasiz, avval siz keching,— dedi doktor Xudoyor,— qo‘li bilan eshikni 
ko‘rsatib. Shundagina Asadbek «avval siz o‘ting», degan ma’noni uqib, ichkariga 
yo‘naldi. 
Chuvrindi deraza oldida olti kishilik joy hozirlab o‘tirgan edi. Doktor Xudoyor o‘tirgach, 
dasturxon ustidagi ichimliklarni ko‘rib, Asadbekka ajablanib qaradi: 
— Bular kimga? 
— Bizga... sizga...— dedi Asadbek. 
— Bular harom-ku? Siz... namoz qilmaysizmi? 
Asadbek bu savoldan o‘ng‘aysizlandi. Uni bu holatdan chiqarish uchun Chuvrindi 
suhbatga aralashdi: 
— Bek akam shaharda katta masjid qurdiryaptilar. Bizga ham Xudo insof berib, namoz 
o‘qib qolarmiz. 
— Astag‘firulloh! — dedi doktor Xudoyor.— Masjid qurish savob, ammo farz emas. Avval 
farzni ado etmak joizdur. Ajabki, biz xristiyonlar yurtida yashab namoz qilamiz. Siz o‘z 
yurtingizda, musulmonlar yurtida yashab-da, namoz qilmaysiz. Siz Rasuli akram 
afandimiz janob Haqdan rivoyat etgan «menga bir qarich yaqinlashganga men bir arshin 
va bir arshin yaqinlashganga esa bir quloch yaqinlashgayman. Biron kimsa Men tomon 
kela boshlasa, Men ham unga peshvoz chiqaman», kalimasin eshitmagan chiqarsizlar? 
Ya Rabbim, gunohkor qullaringnida o‘zing avf etgaysan... 
Asadbekning ishorasi bilan Chuvrindi o‘rnidan turib, ofitsiantni boshlab keldi-da, 
shishalarni, kolbasa qo‘yilgan likoplarni yig‘ishtirdi. Unga qadar doktor Xudoyor indamay 
o‘tirdi. Dasturxon usti haromdan holi bo‘lgach, tilga kirdi: 
— Afandim, bunday as’asaga hojat nadir? Siz meni choyga taklif etib edingiz? Buncha 
narsa o‘n kishigada ko‘pdir. 
— Mehmonning izzati-da,— dedi Chuvrindi, Asadbekning o‘rniga javob berib. 
— Insonning izzati isrof bilan o‘lchanmaydir, afandim. Izzat yaxshi ila, yaxshi sa’y ila 
ifodalanur. Buni anglamak joizdir. 
Bir necha daqiqalik suhbatdan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, doktor Xudoyorning odobi ham, 
odati ham yevropalashgan. Manzirat, lutf, hilm degan tushunchalardan birmuncha yiroq. 
Nimani o‘ylasa, shuni aytadi, suhbatdosh bu to‘g‘ri gapdan ranjiydimi yo‘qmi — 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling