Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
157 — Yaxshi. Siz tergov qilayotganingizda ishtirok etishim mumkinmi? — Hozircha yo‘q. — Siz boshlagan ish men olib borayotgan ish bilan bir yerda kesishyapti. Nima uchun buni tushunishni istamaymiz? — Tushunib turibman. Prokuror ham yaxshi tushunganlari uchun jiddiy shug‘ullanishni vazifa qilib qo‘ydilar. Vaqti kelib, balki birgalikda ish yuritarmiz. Hozircha sizga aytadiganim: u yigit bir qizni zo‘rlashda ayblangan. Ishi sudga oshirish arafasida ekan. Aytishicha, Petrashvili u yigitga bir-ikki qiliq qilgan. Hammomda esa zo‘rlamoqchi bo‘lgan. Yigit taekvando bilan shug‘ullangan ekan. Bo‘sh kelmagan. Petrashvili boshqalarning ham joniga tegib yurganmi, har holda, mushtlashuvga ko‘pchilik aralashgan. Mening hozircha bilganim shu. — Demak... Sizningcha bu atayin uyushtirilmaganmi? — dedi Zohid hamkasbiga ishonchsizlik nazari bilan boqib. — Hozircha menda bunday ma’lumot yo‘q. Agar siz bu qotillik avvaldan tayyorlangan, degan fikrda bo‘lsangiz, marhamat, isbot qilishga urinib ko‘ring, fikrlaringizni inobatga olay. — Yo‘q, hozircha fikrim o‘zimda tura tursin. Vaqti kelsa o‘rtoqlasharmiz, — Zohid shunday deb xonadan chiqmoqchi bo‘lganida hamkasbi to‘xtatdi: — Siz haqingizda eshituvdim. Ugroda ishlab yurganingizda ham haqiqatparastlik qilar ekansiz. Bu yaxshi fazilat. Ammo bu sohada faqat sizgina adolatli, sizgina haqiqatparast emassiz. Sizdan yoshim kattaroq bo‘lgani uchun aytib qo‘yay: hamkasblaringizdan sira gumonsiramang. Gumon bilan uzoqqa bora olmaysiz. Biz bir-birimizdan gumonsirasak, bir-birimizga ishonmasak, xalq bizni sariq chaqaga ham olmay qo‘yadi. Shusiz ham odamlar bizga uncha ishonmaydi. — Bunga asos bo‘lsa-chi? — Asos hamisha ham haqiqat bo‘lavermaydi. Zohidga uning keyingi gaplari bir oz ma’qul bo‘ldi. 3 Zohid hamkasbi bilan gaplashib turganida shahar atrofidagi o‘likxonalarni bir-bir tekshirib chiqayotgan Hamdam Tolipov muddaoga yaqin kelib qolgan edi. Bu ishni u Farg‘onaga ketmay turib boshlagan, barvaqtroq qaytgani uchun yakunlab qo‘ya qolish niyatida edi. Yoqib yuborilgan murdaning Jamshid Sunnatullaev emasligiga ishonch hosil qilingach, o‘likxonadan egasiz murda olingan, degan qarorga kelishgan edi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bu egasiz murda avtomobil halokatiga uchragan odamniki bo‘lishi mumkin. Shu fikr bilan ish boshlagan Hamdam bir oyning nari-berisida mashina urib yuborgan odamlar ro‘yxati bilan qiziqdi. Shahar bilan cheklanmay, atrof tumanlardan ham ma’lumot olib, shu ma’lumot asosida kasalxonalarni aylandi. Tog‘ yonbag‘ridagi kasalxonaga kelganida, kech kirib qolgani uchun rahbariyat uy-uyiga tarqagan edi. Hamdam o‘likxonada biror kimsa bordir, degan taxminda to‘rt qavatli binoning orqa tomonidagi pastak, ko‘rimsiz bino sari yurdi. Qip-qizil rangga bo‘yab qo‘yilgan eshik tepasidagi lavhaga «Begona kishilarning kirishi qat’iyan ta’qiqlanadi. Ma’muriyat.» deb yozib qo‘yilgan edi. Hamdam bu yozuvni o‘qib kuldi. «Bu yerda kim begonayu kim begona emas,— deb o‘yladi u. — O‘likxona bo‘lganidan keyin tiriklar begona-da. Undan ko‘ra «Xush kelibsiz, o‘rtoq o‘liklar!» deb shior osib qo‘yilsa yaxshiroq bo‘larkan...» Eshik ichkaridan zanjirlangan edi. Hamdam astagina, odob bilan taqillatdi. Javob |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling