Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
Kesakpolvon bilan bo‘lajak mojarolar edi. 
Asadbek aytadiganini aytib bo‘lgach, Chuvrindini gapirtirmadi. «Uyingga borib, damingni 
ol», deb ruxsat berdi. 
Chuvrindi ketishi bilan Manzura kirdi. Asadbek xotiniga yolg‘iz ro‘para kelishdan, uning 
gap boshlashidan cho‘chidi. Umrida birinchi marta nigohini yashirishga harakat qildi. 
Erining ko‘z qarashidanoq nima demoqchi bo‘layotganini anglashga o‘rgangan Manzura 
uning bir dardini yashirishga urinayotganini sezdi. Ro‘parasiga o‘tirib: 
— Adasi...— deb gap boshlamoqchi edi, Asadbek o‘rnidan turdi. 
— Safarga tayyormisan, erta-indin jo‘naysan,— dedi. 
— Siz-chi? — deb so‘radi Manzura hayratlanib. 
— Men... menga hukumat ruxsat bermabdi. To‘g‘rilasa bo‘ladi, deyishyapti, orqangdan 
yetib boraman. Borolmasam, to‘yni o‘tkazib, kelinposhshalarni boshlab kelaverasan. 
To‘yning o‘g‘il bolasini shu yerda qilamiz. 
— Voy, adasi... 
— Bo‘ldi, gapni cho‘zma. Men yotaman, charchadim. 
Yotishga yotdiyu ko‘ziga uyqu ilinmadi. Yarim soatdan so‘ng telefon jiringlab, 
boloxonadagi yigit Krasnoyardan Kozlov so‘rayotganini ma’lum qildi. 
Kozlov hol-ahvol ham so‘rab o‘tirmay, muddaoga ko‘chdi: 
— Asad, menga hech nima yubormay tur, vaziyat o‘zgaradiganga o‘xshaydi. 
— Ie, kecha bir tsisterna jo‘natdik-ku? 
Bu gapni eshitib, Kozlov sukut qildi, keyin bir qarorga kelib: 
— Bir ilojini qilarman, tashvishlanma. Juda bo‘lmasa Irkutskka o‘tkazib yuborarman. 
Hozircha aloqani uzib turamiz. Ish to‘g‘ri bo‘lishi bilan o‘zim xabar qilaman. 
— Xongireymi? 
— Ha. 
— Ehtiyot bo‘l. 
Shu so‘z aytilishi bilan telefon uzildi. 
Asadbek uchun bu kutilgan noxush xabar edi. Lekin u Xongirey bu tarzda tez siquvga 
olar, deb o‘ylamagandi. «Xongirey u tomonda ishga kirishgan bo‘lsa, Hosil nima karomat 
ko‘rsatar ekan?» Asadbek bu haqda ko‘p o‘yladi. O‘zi bergan savolga tayin javob topa 
olmagach, a’yonlarini chaqirtirdi. 
3 
Qilich Sulaymonov qil ustida yashayotganini bilardi. Yolg‘iz Asadbekka xizmat qilayotgan 
bo‘lsa ham, yoki aksincha, faqat Hosilboyvachchaning yumushlarini bajarsa ham o‘lajagi 
unga ma’lum edi. Shu bois usta dorvoz holida yashashdan o‘zga chorasi yo‘q edi. U 
Asadbekning xizmatlarini bajarish barobarinda Hosilboyvachchani bo‘layotgan ishlardan 
xabardor qilib turardi. Krasnoyarga bir tsisterna vino yuborilgani Hosilboyvachcha uchun 
xushxabar edi. U xabarning suyunchisiga «zavodni o‘z-o‘zingga olib bermagan — 
nomard» deb va’da berdi. O‘sha zahoti bu xabar Xongireyga yetkazilib, mo‘ljaldagi rejani 
amalga oshirishga kirishildi. 
Hosilboyvachcha bunday fursatni uzoq vaqt kutdi. U avvaliga Asadbekka havas qilgan 
bo‘lsa, bora-bora bu havas hasadga aylandi. Bu hasad yillar bo‘yi bir on bo‘lsin, uni tinch 
qo‘ymadi. Agar shu yillar ichi undan «yashashdan maqsad nima?» deb so‘ralsa, 
shubhasizki, «maqsadim yagona — Asadbekni yanchish», derdi. U o‘ylay-o‘ylay 
g‘oliblikning eng qulay, eng yaqin yo‘lini topa oldi. Zo‘rni zo‘rroq bilan yiqish afzalligiga 
aqli yetgach, fursatni boy bermadi. Xongireyning qirq yoshga to‘lganini eshitdi-yu, 
«baxtimdan o‘rgilay», deb otni qamchiladi. Ortiqcha chiqimga toqati bo‘lmasa-da, bu 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling