Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
227 otib kulishni istadi. Soat to‘rt yarimda videokassetaning yana bir nusxasini olib Shomil bilan birga eski shahar sari yo‘l oldi. Shomilni o‘ttiz-o‘ttiz besh qadam berida, ko‘cha muyulishida qoldirib o‘zi Asadbek hovlisiga kirdi. 2 Asadbek bolaligi o‘tgan hovliga peshinda keldi. U xastalik oqibatidami yo keyingi kunlarda ko‘rgan-kechirganlari ta’siridami, ancha holsizlanib, ruhsizlanib qolgan edi. Mashinadan tushishda bir oz qiynaldi. Chuvrindi chaqqon turib uning qo‘ltig‘iga kirdi. Kecha Chuvrindini yaqin yo‘latmay, qaddini tutib olgan edi. Bugun qarshilik bildirmadi. Ular hovliga kirishgach Chuvrindining topshirig‘i bilan uyga qarab turgan yigit chiqdi. Asadbek issiq tanchaga o‘tirib rohatlandi. Chuvrindi uzatgan piyoladan bir ho‘plam qaynoq choy ichdi. — Mahmud, men dushmanlarimdan o‘ch olmay turib keta olmayman. Qasossiz ketsam, yotqizib ko‘ma olmaysan, go‘rimda tik turaman. — O‘sha odamlarni ayting, ezg‘ilab tashlayman. — O‘z qo‘lim bilan o‘ldirmasam, xumordan chiqmayman. Hozir otarchi keladi. Hosilni ham chaqirganman. Sen nima qilishingni bilib ol. Asadbek Chuvrindiga rejasini tushuntirdi. 3 Elchin qaynotasining kutilmagan yo‘qlovidan ajablandi. Odam yubormay, shaxsan o‘zi qo‘ng‘iroq qilganiga, eski shahardagi uyiga chaqirganiga, mashinani katta ko‘chaga qo‘yib kelishni tayinlaganiga hayron bo‘ldi. Hatto bir oz xavotirlandi. Qaynotasining bir shumlikni o‘ylab qo‘yganini sezdi. Unda mulohaza qilish uchun muhlat kam edi. Shu sababli aytilgan vaqtda yo‘lga otlandi. Asadbek bu uyga kelganida albatta mashinada poyloqchi o‘tirguvchi edi. Katta yo‘l yoqasiga mashinasini qo‘ygan Elchin asta yurib kelib, poyloqchi yo‘qligidan hayron bo‘ldi. Keyin «Asadbek kelmagandir», degan xayolda hovliga kirdi. Ichkaridagi chiroq yorug‘ida yolg‘iz o‘tirgan Asadbekni ko‘rdi. Asadbek kuyovi kirganda o‘rnidan jilmadi. O‘tirgan yerida qo‘l uzatib ko‘rishdi. Elchin o‘tirayotganida yo‘tal tutib, ancha rohatsizlandi. Yo‘tal bosilgach, ko‘z yoshini artib, bir oz sukut saqladi. Keyin Elchinga qattiq tikilib, so‘z boshladi: — Men hayotimda ko‘p xato qilmaganman. Eng katta xatoim nima, sen bilasanmi? Qaynotasining dabdurustdan sensirashidan suhbat oqibatida ko‘ngilga xanjar bo‘lib sanchilajagini sezdi. Sezgani uchun ham savolga javob qaytarmadi. «Qani, gapiravering», deganday boshini egib o‘tiraverdi. — Eng katta xatoim — seni o‘ldirmaganim. Sen qizimning hayotini barbod qilding. Men hotamtoylik qilib yubordim. Sen Shilimshiqni o‘ldirding. Aslida u seni o‘ldirishi kerak edi. Sen xotinni eplaydigan er emas ekansan. Zaynabni sen badnom qilding... Men senga hamma gapni aytmayman. Endi bir o‘g‘il bolalik qilasan, o‘ch olasan! Elchin bu gapni uncha tushunmadi. Boshini ko‘tarib so‘ramoqchi edi, Asadbek gapirtirmadi: — Jim bo‘l. Sen bugun aytganimni qilasan. Qolgan gaplarni keyin bilasan. Hozir aytadiganim bitta: erkak bo‘lganingdan keyin erkakcha yasha. Chiroqni o‘chir.— Asadbek shunday deb soatiga qarab oldi. Elchin chiroqni o‘chirgach, o‘rnidan turib borib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling