Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
20 ku suv quyilsa darrov jon kirar. So‘ligan ruhga, ko‘ngilga davo bormi? Ilgari qonining har tomchisida muhabbat bor edi. Bu tomchilar Noilaning o‘limidan so‘ng chak-chak tomib ado bo‘ldi. Uning o‘rnini esa adovatning zaharli tomchilari egalladi. Shilimshiqning gapidan so‘ng bu tomchilar tomirlarda ko‘pira ketgan edi. Bugun esa yanada qizidi, yanada qudrat kasb etdi. Jamshidning o‘limi... Zaynabning o‘zini osishi... Asadbekning qahri... Elchin bu uch voqeani bog‘lab turuvchi ko‘rinmas zanjir mavjudligini his etib turar, ammo har qancha o‘ylamasin, fikri haqiqat oldida ojiz qolar edi. «Jamshidni qizi bilan ayb ustida ushlab, o‘ldirtirib yubordi», degan gumon nechundir shu tobda xayoliga kelmasdi. «Zaynab rost aytdimi? — deb o‘yladi u. — Bu gap yolg‘on bo‘lsa ham, jahl ustida aytilgan bo‘lsa ham baribir — dilni yaraladi. Bu dil yarasiga esa chora yo‘q. Bir-ikki kundan keyin u yana shu uyga keladimi? Shu uyga harom qadamini bosadimi? Aslida shu uyning xosiyati qolmabdi. Qamoqdan kelishim bilan sotib yuborsam bo‘lar ekan...» Odam bolasi boshiga kulfat tushguday bo‘lsa, xayolga berilib «bu kulfat bulutini kim yubordi-yu, kim tashvish yomg‘irini yog‘dirdi», deb o‘ylay boshlaydi. U hech qachon «men shu fe’lim yoinki harakatim tufayli kulfat bulutini o‘zim chaqirdim», demaydi. Mana hozir Elchin ham uyda xosiyat yo‘q, degan qarorga kelib turibdi. Bilmaydiki, uydan xosiyatni o‘zi quvib chiqardi. Unga «Zaynabni ayblama, u bokira edi, gunohkor sensan, tug‘ilajak bola valadi zinodir va uning gunohi ham sening bo‘yningda» deyilsa, aybni zinhor bo‘yniga olmas, «Men Noilam uchun qasos oldim», der. U g‘ofil banda bilmaski, al qasosul minal Haq — qasos yolg‘iz Haqdandir, bandaning qasos olmoqqa huquqi yo‘qdir. Mashoyixlardan biri «Dunyo shaytonning do‘konidir, undan biron nima o‘g‘irlamaki, shayton uni qaytarib olishga kelib, dodingni bermasin», degan ekan. Bu ne baxti qaroliqki, Elchin shayton-ning do‘konidan ko‘p narsa olib qo‘ydi. Endi har bir o‘g‘irligi uchun dodini yer. Endi arzini kimga aytadi? Uning arzini kim eshitar ekan? 3 Manzura eshikdan uzoqlashmagani uchun qizining gaplarini eshitdi. Eshitdi-yu, «voy sho‘rginam qursi-in...» deb labini tishladi. Yuragi uzilib tushganday bo‘ldi. «Voy qizim-a, aytmasang bo‘lardi», deb qiziga xayolan tanbeh berdi. Elchin katta xonadan bukchayib chiqib, ayvonda o‘tirib qolgach, yuragida bir nima uzilganday bo‘ldi. Badaniga muz yugurdi. Kuyoviga qaramoqchi edi, erining qahrli nigohi yo‘ldan qaytardi. Shu nigoh bo‘lmaganida Zaynab-ning gaplari yolg‘on ekaniga kuyovini ishontirarmidi... Isnod... Isnod... Endi qanday hayot kechiradi? Ko‘pni ko‘rgan bu odam isnodga ko‘nikib ketarmikin? Xudo qizidan omonatini olmadi. Lekin uni tirik murdaga aylantirib qo‘ymadimikin? Shu xayol bilan uyga kirdi. Qiziga mo‘ltillab qarab turdi-da, nima maqsadda kirganini eslay olmay, iziga qaytmoqchi bo‘ldi. Ostona hatlashga ulgurmay, Zaynabning ovozini eshitib, to‘xtadi: — Oyi, hadeb kirib-chiqavermang. Qo‘rqmang, endi o‘zimni o‘ldirmayman. Bola... — u nima uchundir «bolam» deya olmadi, — bola... yashashi kerak ekan. U tug‘ilgunicha... — Voy, bolam, — deb uning gapini bo‘ldi Manzura. — Xudo xohlasa... Zaynab uni gapirtirmadi. — Undan keyin nima bo‘ladi — Xudo biladi. Nima bo‘lishini o‘zim ham bilmayman, siz ham bilmaysiz, hatto adam ham bilmaydilar. — Voy bolam-ey... Qo‘y, bu o‘ylaringni. — Kuyovingiz ketdimi? — Ha. Qizim... haligi gapni bekor aytding. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling