Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
— Ha, Jalil, uzr, esimdan chiqibdi, —dedi Kozlov kulimsirab, — Asad, shu o‘rtog‘ing 
menga yoqdi. To‘g‘ri odam ekan. Bunaqa odamni Gorbachga ro‘para qilish kerak. Qani 
bir qayta qurib ko‘rsin-chi... 
— Og‘aynimning ko‘nglida kiri yo‘q, gaplaridan xafa bo‘lma, — dedi Asadbek uning 
hazilidan kulib. 
— Xafamasman, chin aytyapman. U menga yoqdi. Shunaqa odam bilan razvedkaga 
bemalol borishim mumkin. 
— Men esa bormayman, — dedi Jalil. 
— Nimaga endi? Yashirmay aytaver, nimaga? 
— Sizlar pulga o‘rgangan odamsizlar. Do‘ppi tor kelsa sheriklaringni ham ikki pulga sotib 
yuborasizlar. 
— Yo‘-o‘q, — dedi Kozlov jiddiylashib. — Shu yerda yanglishding. Hammani ham 
sotavermaymiz. 
Asadbek boshlanayotgan bahsdan latta isi kelayotganini sezib, suhbatga aralashdi: 
— Aleksey, sen boshqa narsa demoqchiyding. Gapni burvording? 
— To‘g‘ri tanbeh beryapsan. Men aytmoqchi edimki, kim bo‘lsa bo‘lsin, musulmonmi, 
xristianinmi, buddistmi — Xudoga sig‘inadi. Lekin bir-birini tan olmaydi. Shunisiga 
ajablanaman. Mana, Jalil, bizlarni tan olmaysanlar, a? Nima derdinglar? 
— Qaysi ma’noda? 
— Boshqa dindagilarni. 
— Ha... — Jalil bir oz o‘ylanib, so‘ng javob berdi. — Kofir deymiz. 
— Esladim. Aynan kofir deysan. Xo‘sh, nimaga? Axir men ham yakka Xudo deyman, sen 
ham. Qani javob ber. 
Jalil bu xildagi bahsni, bunaqa qiyin savolni kutmagan edi. Islom ilmining alifbosini ham 
bilmaydigan odam uchun boshqa din vakili bilan bahslashish oson emas. Asadbek kecha 
hazil bilan bo‘lsa-da, to‘g‘ri aytib edi. Tag‘in ham Asadbek uni ayadi «chala mulla» desa 
yanada aniqroq baho bergan bo‘lardi. 
Jalil shu topda javobga qiynalsa ham, chala mullaligini oshkor qilgisi kelmadi. Chunki 
bahsga chorlayotgan odamning diniy ilmi battarroq chala ekanini bilib turardi. Jalil «shu 
chalaga gapimni berayinmi endi», degan fikrda mullalardan eshitganlarini eslab, javob 
berdi: 
— Kofir deganmizning boisi shuki, Xudo degan bilan ish bitmaydi. Xudo deb turib 
haromdan qaytmaysizlar. Aroq ichasizlar, to‘ng‘iz go‘shti yeysizlar, zino qilasizlar... 
— Shuning o‘zimi? — dedi Kozlov. 
— Bu kammi? — dedi Jalil. 
— Yaxshi. Bu narsalar sizlarning kitobingizda harom qilingan. Biznikida harom 
qilinmagan. Xo‘sh, bunga nima deysan? 
— Qur’oni karim oxirgi kitob. Olloh bandalarini haromdan qaytarish uchun bu muqaddas 
kitobni tushirgan. Butun inson bolalarining shu oxirgi kitobga bo‘ysunishi shart. 
— Itoat etmasa-chi? 
— Itoat etmasa kofir bo‘ladi, qiyomatda do‘zaxda yonadi. 
— Demak, men do‘zaxda kuyaman, sen esa jannatda mazza qilasan, shundaymi? 
— Buni Olloh biladi. 
— Yo‘q, bu gap bilan mendan qutula olmaysan. Sen o‘z gapingni ayt. 
— Mening bilganim... — Jalil qarasaki, masala chigallashib ketyapti. Qaysi bir yig‘indagi 
Sobitxonning «bahsda chuqurlashmanglar» degan gapini eslab, suhbatga yakun 
yasamoqchi bo‘ldi: — Men o‘rischada yaxshi tushuntirib berolmayman. Biz tomonlarga 
borsangiz, o‘rischani qotirib tashlaydigan mullalarimiz bor. O‘shalar tushuntirib 
berishadi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling