Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
184 — Puliga chidasangiz, ertalabgacha ham turaveraman,— dedi haydovchi. — Qoyilman, o‘g‘il bola! — dedi Mardona. — Zakalat tashlab keting,— dedi haydovchi. Mardona sumkasidan pul olib unga uzatdi: — Sizdaqa o‘g‘il bola kerak menga, keyin gaplashib olamiz. — Mardona shunday deb bir ko‘zini qisib qo‘ydi. Ular hammomning hovuzli bo‘lmasiga kirdilar. Mardona patta ham olmadi. Birovdan «kirsak bo‘ladimi, bo‘shmi?» deb so‘rab ham o‘tirmadi. O‘z uyida yurganday to‘g‘ri kirib bordi. Zaynab «qanaqa joy bu o‘zi?» deganday atrofga bir alangladi. Odamlarning e’tiborsiz turganini ko‘rib, indamay dugonasiga ergashdi. Ichkari kirib, eshik zulfini solgach, Mardona stol ustida yopig‘liq oq dasturxonni yig‘di. Zaynab tayyorlab qo‘yilgan yemak-ichmakni ko‘rib ajablandi. Mardona esa pivoni shartta ochib ikki piyolaga quydi-da, manzirat qilib o‘tirmay, ichib yubordi. So‘ng: — Bu yerda pivo yaxshi ketadi,— deb labini yaladi. Yechinib, issiqxonada o‘tirdilar. Bu yerda ham Mardona uydagi qilig‘ini qildi. Bu safar uning harakatlari avvalgiday xush yoqayotgan bo‘lmasa-da, Zaynab qarshilik ko‘rsatmadi. So‘ng hovuz labiga borishdi. Bu yerda ham Mardona uning oq badanini ehtiros bilan silab, kutilmaganda suvga itarib yubordi. Keyin qiyqirib kulganicha o‘zini hovuzga otdi. Ikki dugona ancha vaqtgacha qiyqirib, bir-birlariga suv sepib o‘yin qildilar. Suvdan chiqishgach, Mardona Zaynabning yelkalarini silab: — Buni qara, kumushdek tovlanib ketding. Bunday badan katta otarchiga xayf...— dedi. Issiqxonadan so‘ng salqinroq suvga tushib, ruhidagi loyqa tina boshlagan Zaynab bu gapni eshitib, yengil seskandi. «Kumushdek... tovlanib ketding...» Mardona bu gapni aytganda Kumushbibini nazarda tutmagan bo‘lsa-da, Zaynabning ko‘z oldida o‘zi sevgan, yillar bo‘yi qalbining to‘rida ardoqlab-asragan mo‘’mina ayol gavdalandi. Shu asnoda aqlini bandi etib turgan qulf buzilib, nimalar qilganini idrok eta boshladi. Idrok etgani sayin o‘zidan o‘zi nafratlanaverdi. Mardona undagi o‘zgarishni sezib: — Hm, o‘rtoqjon, nima bo‘ldi? — deb so‘radi. — Issiq yoqmadi shekilli,— dedi Zaynab bir oz dovdiragan holda.— Men chiqib tura qolay. — Mayli, men yana bir sho‘ng‘ib chiqaman,— Mardona shunday deb yana pivodan simirib, o‘zini suvga otdi. Zaynab tez-tez kiyinib, tashqariga chiqdi. Nima qilarini bilmay dovdirab turganida mashina signali chalinib, haydovchining: — Men bu yerdaman,— degan ovozini eshitdi. Zaynab avvaliga «sen kimsan?» deganday unga ajablanib qaradi. So‘ng bu yerga shu mashinada kelganini eslab, tez-tez yurib borib, o‘tirdi-da, «ketdik», dedi. — Opoxonimiz-chi? — dedi haydovchi. — Uni qaytib kelib, olib ketasiz. — Puliga chidasalar bo‘ldi. Qaytib kel, desalar qaytib kelaveraman. Qayoqqa qarab hayday? Zaynab uyiga qaytsa, Mardona izma-iz yetib kelishidan xavotirlanib, ota hovlisiga bormoqni ixtiyor etdi. 3 Mardona ertasiga qo‘ng‘iroq qildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling