Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
194 bo‘ldi. Hatto telefon go‘shagini ko‘tarib, dastlabki raqamlarni terdi ham. Keyin «bu telefonda gaplashadigan gap emas» yoki «Men Olmoniyadan kelib, senga gap aytaman desamu sen telefonda oliftagarchilik qilasanmi?» deb qolsa yaxshi bo‘lmas, degan fikrga kelib, shashtidan qaytdi. Hozir go‘yo osmon ham, undagi tayyora ham qimir etmay turgan kabi tuyulib, yuragi siqildi-yu, qo‘ng‘iroq qilmaganiga afsuslandi. Keyin: «har holda yaxshi gap aytarkan-ku, yomon xabar bo‘lsa bir uchini chiqarardi...» deb o‘ziga o‘zi tasalli berdi. Tayyora bekasi nonushta bilan siylagach, mudroq bosib, suyanchiqni pastlatdi. Tayyora Asadbekning jismini Krasnoyardan tobora uzoqlashtirayotgan bo‘lsa-da, xayoli uni iziga qaytarardi. Avvaliga uni qabriston bo‘sag‘asida o‘sha qariya qarshiladi. Qarshiladi-yu, bosh chayqadi. «Men sening kimligingni bilaman. Shuning uchun so‘ramadim. Sen esa: «Nima uchun so‘ramadi-ya?» deb o‘ylab ham ko‘rmading» dedi. Asadbek «Men tijorat bilan kun ko‘raman», dedi. Qariya bosh chayqadi. «Tijorat — daraxtning barglari. Daraxtning tanasi bor, oziq oladigan ildizlari bor. Sendan qo‘rqaman. Sendaylar mana shu qamoqda bizlarga kun bermas edi». Qariya shunday deb teskari qaradiyu ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. So‘ng... o‘t bosgan qabrlar orasida otasi ko‘rindi. Bir qo‘lida chana, bir qo‘li bilan imlab chaqiradi: — Kelaqol toychoq, chanada uchiraman,— deydi. — Hozir yoz fasli, chanada uchilmaydi,— deydi Asadbek. — Kelaver toychoq, uchiraman. Esingdami, oxirgi ko‘rishganimizda senga chana olib kelgan edim. Ammo uchirolmadim. Shu mening armonim. Kel, armonim ushalsin. — Qishda kelaman, uchirasiz. — Kel, albatta kelasan, uchiraman. Samandar ham shu yerda, onang ham shu yerda. Hammamiz bir bo‘lib uchamiz... Kel toychoq, kelaqolgin... Ko‘katlar yamlab yutganday otasi yo‘q bo‘ldi. — Ota!.. Asadbekning nafasi qaytdi. — Bek aka, Bek aka...— Chuvrindi yelkasiga asta turtib uyg‘otdi.— Yomon tush ko‘rdingizmi? — Alahsiradimmi, baqirdimmi? — dedi Asadbek qaddini rostlab. — «Ota!» dedingiz... Yarangiz yangilandi. Shunaqa tushlar ko‘rib turasiz endi. Tasalli uchun aytilgan bu gapni eshitib Asadbek bosh irg‘ab qo‘ydi. So‘ng bir oz sukut saqlab, Chuvrindidan so‘radi: — Sen ham tushingda otangni ko‘rasanmi? — Yo‘q. — Ko‘rmaganing ma’qul. — Nega? — Hali yoshsan... Vaqtiki kelib otangni tushingda ko‘rsangu, otang «kel bolam, otga mindiraman», desa ehtiyot bo‘laver. — Siz... shunaqa irim-sirimga ishonasizmi? Men ishonmayman. Umuman... men otamni tushimda ko‘rmasam kerak. Uning surati bo‘lganida ham, uni sog‘inib, qo‘msasam ham boshqa gap edi. — Yoshsan, Mahmud, ko‘p narsalarga aqling yetmaydi. Men Krasnoyarda bekor yotib o‘ylay-o‘ylay bir haqiqatning tagiga yetdim: biz bu dunyoda o‘zimizga xon, o‘zimizga bekmiz, deb kerilib yurarkanmizu, ammo o‘zimiz istagancha yashamas ekanmiz. Bizni qandaydir kuch boshqarar ekan. — Xudomi? — Balki Xudodir. Men buni bilmayman. Diniy ilmim bo‘lganida senga aniqroq bir narsa aytardim. Qaytganimdan keyin Sobitxon bilan uchrashsak, undan so‘raydigan savollarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling