Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
172
olgisi keldi. Yugurishni istadi, biroq oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmadi. Joyidan qimirlay olmadi. 
Qariya ular tomon bir-bir bosib kelib: 
— Assalomu alaykum, mehmonlar, kelinglar, — deb barchalarini hayratda qoldirdi. 
— Siz, bo‘tam, Asadjonsiz, to‘g‘ri fahmladimmi? — U shunday deb toshdek qotgan 
Asadbekni bag‘riga bosib, yuzini yuziga qo‘ydi, yelkalarini siladi. — Barakalla, bo‘tam, 
xush kelibsiz. Kelishingizga dadangiz rahmatli ishongan edilar. Siz dadangiz rahmatliga 
o‘xshabsiz, umringiz o‘xshamasin. Bu yigit... Samandarmi? — dedi u ikkilangan holda. 
— Bu yigit tutingan ukam — Mahmud. Bu devor-darmiyon qo‘shnim, oshnam Jalil, — 
dedi Asadbek. 
— Samandar qani? — deb so‘radi qariya. 
— Samandar... o‘lgan. Ellik uchinchi yilda. 
— Ellik uchda? Astag‘firulloh!.. Qaysi paytda? 
— Stalin o‘lgan kuni. 
— Astag‘firulloh... Astag‘firulloh... Yo Rabbim, o‘zing qudratlisan! Bo‘tam, otangizning 
xastaliklari xuddi shu kuni boshlangan edi. Aniq esimda. Bir hafta deganda jonlari uzildi. 
Olloh rahmat etsin, — qariya shunday deb picha sukut qildi. — Qani, lutf qilingiz, 
kulbamizni obod etingiz. 
Otasi haqidagi o‘ylar bilan band bo‘lgan Asadbek qariyaning uyga taklif etayotganini 
darrov tushunib yetmadi. Buni fahmlagan Chuvrindi uning o‘rniga javob berdi: 
— Avval mozorboshiga borsakmikin? 
— Ixtiyoringiz... — Qariya shunday deb do‘mpayib turgan qabrlar sari yurib pichirlab duo 
o‘qidi, so‘ng ovozini chiqarib dedi: — Assalomu alaykum, ey mo‘’minlar, sizlar bizlardan 
avval keldingiz bu yerga, biz ham bir kun kelarmiz... 
Bu gap Asadbekka ta’sir etib, etlari jimirlashib ketdi. Qariya bilan izma-iz borayotgan 
Jalil undan asta so‘radi: 
— Bu yerdagilarning barchasi musulmonmi? 
— Yo‘q, — dedi Qariya, — aralash qo‘yilgan. Raqamlarga qarab ko‘plarini eslab 
qolganman. Birodarlarimni kunda bir ziyorat qilib turaman. 
O‘t bosgan qabrlar orasidagi lozimini qiynalmay topib borishdi. O‘tlar toptalib, 
yolg‘izoyoq so‘qmoqlar hosil bo‘lganidan qariyaning rost so‘zlayotganini sezish mumkin 
edi. 
— Rahmatli dadangiz shunda madfundurlar, — dedi qariya, so‘ng ko‘rsatgan qabri 
yoniga o‘tirdi. Asadbek uning o‘ng tomoniga, Chuvrindi bilan Jalil chap tomoniga 
o‘tirdilar. Orqaroqda kelayotgan Kozlov, gul ko‘tarib olgan yigit bir necha qadam narida 
to‘xtashdi. 
Qariya «tilovat qilasizmi, bo‘tam?» degan ma’noda Asadbekka qaradi. Buni sezgan Jalil 
bilgan suralarini ovozini baralla qo‘yib o‘qiy boshladi... 
Duodan so‘ng Jalil o‘rnidan turdi-da, «Saloti janoza» deb qo‘ydi. Qariya unga 
ajablanganicha qarab: 
— Bo‘tam, janoza vaqtida o‘qilgan, — dedi. 
— Shu yerda-ya? — dedi Jalil taajjubini yashirmay. — Kim o‘qigan? 
— Men... Qani, o‘tirsinlar... Tarix shuki, kamina ham shu qamoqxona tuzini 
totganlardan. Mo‘’minlar bandalikni ado etganda janozalarini o‘qir edim. 
— Kafan-chi? 
— Bu yog‘iga ojiz edik. Nasoriylar ham tobutsiz ko‘milardi. Mo‘’minlarning yuzlarini 
qiblaga moyil qilib, so‘ng betlarini tuproq tegmaydigan qilib yopib, so‘ng ko‘mardik. 
Boshqa ilojimiz yo‘q edi. 
Bu gapni eshitib, Chuvrindi o‘z otasini esladi. «Bular-ku, ilojsiz ekanlar, ular-chi? 
Kafanladilarmi? Yuzni qiblaga qaratdilarmi? Lahad qazidilarmi ekan?..» Chuvrindi 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling