Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
181 — Yarmini nima qilmoqchisan? — Yarminimi?.. Bir do‘stim bor, o‘shanga olib borib berasan. — Aldayotgan bo‘lsang-chi? — Seni aldashdan foyda bormi, menga? Kechgacha o‘yla, bilib qo‘y, sen buncha pulni umringda ko‘rmagansan. Yana bir gap: kechgacha bu o‘tirishda siqilib o‘lmaylik. Agar mendan cho‘chisang, oyoqlarimni bog‘lab qo‘y. Ammo yo‘lga chiqquncha bir maishat qilaylik. Agar taklifimga ko‘nsang, kechqurun yo‘lga chiqsak, ertalab yetib olamiz. Agar insof qilsang, marjaning to‘shagiga kirib chiqishga ruxsat berarsan. Fedya yigitlarni chaqirib Zelixonni stulga o‘tqazdi-da, oyoqlarini bog‘latib qo‘ydi. Valya stol ustiga aroq, kolbasa, non, piyoz, tuz keltirib qo‘yib, yotog‘iga kirdi-da, eshikni zanjirlab oldi. Fedyaning o‘zini erkin tutishi, Valyaning bulardan qo‘rqmayotganidan Zelixon bildiki, bu ishlarga Xongireyning ijozati bor. «Xongireyning nozik bir joyidan ushlashganga o‘xshaydi. Bo‘lmasa u meni osonlikcha bermas edi, — deb o‘yladi Zelixon. Keyin birdan fikri charaqlab yorishdi: — E, ha, Xongirey, azizim, menga yaxshilik qilaman, deb yomonlikni ravo ko‘ribsan-ku? Qishlog‘ida o‘lib ketmasin, besh-o‘n kun Sochida yayrab olsin, deding-mi? Buning uchun o‘z o‘ynashingni qo‘shdingmi, menga? Eh, Xongirey, shu masalada chechenga o‘xshamading. Qishlog‘imda o‘lganim, odamga o‘xshab ko‘milganim yaxshi emasmidi?..» Zelixonning muqobilida o‘lim to‘rlari tashlangan qorong‘i yo‘lakdan o‘zga yo‘l yo‘q. Istasa-istamasa hademay o‘limning shirin suvini ichmog‘i joiz. O‘lim uni bag‘riga olmoqqa shay. Faqat yana qancha soat yoki daqiqadan so‘ng, qaerda oladi — faqatgina shu masala hal etilsa bas. Zelixon Farg‘onada ekanida o‘lim bilan yuzma-yuz kelmoq dahshatini his etgan. To‘g‘ri, o‘zi aytganiday, o‘limi hech kimni larzaga solmaydi. Agar Fedyaning gapi rost bo‘lsa, kislota bilan kuydirilsa, bu dunyoda jasadi ham, nomi ham qolmaydi. Chechenning bir avlodi tomiri bilan uzilib, yo‘q bo‘ladi. Xudo bu oilaga bittadan o‘g‘il berayotuvdi. Zelixonga buni ham ravo ko‘rmadi. Endi bu urug‘ quridi hisob... Zelixon buni avval ham ko‘p o‘ylagan, oila qurishni reja qilgan, ammo o‘y o‘yligicha, reja rejaligicha qolib ketavergan. Agar shu kelishida qishlog‘ida tinch-omon yashab qolsa, oila qurarmidi, Xudo unga ham o‘g‘il berarmidi... Zelixon maishat qilish istagini bildirgan bo‘lsa-da, tomog‘idan hech narsa o‘tmadi. «Nasibamni yeb-ichib bo‘lganman, shekilli?» deb o‘yladi u. Shu asnoda so‘nggi luqmani yuta olmay jon berayotgan bobosi ko‘z oldiga keldi. Fedya katta qadahni to‘ldirib ikki-uch ko‘tarishda bo‘shatdi. U topshiriqni qaerda, qachon, qay holda bajarish xususida aniq ko‘rsatmaga ega bo‘lsa-da, Zelixonning taklifi uni ikki yo‘l qarshisiga keltirib qo‘ygan edi. Har qanday odamning fikrini o‘g‘irlash jozibasiga ega bo‘lgan pul Fedyaning nozik qitiq patlarini o‘ynay boshlagan edi. Umri faqat pul o‘marish dardi bilan o‘tayotgan odam katta boylik haqidagi xabarga e’tiborsiz qarashi mumkinmi? Pul, boylik — go‘zal bir sanamki, uning to‘shagida orom olmaguncha ko‘ngil tinchlik bermaydi. Pul, boylik — o‘rgimchak to‘ri kabiki, kishi ko‘zi ochiq holatda bu to‘rni ko‘radi, oqibatda bu to‘r azobga giriftor qilajagini biladi, bilsa-da, yo‘ldan qaytmaydi, to‘r ortidagi go‘zal sanamdan hech bo‘lmasa bittagina o‘pich olish ilinjida tinchimaydi. Fedya hozir tinchini yo‘qotdi. «Aldayotgan bo‘lsa-chi?» degan savolga «aldasa ham o‘ladi, aldamasa ham o‘ladi. Sochida otdim nima-yu, qishlog‘ida otdim nima?» deb o‘ziga tasalli berdi. Fedya qistayverganidan keyin Zelixon ham ichdi. Vujudi qizib, o‘lim vasvasasidan uzoqlasha boshlaganday bo‘ldi. Shunda ro‘parasidagi zulumot yo‘lagida bir chiroq yilt etganday bo‘ldi. «Panoh bor,— dedi u o‘ziga o‘zi.— Xongirey saqlay olmasa, saqlaydigan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling