Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
196 Vatandoshlar u zotni cho‘x e’zoz eturlar. U zotning boyligi ham hisob bilmas. Sizning farzandu arjumandlaringiza janobning nazarlari tushibdur. Olloh Muzaffarxonga boylik barobarinda ikki qiz ham bermish. Muzaffarxon janoblari ikki o‘g‘lingiza oshiq bo‘lub, ularnida kuyav o‘g‘ul qilish ilinjida avval Ollohdan so‘ngra siz janobdan izn so‘raydurlar. Janobingizni, alalxusus, sovchi desangiz-da ma’qul bo‘laverar,— doktor Xudoyor shunday deb jilmaydi. Ertalabdan beri turli gumonu fikrlarga bandi bo‘lgan Asadbek uchun bu taklif kutilmagan edi. — Yuzma-yuz o‘tirib fikrlashmakka amr etilgani sababindan sizni bu yona chorladimki, ayb etmassiz. Agarchi bu taklifni ma’qul ko‘rsangiz, siz ham, Muzaffarxon janoblari ham tashvishlardan xalos bo‘lursiz. Ya’nikim, farzandlaringiz emin-erkin holda ilm olajaklar. Muzaffarxon esa qizlarini mo‘’min, solih farzandlarga beradur, qizlari Vatanda yashamoq sharafiga yetajaklar, inshoolloh. — Javobni hozir aytishim shartmi? — dedi Asadbek. — Yo‘q, aslo! — dedi doktor Xudoyor.— Bizning ixtiyorimizda bir kun vordur. Konferans ertaga xalos bo‘lajak. Men indin sabox ketajakman. — O‘g‘illarimning bu gaplardan xabarlari bormi? — Albatta. Ularda rizo. Siz rizo bo‘lsangiz, barcha to‘yga hozirdur. Siz o‘ylamangki, Muzaffarxonning qizlari Ovrupo qizlari kabidur, deb. Aslo, ular muslimadurlar. O‘zbekchani so‘zlamaknida, urf-odatnida mendan durust bilurlar. Doktor Xudoyor o‘rnidan turib stol ustidagi qog‘ozlar orasidan ikki varag‘ini olib, Asadbekka uzatdi: — Bu Olmoniyaga da’vatdur. Rizo bo‘lsangiz ahli ayolingiz kuzatuvida borursiz. To‘yni avval atta qilurmiz. Rizo bo‘lmasangizda borursiz, Olmoniyani tomosha etursiz. Siz istak bildirurmisizki, hozir telefon qilib Muzaffarxon ila so‘zlashmakka? — Yo‘q, hozir emas. Ozgina o‘ylab olay. Agar imkon bo‘lsa, o‘g‘illarim bilan gaplashib olardim. — Cho‘x go‘zal fikr, afandim,— doktor Xudoyor telefon go‘shagini ko‘tarib, Olmoniya bilan ulashlarini iltimos qilib lozim raqamni aytdi. Buyurma qabul etilgach, Asadbekka yuzlandi: — To‘rt soat kutmog‘imiz zarur ekan. — Unga qadar, mehmon, birga choy ichsak. Restoranda joy tayyor. Bir-ikki og‘aynilarni ham taklif etavering. Uyga borganingizda-ku, boshqacha kutardik. — Nasib... nasib...— dedi doktor Xudoyor.— Afandim, choy ichmakka men rizo. Faqat yuvinib olayin. Asadbek yarim soatdan so‘ng kirajagini aytib, xonasiga qaytdi-da, uyiga qo‘ng‘iroq qildi. Manzuraning savollariga qisqa qilib javob bergach, doktor Xudoyorning yo‘qlovidan maqsadini aytdi. Bu kutilmagan taklif Asadbekniki gangitdimi, Manzuraning ahvolini tasavvur etavering. Ko‘cha-ko‘ydami, tanish-bilishlar orasidami chiroyli qizlarni ko‘z ostiga olib yurgan, kelin tushirish, orzu-havas ko‘rish umidida yashayotgan ayolning barcha mo‘ljallari bir gap bilan puchga chiqarilsa nima ham deya olardi? Qizining qismati kammidi unga? Endi o‘g‘illari chet eldagi qizlarga uylanishsa... Kelin bo‘lmishlari xipcha bellarini tortib turgan shim kiyib kirib kelishsa... qonsiz yuzlariga obdon bo‘yoq chaplashsa... ulama kipriklari siyrak qoshlariga tegib tursa. Supurgi nimaligini bilishmasa, oshxona nimaligini bilishmasa... Restorandan beri kelishmasa... Manzura Muzaffarxonning qizlarini shunday tasavvur etib, badani jimirlab ketgan, shu bois eriga bir nima deya olmay jimib qolgan edi. — Ha, nafasing qaytib o‘lib qoldingmi? — dedi Asadbek, jahl bilan. Darrov javob qaytarmagani uchun Manzura bu qizlarni o‘zi topib, o‘zi bemaslahat kelin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling