Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
176
sezmadi. 
Ertasiga qariya bilan xayrlashib, Krasnoyar sari yo‘lga tushdilar. Shaharga kirmay, 
kasalxona yo‘liga burildilar. Asadbek ancha holsizlanib qolgani uchun undan so‘rab 
o‘tirmadilar. Asadbek uchun joy hozirlanib qo‘yilgan edi. Uni qoldirib shaharga 
qaytishgach, Kozlov: 
— Asad kamida bir hafta-o‘n kun yotishi zarur ekan. Shoshilinch ishlaring bo‘lsa, 
qaytaveringlar. O‘zim xabardor bo‘lib turaman. Bu yer ishonchli joy, — dedi. 
Men qolaman, — dedi Chuvrindi qat’iy ohangda.— Sizlarni ortiq bezovta qilmaslik 
uchun mehmonxonada turaman. 
— Mahmud! Sen meni xafa qilyapsan. Agar Kozlovda bitta oshiqcha uy, bitta oshiqcha 
mashina bo‘lmasa yurgan ekan-da, a?.. 
— Jalil aka, siz-chi? Qaytasizmi? 
— Kallang bormi, sen bolaning! — dedi Jalil achchiqlanib. — Agar senga xalaqit 
berayotgan bo‘lsam, aytaver, mehmonxonangga pulim yetmasa vokzalda ham 
yotaveraman. Qora nonga qornim to‘yadi. 
— Unaqa ma’noda aytmadim, Jalil aka, xafa bo‘lmang, — dedi Chuvrindi xijolatlik bilan. 
— Ishingiz zarurmikin... 
— Ishim yo‘q mening. Mening bunaqa do‘stim bitta, bilib qo‘y. Sen boshqa xo‘jayin 
topishing mumkin, men boshqa do‘st topa olmayman! 
XX b o b 
1 
— Menga bu ishlaring yoqmayapti, — dedi Valya, ko‘zgu qarshisida o‘ziga oro berayotib. 
— Xongirey bilib qolsa... albatta biladi, meni jazolaydi, senga esa indamaydi. 
— Qo‘rqma, senga ham indamaydi. 
— Olov bilan o‘ynashyapsan, Zelya. 
— Olovning ustida tug‘ilganman, olovsiz turolmayman, — dedi Zelixon kulib. 
— Shuning uchun o‘zing kuymay qolasan, boshqalar esa sen uchun jizg‘anak bo‘lishadi. 
— Qo‘rqma deyapman-ku. 
— Yaxshi, qo‘rqmadim. Hozir yo‘lga chiqaman. Jamshid kelmasa-chi? Ahmoq bo‘lib 
qaytib kelaveramanmi? 
— Nega ahmoq bo‘larkansan? Kelmasa, ikkalamiz g‘orni aylanamiz. Ishtaha kelib qolsa, 
balki o‘pisharmiz. Sen hech g‘orda o‘pishganmisan? 
— Yo‘q, — dedi Valya jerkib. — Maynavozchilik qilma. Eslab qol: g‘orning uchinchi 
bo‘lmasida kutasan. Ikki yigit orqadan poylaydi. 
Zelixon Valyaning chindan ham achchiqlanayotganini bilib, boshqa gapirmadi. 
Zelixon sayyohlarga qo‘shilib, g‘or ichkarisiga olib kirish uchun mo‘ljallangan vagonga 
o‘tirdi-da, har ehtimolga qarshi atrofga alangladi. O‘zini kuzatayotgan nigohni 
sezmagach, xotirjam bo‘ldi. Ichkariga kirgach, yana alangladi. Vagonlar ma’lum 
manzilga yetgach, to‘xtadi. Sayyohlar yo‘lboshlovchining g‘or tarixi haqidagi hikoyasini 
tinglab, tomoshani boshladilar. Zelixon uchinchi bo‘lmaga qadar ular bilan birga yurdi. 
So‘ng yolg‘iz o‘zi qoldi. 
Novoafon g‘orining uchinchi bo‘lmasi boshqalariga qaraganda kichikroq hamda 
qorong‘iroq edi. Sumalakka o‘xshab qotib turgan rangli ma’danlardan suv chakillab 
tomardi. Zelixon soatiga qaradi: o‘n besh daqiqadan so‘ng Valya Jamshid bilan 
uchrashishi kerak. To u yoqdan, bu yoqdan gaplashib g‘orga kirgunlaricha yana o‘n besh 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling