Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
165
armondan qutulyaptilar. Otalarining so‘nggi makonini topadilar. Qabrda yotgan otalari 
bilan xayolan bo‘lsa ham gaplasha oladilar. Men-chi? Men qayoqqa boraman? Qanday 
gaplashaman? Yig‘lagim kelsa qaysi qabrning tepasiga borib yig‘layman? Bek akam-ku, 
otalarini oz bo‘lsa ham ko‘rganlar. Quchganlar, o‘pganlar... Men-chi?.. Na ota hidini 
bilaman, na ona isini... Bek akam o‘ch olishga ulgurdilar, picha bo‘lsa-da, xumordan 
chiqdilar. Men-chi? Kimdan o‘ch olaman, o‘sha chollardanmi? Umr bo‘yi qo‘rquvda, 
titroqda yashagan bu chollarni o‘ldirib nima baraka topdim? Sirlari oshkor bo‘lganini 
bilib, o‘lmay turib o‘lishdi, pichoqsiz so‘yilishdi...» 
Boshini suyanchiqqa qo‘yib, ko‘zlarini yumib olgan Chuvrindi mana shularni o‘ylardi. 
Asadbek yana bir gap aytsa, Jalilning portlab ketishi mumkinligini bilib, jim bo‘la qoldi. 
Begona odamlar orasida Jalilga ortiqcha gap aytgan odamning sharmanda bo‘lishi tayin. 
«Mayli, duosini yodlayversin, janoza o‘qigisi kelsa, o‘qisin. Domla o‘qish kerak, deb bejiz 
aytmagandir. O‘qib qo‘ygani durust. O‘qimasa nima bo‘larkin? Jannatga tushmasmikin? 
Nega tushmaydi? Bu dunyoni azob bilan o‘tqazgan, birovga yomonlik qilmagan bo‘lsa?.. 
Gunohni qilib yura-yura o‘lganida janoza o‘qib qo‘yilsa, to‘g‘ri jannatga tushaversa?.. 
Qiziq...» 
Asadbek, garchi mahallasidagi masjid qurilishiga homiylik qilayotgan bo‘lsa-da, islom 
ilmi, shariat hukmi degan tushunchalardan nihoyatda yiroq edi. Uning nazarida marhum 
lahadga qo‘yilishi bilan to‘g‘ri jannatga yoki do‘zaxga yo‘l oladi. Asadbek qiyomat, 
undagi hisob-kitob, nomai a’mol, Rasullullohning shafoati kabi gaplarni eshitmagan, 
eshitgan bo‘lsa ham uqmagan bandalardan edi. Shu sababli otasiga jannatdan joy tayin 
etish uchun janoza o‘qib qo‘yish albatta zarur, degan qarorga keldi. Shunga aqli yetgan 
do‘stini quchib olgisi keldi. Lekin bunga jur’at etmadi. Chunki u Asadbek, do‘sti esa Jalil
ya’ni ikkovi ohanraboning ikki qutbi edi. 
Shu onda kuragida qattiq og‘riq turib, ingrab yuborganini o‘zi ham sezmadi. Ko‘zlari 
yumuq bo‘lsa-da, o‘zi ziyrak yotgan Chuvrindi boshini ko‘tardi. 
— Bek aka, nima bo‘ldi? Mazangiz qochdimi? 
— Kuragim shamolladimi, deyman. Sanchiq turdi. Ezib qo‘ysang-chi... 
Asadbek shunday deb engashdi. Chuvrindi uning yelkalarini uqaladi. Og‘riq zo‘rayib, 
Asadbek qaddini rostladi. 
Chuvrindi tayyora bekasini chaqirib, suv so‘radi. Asadbek suv ichgach, suyanchiqni 
tushirib, og‘riyotgan kuragini tirab yotdi. 
Krasnoyarga yetganda tayyora tog‘day bo‘lib turgan qo‘ng‘ir bulutlar orasini yorib kirib
titray boshladi. Yo‘lovchilar o‘zlarini tayyorada emas, shag‘al yotqizilgan yo‘lda 
ketayotgan eshak aravada xis qildilar. Xasta odamlarning dardi qo‘zib, tayyora bekasi 
tinchini yo‘qotdi. Tayyora barchani behalovat qilib qo‘ydi. 
Shahar osmonini bulut qoplagan, salqin shamol esib turardi. Bir necha soat ilgari 
jaziramadan noligan odamlar endi salqinda qunishib turishardi. 
— Asad, — dedi Jalil junjikib, — bitta taksi to‘xtatib, boradigan joyimizga jo‘navoraylik. 
Asadbek unga qarab «xo‘p», deb kulimsirab qo‘ydi. Ko‘nglidan esa boshqa gap o‘tdi: «E 
nodon bola, sen Asadbekni kim deb yuribsan? Hammaga o‘xshab xurjunini osiltirib, 
taksiga qo‘l ko‘tarib yursa Asadbek bo‘larmidi? Dunyodan go‘lligingcha o‘tasan shekilli, 
sen bola. Hozir «bu yerlarda taksi bo‘lmaydi, yayov ketamiz», desam ishonarmikinsan? 
Ke, qo‘y, yana shallaqiliging tutib qolmasin...» 
Jalilning chindan ham soddaligi bor edi. Sodda bo‘lmaganida og‘aynisining ko‘zga 
ko‘rinmas, ammo o‘ziga xos kichik bir mamlakat podshosi ekanini, bunday podshohlik 
har bir yurtda mavjudligini fahm etgan bo‘lardi. Rosmana yurt egalarining bordi-
keldilari, rasmiy kutib olish, muzokaralaridagi as’asayu dabdabalarni televizorda hamma 
ko‘radi. Pinhoniy yurtchalarning podshochalari uchrashuvida ham izzat-e’tibor zo‘r 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling