Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
224
— Chiqsin... 
— Yur, dedim, senga! 
— Odamlar ko‘rmasin... olib ketaylik. 
Dam o‘tmay zamin qadar og‘ir dardni yelkasiga ortib, dir-dir titrayotgan Zaynab ko‘rindi. 
4 
Onasining safar tadorigi, kuzatish tashvishlari bilan bo‘lib Zaynab dori topib emlash 
chorasini qila olmadi. Onasini kuzatdi-yu, ortiq chiday olmay, Mardonaga telefon qildi. 
Mardona qaerga kelish lozimligini aytgach, bu yangilikni darrov Hosilboyvachchaga 
ma’lum qildi. Bu xabarni intiq kutayotgan Hosilboyvachcha videokassetani olib, Asadbek 
huzuriga yo‘l oldi. 
Bu harakatlarni Zaynab bilmas edi. U parda yulinib, otasi ko‘ringanda ham, nima 
bo‘layotganini anglamay karaxt edi. O‘q otilib, beixtiyor chinqirib yuborganidan keyin 
hushiga kelib, qo‘rquv iskanjasiga tushdi. Qonga belangan to‘shakdan darrov turib keta 
olmadi. O‘rnidan turgach, nima qilarini bilmadi. Deraza oldiga yaqinlashib, o‘zini pastga 
otgisi keldi. Mashina sari yurib borayotgan otasini ko‘rib, yuragi ezildi. «O‘zingni otma, 
otang bunga chiday olmaydi», dedi. «Nega chiday olmaydilar? — deb o‘ziga o‘zi savol 
berdi.— Bu sharmandalikka-chi? Chidaydilarmi? Nega meni otmadilar? Ayadilarmi? Endi-
chi, endi nima bo‘ladi? Onajonim... yaxshi ham ketganlari...» 
Zaynab dovdirab tura-tura kiyinib, pastga tushdi. Mashina eshigini ochishga madori 
yetmadi. Uyga borishgach, mashinadan birinchi bo‘lib tushdi. 
Asadbek hovliga kirgach, Chuvrindiga qaramagan holda buyurdi: 
— Otarchidan xabar ol, uyidamikin? Uyida bo‘lsa bil: bugun otari bormi? 
Chuvrindi boloxonaga ko‘tarilib, bir nafasda qaytdi. Unga qadar Asadbek joyidan jilmadi. 
— Uyda ekan. To‘rt yarimlarda jo‘narkan. 
Soat beshda kel, bo‘lmasa. 
— Bek aka, aql o‘rgatyapti, demangu... 
— Soat beshda kel, dedim, tushunmadingmi? 
Chuvrindi itoatkorona bosh egib, ko‘cha tomon yurdi. 
Soat beshga qadar bo‘lgan vaqt Asadbekning nazarida go‘yo ming yildek cho‘zildi. Keng, 
yorug‘ mehmonxona tor, qorong‘u zindon kabi tuyuldi. To‘rt devor tobora bostirib 
kelayotgandek bo‘laverdi. Xotini ketishi bilan huvillagan, endi esa zindonga aylangan 
uydan qochib chiqib ketgisi keldi. Ezilgan, poralangan notinch yuragi ko‘krak qafasini 
zarb bilan tepib, sindirib kenglikka chiqishni istadi. Yurak kenglikni sog‘inadi, qani o‘sha 
kenglik? Yurak halovatni qo‘msaydi, qani o‘sha halovat? Yurak yarasiga malham istaydi, 
qani o‘sha malham?.. Malham — qasosmi? Ha, g‘alayon qilayotgan yurak qasosni tilaydi. 
Yigitlarni to‘plab, Hosilboyvachchanikiga borib uni o‘z qo‘llari bilan qiyma-qiyma qilib 
tashlash Asadbek uchun hech gap emas. Lekin uning sog‘lom aqli yurakning bu 
injiqliklaridan ustun turadi. Qasos onlarini keyinroqqa suradi. Hozir esa qizini 
sharmandalik yukidan ozod qilishni o‘ylaydi. Buning yo‘li bir — uni hur qizlar safiga 
uzatish... Bu mudhish fikr unda videokassetani ko‘rgandayoq uyg‘ongan, 
sharmandalikka o‘zi guvoh bo‘lgach, qat’iylashgan edi. O‘sha uyda to‘pponcha og‘zini 
unga qaratishni istamadi. Bu haromxonada qon to‘kishini, jon berishini xohlamadi. 
Tobora bostirib kelayotgan devorlardan qizaloqning shirin kulgisi shirin til bilan «adajon, 
menga nima opkeldiyiz» degani eshitildi. Bu — kichkina Zaynabning shirin kulgisi, shirin 
tili... Unut bo‘layozgan ovozni shu devorlar o‘ziga singdirgan edi, hozir yillarni oralab 
o‘tib, aks-sado beryapti. Asadbek eshitmaslik uchun quloqlarini berkitib oldi. «Ada, 
adajon...» Devorlar shunday deb aks-sado beraverdi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling