Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
222 Hosilboyvachcha shunday deb g‘olib odamning nazari bilan unga tik qaradi. Asadbek undan bu darajadagi surbetlikni kutmagan edi. Shartta tarsaki tortib yubormoqchi bo‘ldi- yu, o‘zini tiyib so‘radi: — Hozircha vinzavodmi? Undan keyin-chi? — Undan keyingisini o‘shandan keyin gaplashamiz. — Agar Xongireyga bachchalik qilmaganingda senga vinzavodni sovg‘a qilib berardim. — Akaxon, og‘zingizga qarab gapiring. Bizda ham izzat-nafs bor. — Senda izzat-nafs bor ekanmi? Kelib-kelib o‘sha haromiga orqa qilyapsanmi? Ikki o‘zbek mol talashsayu luqmasini begona olib ketsa, yana sen izzat-nafs haqida gapirasanmi? Bu kundan o‘lganing yaxshi. — Endi, akaxon, sovuq nafas qilmang, hammamiz issiq jonmiz, kim oldin o‘ladi, Xudo biladi. Hosilboyvachchaning bu ilmoqli gapini eshitib, Asadbek Chuvrindiga savol nazari bilan qarab oldi. — Bek aka, jahlingiz chiqmasin, dunyo bozor-da, bir sizning omadingiz keldi, endi gal meniki. Vinzavodni tekinga olmayman. Juda katta narx qo‘yaman. Darrov rozi bo‘lganingizni o‘zingiz ham sezmay qolasiz. — Bu nima deganing? Hosilboyvachcha kulimsirab pidjagi cho‘ntagidan videokassetani olib uzatdi. — Bu nima? — dedi Asadbek ajablanib. — Qo‘yib ko‘ring. Men yarim soatdan so‘ng telefon qilaman,— Hosilboyvachcha shunday deb chiqdi. — Do‘xtirni top,— dedi Asadbek Chuvrindiga.— Gapini eshitdingmi, is olganga o‘xshaydi. Chuvrindi lozim raqamni terib, tabibni topdi-da, dabdurustdan: — Nega qasamni buzdingiz? — dedi. Tabib javobga taraddudlanganidan foydalanib, so‘roqni davom etdi:— Kimga aytdingiz? Tabib g‘udranib bir g‘ilayning zo‘rlaganini ma’lum qildi. — G‘ilay Shomil,— dedi Chuvrindi go‘shakni joyiga qo‘yib.— Nima qilamiz? Asadbek yo‘talib olgach, yoshlangan ko‘zlarini unga qadab jahl bilan dedi: — U qasamni buzdi! Chuvrindi chiqib Bo‘tqaga tabibni nima qilish lozimligini aytgach, xonaga qaytib videokassetani qo‘ydi. Hammom... Ikki juvon... Biri birini quchoqlayapti... — O‘chir! — deb baqirdi Asadbek. Chuvrindi amrni bajarishga ulgurmay, sapchib o‘rnidan turdi-da videomagnitofonni tepdi. Og‘ziga kelganini qaytarmay bo‘ralab so‘ka boshladi. U Hosilboyvachchani so‘kyaptimi, yo Zaynabnimi, Chuvrindi farqlay olmadi. Xastaligini ham, vujudidagi og‘riqni ham unutgan Asadbekni g‘azab o‘zini bilmas darajaga keltirgan edi. Uning ko‘ziga hozir hech nima ko‘rinmasdi. Mana shunday hol yuz berishi mumkinligini hisobga olgani uchun ham Hosilboyvachcha videokassetani tashlab, tezgina chiqib ketgan edi. Chuvrindi hojasining yelkalarini silab, bir oz ovutganday bo‘ldi. — Anavi qanjiq tanish ko‘rindi, kim u? — dedi Asadbek hansirab: — Kasalxonadagi hamshiraga o‘xshatdim. — Top uni, top! Yerning tagidan bo‘lsa ham topasan, o‘ligini bo‘lsa ham top, chotini o‘zim yirib tashlayman! Chuvrindi shoshib eshikni ochdi. Bo‘tqa hali topshiriqni bajargani ketmagan edi. Chuvrindi unga kasalxonaga borishni, Zaynabni boqqan hamshirani topishni buyurdi. Bu orada Asadbek o‘tirib, titroq barmoqlari bilan telefon raqamini terdi. Go‘shaqdan Elchinning uyquli ovozi eshitilgach, baqirib so‘radi: — Zaynab qani? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling