Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
180 ma’lum edi. Endi sen shilta ish bilan ketasan. Qaytmaydigan bo‘lib ketasan. — Sen tiriksan-ku? — Sheriklarim o‘lgan. — Bular... mentlarmi? — dedi Zelixon orqadagi yigitlarni ko‘rsatib. — Ishing bo‘lmasin. O‘tir. Qorong‘i tushguncha o‘tiramiz. Keyin ketamiz. — Qayoqqa? — Ochig‘ini aytaymi, Zelya, sen umringni yashab bo‘lding. Seni qamashmaydi, sud ham qilishmaydi, hukm aniq, ijro qilinsa bas. — Biz bir paytlar do‘st edik, Fedya? — Bir paytlar otang onangga uylangan edi? Qani u? Do‘stligimiz ham shunaqa. Sen meni o‘ldirmoqchi eding. O‘shanda do‘stligimizni eslamading-ku? — O‘zing-chi? O‘zing ham meni o‘ldirmoqchi bo‘lmadingmi? Xullas, oshnam, hisob- kitobimiz to‘g‘ri. — Yo‘q, Zelya, sening hisob-kitobing o‘tmaydi bu o‘yinda. Endi sen qoyilmaqom qilib o‘lishni o‘yla. — Otasanmi, chopasanmi yo qiymalaysanmi? — O‘zingga ma’qulini tanla, menga baribir. Seni qishlog‘ingdagilar ko‘mib bo‘lishgan. Endi birov seni qidirmaydi. — Unda meni... ot. Bir o‘q bilan tinchit. — Yaxshi, otaman. Bitta o‘q yetsa yetdi, bo‘lmasa sendan o‘nta o‘qni ham ayamayman. — Faqat... qishlog‘im atrofida ot. Chirisam o‘sha yerda chiriy. Fedya bu gapni eshitib, baralla kulib yubordi. — Vey, ahmoq, qaerda chirishingning nima ahamiyati bor? Yo‘q, men seni uzoqqa sudrab bora olmayman. Sen jon do‘stim, chirishdan qo‘rqma. Chirishga ulgurmaysan. Seni qiynamaslikning chorasini ko‘rib qo‘yganman. Otamizu ustingdan kislota quyamiz. Sening o‘rningga qishlog‘ingda Zelixon deb ko‘milgan ahmoq chiriyversin. — Bilib qo‘y, seni Xongirey tinch qo‘ymaydi. — Xongireyni ko‘ndiradigan odamlar bor. Sen bu yog‘idan xavotir olma. Xongirey ham odam, u ham hisob-kitobli dunyoda yashaydi. Zelixon orqadagi yigitlarga qarab qo‘yib jilmaydi. — Nimaga tirjayyapsan? — dedi Fedya. — Shunaqangi osongina o‘lib ketamanmi, deb o‘ylamovdim. Fedya, sen bilan menga oson. Vaqti yetsa o‘lib ketaveramiz. Bu dunyoda bir-ikki kunlik o‘ynashlarimizdan boshqa hech kimimiz yo‘q. O‘lsak, birov achinib yurmaydi ham. — Sening hech kiming yo‘qdir. Mening esa onam bor. — Onangmi?.. O‘lganingni eshitib onang quvonib ketsa kerak. — Shunaqa degin?.. Xotirjam bo‘l, onam hali-beri quvonmaydi. Men hali ko‘p yashayman. Bu dunyo maishatlariga hali to‘yganim yo‘q. — Fedya, sen menga nomardning ishini qilyapsan. O‘limim oldida senga bir gap aytay, bu yigitlar chiqib turishsin. Qo‘rqma, qochib ketmayman. Fedya bir oz o‘ylangach, yigitlarga «chiqinglar» degan ma’noda ishora qildi. — Fedya, — dedi Zelixon, yolg‘iz qolishgach. — Bir masalada kelishib olsak, o‘zingga yomon bo‘lmaydi. Qamalishimdan ilgari bankni o‘marganimni bilasan-a? Aybni bo‘ynimga qo‘yishdi, lekin pulni topa olishmadi, buni ham bilasan, a? Men senga o‘xshagan kissavur emasdim. Katta-katta topardim. Bu ham ma’lum senga. Qishlog‘imga nima uchun keldim, buni bilasanmi? Yo‘q, bilmaysan. Men o‘g‘irlikni yig‘ishtirib, tinchgina yeb-ichib yotmoqchi edim. Bu pul mening yetti avlodimga yetib ortadi. Menga nasib etmaganga o‘xshaydi. Men shu pulni deb yashadim, endi mendan keyin chirib uvol bo‘lmasin. Yarmiga kelishsak, qaerdaligini aytaman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling