Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
qabrlarini topdim. Keyinroq xotirjam gapirib berarman. 
Ular chiqib ketishgach, Asadbek yana jag‘ini kursiga tirab o‘tirib oldi. Bir ozdan so‘ng 
qattiq yo‘tal tutib, sillasini quritdi. 
...Asadbek Kesakpolvonning qistovi bilan uyiga ketdi. Uning niyati tunni bolaligi o‘tgan 
uyda o‘tkazish edi. Bedardning oldida boshimni og‘ritma, deganlariday, Kesakpolvon 
do‘stining dardiga sherik bo‘la olmas edi. Garchi umr deb atalmish yo‘lda bir aravada 
borayotgan bo‘lsalar-da, ularning yuraklaridagi dard boshqa-boshqa edi. 
Manzura eriga bir qarashdayoq ahvolini sezdi. Asadbekning ozib, yuzlari za’faron tus ola 
boshlaganini uning ziyrak nigohi ilg‘adi. Asadbek mehmonxonada, o‘zi oshxonada bo‘lsa 
ham erining yo‘talini eshitib yuragi ezildi. Mehmonlarning tezroq qaytishini istadi. 
Yo‘qlab keluvchilarning jilish niyatlari yo‘qligini fahmlab, Chuvrindini imlab chaqirdi: 
— Akangiz charchaganga o‘xshaydilar? 
Chuvrindi uning maqsadini angladi. 
— Hozir imi-jimida bir nima deb qo‘yaman. 
Chuvrindining «imi-jimida» gapidan so‘ng mehmonlar qo‘zg‘olishdi. Bir oz fursat o‘tib 
Kesakpolvon bilan Chuvrindi ham ketishgach, Manzura idish-tovoqni qiziga topshirib, o‘zi 
mehmonxonaga kirdi. 
Divanda yonboshlab yotgan Asadbek o‘rnidan qo‘zg‘olmadi. 
— Joyingizni qilib beraymi? — deb so‘radi Manzura. 
— O‘tir, — dedi Asadbek. — Nima qarorga kelding? 
— Bilmasam... Siz nima desangiz shu. 
— Unda tayyorgarligingni ko‘r. 
— Qizlari... — Manzura «qanaqa ekan?» deb so‘ramoqchi edi, Asadbek gapirtirmadi. 
— Qizlari o‘g‘illaringga yoqibdi. Sovchi bo‘lgan kishi qizlar yevropacha emas, 
musulmoncha tarbiya ko‘rgan, dedi. Sen avval bor, ko‘r, yoqsa kelin qil, yoqmasa yo‘q. 
Men o‘g‘illaringni o‘sha yerda o‘qib, o‘sha yerda ishlashini xohlayapman. 
— Biz-chi? 
— Biz... nima, uch-to‘rt yilga chiday olmaysanmi? Ish o‘rganib, o‘zlarini tutib olishgach, 
kelishadi. 
Butunlay qolishmaydimi, ishqilib? 
— Kallang bormi? Butunlay qoladiganlar boshqa, bolalarimiz boshqa. Xullas, ovoza 
qilmay, tayyorlanaver. 
— Zaynab-chi? 
— Uni keyinroq yuboramiz. 
— Kuyovingiz... 
— Nima bo‘ldi yana? 
— Hech nima bo‘lmadi, o‘zi aytaman-da... 
— Chaynalma. 
— To‘ylarda yurib... qizingiz yolg‘iz qolyapti-da. To‘y-po‘yni yig‘ishtirsa bo‘lmasmikin? 
Boshqa ish topib berasizmikin, devdim. 
Zaynab kasalxonada ekanida Asadbek ham buni o‘ylagan, ammo aniq bir qarorga 
kelmagan edi. Xotini qo‘rqibgina aytgan gap ma’qul tushgan bo‘lsa-da, sir boy bermay: 
— Sen aralashma bunga,— deb qo‘ydi. 
Kechasi Asadbekning kuragida yana og‘riq qo‘zg‘oldi. Xotinining xavotirli ko‘ziga qarab: 
«Shamollash tarqamayapti», deb izoh berdi. Kuragiga isitgich qo‘ygach, joni orom olib
uyquga ketdi. Ertalab uyg‘onganida og‘riq ham bosh ko‘tardi. «Uyda o‘tirsam battar 
bo‘ladi», deb Chuvrindi kelishi bilan shahar markazidagi qarorgoh tomon yurdi. 
Asadbek kechqurun xayrlashar mahalida Kesakpolvonga Qilich Sulaymonovni topishni 
tayinlagan edi. Kesakpolvon buyruqni bajarib, uch qavatli imorat yerto‘lasida Asadbekni 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling