Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
189
xitobchi yana Anvarga qaradi: 
— Men bilan kommunizmga bormaysanmi? 
«Bitta arbob, ikkita indamas jinni hamkorligida yana qayoqqa borish mumkin?» deb 
o‘yladi Anvar. Savolga javob berguday bo‘lsa bu «arbob»dan qutula olmasligini bilib
o‘zini indamaslar safiga qo‘shishni ma’qul ko‘rdi. «Arbob» bir-ikki savoliga javob 
ololmagach, o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoldi. 
Kechki ovqatdan so‘ng dori-darmonlarni qabul qilishgach, hamxonalari odobli bolalar 
kabi yotib, uyquga ketishdi. Anvar ham yotdi, ammo ostiga tikonli to‘shak solinganday 
orom topmadi. Avval qaddini ko‘tarib o‘tirdi. So‘ng turib, dahlizga chiqdi. Navbatchi 
hamshira o‘rnida barvasta, yonog‘ida tukli xoli bor ayol katta daftarga nimadir yozib 
o‘tirardi. 
— Nimaga chiqding, kirib yot,— dedi u qo‘pollik bilan. 
— Uyqum kelmayapti, bugun olib kelishdi meni. Kelajagi porloq jinnilardan bo‘lsam 
kerak. Qo‘rqmang, qochib ketmayman. 
— Qochib go‘rga borarmiding, bor kirib yot, boshimni og‘ritma. 
Avvalgi jinnixonada ham navbatchi hamshira uni kirib yotishga undagan edi. Ammo bu 
tarzda emas, yalinish ohangida iltimos qilib edi. Shunda Anvar unga bir she’r aytgan, u 
«yaxshi she’r ekan», deb bir oz suhbatlashgan edi. Anvar garchi bu xotindan yaxshi gap 
chiqishiga gumonda bo‘lsa-da, o‘sha she’rni o‘qigisi keldi: 
Bahorda gurkirab avj olgan chechak, 
So‘lar xoh istama, xohi sen ista. 
Unga yor na o‘tmish, na-da kelajak
Tuproqqa jo bo‘lib ketar ohista. 
Shuning-chun so‘nggi bor kuylaydi qumri 
Bilmam ne marsiya, bilmam ne vola. 
Hey, mening umrimdir chaqmoqning umri 
Bir chaqnab mahv bo‘lsam chekmagin nola! 
Navbatchi yozishdan to‘xtab, unga g‘alati qaradi: 
Nima balo, shoirmisan? — deb so‘radi, she’r o‘qib bo‘lingach. 
— Yo‘q, jinniman,— dedi Anvar istehzo bilan. 
— Jinniliging bilinib turibdi, kirib yot dedim senga. 
Anvar «xo‘p bo‘ladi» dedi-da, orqasi bilan yura turib yana bir to‘rtlik o‘qidi: 
— Yomg‘irdan so‘ng ochildi bog‘lar, 
Endi yellar girdikapalak. 
Astagina titrar yaproqlar, 
Xayr dema, beozor malak... 
Navbatchi ayol so‘nggi satrni noto‘g‘ri anglab, qo‘lidagi qalamni taq etib stol ustiga 
qo‘ydi-da, o‘rnidan turdi: 
— Qani, kir ichkariga, deyapman! Hali men senga malay bo‘ldimmi, huv turqing qursin! 
Anvar bu yer she’r o‘qiydigan, hazillashadigan joy emasligini anglab, shoshib ichkariga 
kirdi. Navbatchi hamshira eshikni ochib, to u joyiga yotgunicha qarab turdi. 
Anvarga alam qildi. Aslida u yurakni siqayotgan iskanja azobidan bir damgina bo‘lsa 
ham qutularman, degan niyatda dahlizga chiqqan edi. Avvalgi jinnixonada aynan 
shunday bo‘lardi. «Bu yer nima o‘zi — jinnixonami yo qamoqxonami?» deb o‘yladi u. 
Alamdan holi bo‘lmoq uchun xayolini chalg‘itishga urindi. Qo‘lini bolish qilib, chalqancha 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling