Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
128 — Sen o‘zing kim bo‘libsanki, iltimosing nima bo‘lardi! — Bo‘ldi, gapni cho‘zmang. Kelmadimi? — Men unga uchrashmadim. — Unda haligi gapni qaerdan oldingiz? — Odamlar aytishdi. — Xo‘p, endi nima qilamiz? Asadni saqlab qolishimiz shart. Kerak bo‘lsa, men jonimni beray. — Sening joning... Sen joningni pishirib ye! Jalil shunday deb so‘kindi-da, eshikni jahl bilan yopib, iziga qaytdi. U nima qilishni bilmay garang bo‘lib qolgan edi. 3 Navbatdagi bedor tunning chekinishi boshlanganiga ishorat qiluvchi azon tovushi eshitildi. Asadbek tongning qadriga yetmas edi. Xonadoni tun bag‘riga kirib, o‘zining tonggacha yetib borolmasligi ham mumkinligi ayon bo‘lganidan keyin har tongni tirik holda, ochiq ko‘z bilan qarshilashning o‘zi ulug‘ baxt ekani haqidagi oddiy haqiqatni kashf etdi. Avvallari ham azon tovushi eshitilarmidi, yo‘qmi, eslolmaydi. Keyingi tunlari shu tovushni orziqib kutadigan bo‘ldi. Uning nazarida aynan shu azon tovushigina qiyomat hali boshlanmagani, bu dunyo hayoti davom etayotganidan darak berardi. Nazarida... azon tovushi eshitilmasa, qorong‘ulik chekinmas, dunyo zulumot chodirida qolaverar, juvonlar alla aytmas, go‘daklar kulmas, hayot so‘nar, tamoman so‘nar edi... «Allohu akbar! Allohu akbar!..» Demak, zulumot chodiri yirtilgusi, juvonlar allalar aytgusi, go‘daklar esa kulgusi... Hayot davom etgusi... «...Hayya alal solat...» Baxtli odamlargina yetib keladi bu onga. «...Hayya alal falah...» Najotga kelganlarga Yaratganning o‘zi najot berajak. Peshinga, so‘ng... xuftonga, so‘ng tunni yorib chiqib, yana bomdodga yetajak, inshoolloh... Asadbek najotga yetib kelgani uchun Tangriga hamd aytmoq, muslimlik farzini ado etmog‘i lozimligini idrok qilmaydi. Ko‘ngli ibodatni tusaydi. Qotib qolgan dil, qotib qolgan til esa shayton hukmidan qutulmoqqa ojiz... Tongda... inson ham, jonivor ham uyg‘onadi. Ularning farqi — biri Yaratgan bergan ong tufayli Yaratuvchisiga hamd aytar. Asadbek tongga yetib kelganidan xursand... Osmonni qoplagan bulut tun hukmronligini bir ozgina cho‘zgan bo‘lsa-da, yorug‘likni to‘sa olmadi. Yorug‘lik chor atrofga o‘rmalaganicha kirib kelayotgan damda telefon qo‘ng‘irog‘i asabiy jiringladi. Dam o‘tmay boloxonadagi yigitlardan biri tushib, «Germaniyadan kennoyi telpon qilayotgani»ni aytdi. Asadbek Manzurani sog‘ingan edi. Manzurani uyda qoldirib, o‘zi haftalab yurganida ayriliq tuzining bu qadar sho‘r bo‘lajagini, yuraklarini kuydirajagini bilmagan edi. Dunyo teskarisiga aylanib, endi o‘zi uyda qolib, Manzura uzoqqa ketgach, qalbi o‘rtangandan o‘rtandi. Sog‘inch nima ekanini angladi. U xotinining tezroq yetib kelishini istardi. Bir ko‘ngli esa... uning o‘g‘illari bilan o‘sha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling