Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
21 — Bekor aytmadim, bilib aytdim. — Unday dema, bolam, nahotki sen... — Yo‘q, oyi, gapim yolg‘on edi. Men unaqa emasman. Ammo u shunday deb o‘ylasin. O‘ylab ezilsin, siqilib sil bo‘lsin, sil bo‘lib... — Qo‘y, qizim, birovga yomonlik tilama. Gunohi bo‘lsa Xudoning o‘zi jazolaydi. — Xudo jazolagunicha... Zaynab gapining davomini ichiga yutdi. Onasining mo‘ltillab turgan ko‘zlarini ko‘rib, noo‘rin, foydasiz gaplarni ayta boshlaganini fahmladi. Onasiga achindi. O‘zini osayotganida onasini o‘ylamagan edi. «Onam bechora bu kulfatga chiday olmay yurak- bag‘ri kuyib ado bo‘ladi», demagan edi. Hushi o‘ziga kelganidan keyin ham onasining taqdirini o‘ylamagandi. «Xudo uni jazolagunicha men o‘lib bo‘laman», deyishga og‘iz juftlagandagina onasining g‘aribona ko‘rinishi uni sergak tortishga majbur etdi. Manzura qizining nima demoqchi ekanini angladi. Birdan yig‘lagisi keldi. Qizi o‘zini osganidan beri ahvol shu. Yig‘i bosib keladi, kimningdir yelkasiga bosh qo‘yib ho‘ngrab- ho‘ngrab yig‘lashni istaydi. Hasrat qilmoqni, dardini aytmoqni xohlaydi. Ammo yig‘lolmaydi, yig‘ini kuch bilan qaytaradi. Xo‘rsinib qo‘yadi. Biroq, bu xo‘rsinish dardini yengillatishga ojiz. Bu mushtipar biladiki, quvonchni baham ko‘rish uchun sherik axtarish shart emas. Birovning quvonchidan bahramand bo‘lish ishqibozlari yetarlidir. Qayg‘uga esa hech kim sherik bo‘lishni istamaydi. Hammaning o‘z tashvishi bor. Birovnikini boshiga uradimi?! Hozir Manzura hamdardi bo‘lmagani uchun xo‘rsinmadi. Yig‘lashga majbur etayotgan kuch ham boshqa. Manzura eri bilan gaplashganida Xudoni tilga olishga qo‘rqadi. Sababki, Asadbek o‘z a’yonlariga qanday qo‘rs muomala qilsa, Xudo tilga olinganida shunday bepisand bo‘lardi. Xudodan qo‘rqish, degan tushuncha unga yot edi. Eri masjid qurdira boshlaganida u biram quvondi, biram quvondi. «Erimga insofu tavfiq berganing rost bo‘lsin», deb Yaratganga shukrlar qildi. Biroq Asadbek fe’lining o‘zgarishsiz qolayotganidan ajablandi. Bir kuni Asadbek nimadir deganida Manzura «Xudo xohlasa, adasi», dedi. Asadbekning kayfiyati chatoq edi, bu javobdan jahli chiqib: «Huda- behudaga Xudoni o‘rtaga solaverma. Xudoning sendan boshqa tashvishi yo‘qmi?» deb jerkidi. Manzura qo‘rqibgina: «Unaqa demang, adasi, Xudodan qo‘rqing», deb yana baloga qoldi. «Xudodan qo‘rqib bo‘lganman. Xudo menga atalgan yomonlikni berib bo‘lgan. Men yomon ekanmanmi, bunga Xudoning o‘zi aybdor. Men ham odamlarga o‘xshab ota-onamning bag‘rida yashaganimda bunaqa bo‘lmasdim. Mehrga zor holda o‘stirib, endi mendan mehr talab qiladimi?» Asadbek o‘shanda yana allaqancha gaplarni aytib yubordi. Manzura o‘sha tun uxlamay, bilganicha tavba qildi. Erini kechirishini so‘rab Yaratganga yolbordi. U ibodat qilishni bilmas edi. Uning bolalik xotirasiga muhrlangan o‘gitlardan biri shuki, Xudodan qo‘rqmoq kerak. Hamisha tavbada bo‘lmoq zarur. Eri-ku, eri, Xudoni tilga olsa bolalari ham bepisandlik bilan tinglashadi. Ba’zan esa otalari kabi ters javob qaytarishadi. Hozir ham shunday bo‘ldi. Xudodan insof tiladi. Yig‘ini bosdi. Qiziga bir oz tikilib turdi-da, tashqariga chiqdi. Ishining unumi ham, tayini ham yo‘q edi. Bir necha daqiqa hovlida, oshxonada ivirsib yurdi-da, qizining tanbehini unutib, yana uyga kirdi. Zaynab bu safar onasiga indamadi. Onasiga achingan ondan unda pushaymonlik tuyg‘usi ham uyg‘ona boshlagan edi. Avval aytgan gapidan pushaymon bo‘ldi. So‘ngroq esa o‘zini osganidan afsuslandi. Onasi bir necha nafasga kechikkanidami, u hozir lahadda yotgan bo‘larmidi... Shu gap xayoliga kelishi bilan badaniga muz yugurdi. Qaysi bir kitobda o‘qib edi: odam o‘zining lahadda yotishini o‘ylasa, qo‘rquvdan tiligacha terlab ketarkan. Zaynab hozir shu holga tushdi. O‘zini osayotgan mahalida qo‘rqmagan edi. Nechun endi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling