Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
177
daqiqa o‘tar, demak, yarim soat kutishi lozim. Zelixon atrofni sinchiklab kuzatib, pana 
joy mo‘ljalladi. Ma’qul joy topilmagach, to‘rtinchi bo‘lmaga chiqdi-da, Valya bilan 
Jamshid ko‘ringunicha shu yerda kutishga qaror qildi. 
Ular mo‘ljaldan avvalroq ko‘rinishdi. Sayyohlar uchinchi bo‘lmadan chiqishgach, reja 
bo‘yicha Valya Jamshidni bir bahona bilan ushlab qolishi kerak. Shunda Zelixon kiradi. 
Shunda Jamshid hayrat tuzog‘iga tushadi. Tuzoqdagi qushning ahvoli esa ma’lum. 
Uchinchi bo‘lmaga kirgunlariga qadar Jamshid Valyaning yetagidagi go‘l yigit ko‘rinishida 
edi. Sayyohlar chiqa boshlashgach, Valya ma’danlarning sifati haqida so‘z ochdi. 
Jamshid esa uning so‘zlariga quloq bermay, atrofga alangladi. 
— Gapimni eshitmayapsanmi? — dedi Valya nozli ohangda. 
— Ha, — dedi Jamshid. 
— Nega? 
— Bu gaplarni ko‘p eshitganman. Sen menga boshqa narsani gapir: akademik shu yerda 
kutishi kerakmidi? 
— Qaysi akademik? 
— Bilmaysanmi? Ha, yaxshi, unda gapiraver, kutamiz, — Jamshid shunday deb bo‘lma 
og‘ziga orqasini qilib turib oldi. Sharpa sezilganda ham qaramadi. 
Zelixon bo‘lmaga asta kirdi. Valya uni ko‘rdi, ko‘zlari bilan ishora qildi. Ammo Zelixon bu 
ishorani nimqorong‘ida sezmadi. U Jamshidga yaqin kelib, yelkasidan ushladi: 
— Jamshid! 
Jamshid Zelixon o‘ylaganidek sapchimadi, keskin o‘girilmadi. O‘girilib, hayratga ham 
tushmadi. Astagina o‘girildi-da, zaharli jilmayish bilan Zelixonga tikildi. 
— Akademikning buyrug‘iga binoan yetib keldim. Xizmatlariga tayyorman. 
Zelixon «aytib qo‘ydingmi?» deganday Valyaga norozi qiyofada boqdi. 
— Unga qaramang. Sizni kecha ko‘rganman. Siz o‘g‘irlikda balki akademikdirsiz, lekin 
bunaqa ishlarda mishiqi bolaga o‘xsharkansiz. Shuncha odamni ovora qilganingizni 
qarang. Men siz o‘ylaganday nodon yoki laqma bo‘lsam, shuncha yil Asadbekning 
qanotida yurarmidim? Gap shu: xonimchangizga ham, orqadagi ikki yugurdagingizga 
ham javob bering. Gapingiz bo‘lsa, yakkama-yakka gaplashamiz. 
Zelixon «chiq» deganday Valyaga qaradi. Valya istamaygina chiqib, to‘rtinchi bo‘lmadagi 
sayyohlarga qo‘shildi. 
— Shu yerda gaplashamizmi yo yorug‘ jahonga chiqamizmi? — deb so‘radi Jamshid. 
— Yorug‘ jahon ham gap ekanmi, — dedi Zelixon, — naq jannatning kindigida 
otamlashamiz. 
2 
Ular tushgan mashina tog‘ning aylanma yo‘llari bo‘ylab yuqoriladi. «Gloriya» deb 
nomlangan qahvaxona katta yo‘ldan chetroqda, begona ko‘zlardan panada bo‘lsa-da, 
gavjum edi. Bu yer boshqa joylarga qaraganda tinch, to‘planganlar tasodifiy xo‘randalar 
emas, balki doimiy mijozlar ekani ularning bamaylixotir o‘tirganlaridan sezilar edi. 
Zelixon qamalmasidan ilgari bu yerda to‘rt-besh marta bo‘lgan, hatto Xongirey bilan 
ham birga kelgan edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, kapalaknusxa 
galstukli, orqaga taralgan sochlari oqargan qahvaxona og‘asi uni tanib, izzat bilan 
qarshiladi-da, ikki kishilik joyga boshlab bordi. Ulardan hech kim nima ichasiz, nima 
yeysiz, deb so‘rab o‘tirmadi. 
Jamshid atrofga ko‘z yugurtirdi: pastda dengiz yastanib yotardi. Sarv qomatli archalar 
shabadada asta chayqaladi. Yuqorida qorli cho‘qqilar ko‘rinadi. 
— Uch-to‘rt chaqirim narida Stalinning dachasi bor, — dedi Zelixon. — Xohlasang 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling