Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
— Maskovdan odam kelibdi. 
— Kecha qamashsa men nima uchun bugun eshityapman? 
— Avval so‘rab-surishtirib... 
Asadbek Krasnoyarga vagonda musallas yuborayotgandayoq ishi to‘mtoq bo‘lishini 
sezgan edi. Sezsa-da, tavakkal qilib edi. Sharif Namozov deyarli hech narsa bilmaydi, 
demak sotgisi kelgan taqdirda ham eplab sotolmaydi. Demak, kaltak o‘zining boshida 
sinaveradi. Shunday bo‘lsa-da, Moskvadan odam kelishidan xavotirga tushgulik... 
— So‘rab-surishtirib... Nimani surishtirding? — dedi Asadbek zarda bilan. 
— O‘sha oxirgi vagonning ishkali chiqqanga o‘xshaydi,— dedi Chuvrindi aybdor bolaning 
ovozi bilan. 
— Sharif nima debdi? Gullabdimi? 
— Bilmayman. Maskovlik chumakariga o‘xshagan xotin ekan. O‘zining odamlari bilan 
kelibdi. Biznikilarni yaqinlashtirmabdi. 
— Sharif hozir qaerda? 
— Yerto‘lada. 
— Odam top. 
— Bo‘lmaydi-yov... 
— Qilich qaerda, dumini qisib qochvormadimi? 
— Yo‘q, uning parvoyi palak. «Xavotir olmanglar, ish puxta bo‘lgan, ketsa faqat 
Sharifning o‘zi ketadi», deydi. 
— Ko‘zdan qochirma uni. Sal aynisa, Hosil akasining izidan jo‘natvor. 
— Ha, akasini zeriktirmasin, — dedi Kesakpolvon hojasining fikrini ma’qullab. — Urug‘-
aymog‘i bilan quritish kerak. Buni menga qo‘yib ber. Yana bir gap: prokuror bolani ham 
o‘tqizib qo‘yishibdi. 
— Qaysi prokuror bola? 
— Oyog‘imiz ostida bir o‘ralashuvdi, esingdami? Mahmudni ham so‘roqqa chaqirib, duch 
kelgan teshikka tumshug‘ini tiqyatuvdi. 
— Uni nimaga qamashibdi? 
— Sharifga aloqasi bormishmi-ey... 
Asadbek «Sen aniqroq bilasanmi?» deganday Chuvrindiga qaradi. 
— Qilich Sharifni qamatganida ish shu bolaning qo‘lida edi, — dedi Chuvrindi izoh berib. 
— Bir narsadan gumonsirashgandir. 
Asadbek uchun bu yangilik xavotirliroq bo‘ldi. Dastlab arzimasday ko‘ringan bu o‘rama 
faqat Sharif Namozovni emas, balki boshqalarni ham o‘z domiga tortishi mumkin 
ekanligi endi aniq edi. 
— Maskovlikning afti-angorini ko‘rdingmi, o‘zing? 
— Ko‘rmadim, — dedi Chuvrindi. 
— Afti-angorini nima qilasan, jig‘ildonini ko‘rish kerak, — dedi Kesakpolvon. 
— Jig‘ildoni nahangnikiday bo‘ladi-da, — dedi Chuvrindi. 
Asadbek a’yonlarining gaplariga e’tibor bermay bir oz o‘yga toldi. So‘ng bir qarorga 
kelib, Chuvrindiga qaradi: 
— Mahmud, payiga tush. Yana kavlab-kavlab Qilichga osilmasin. Agar Qilich ilinib qolsa
chatoq bo‘ladi. 
— Qilichning ilinishini kutib o‘tiramizmi? Uni bir yoqli qilish kerak. 
— Hozir emas. 
— Sen bir narsani bilmaysan. Menga G‘ilay aytdi. U xunasa qamoqda o‘tirganida ham 
Hosilning oyog‘ini yalab yurgan. 
— Hozir emas, deyapman! — Asadbek zarda bilan gap boshlab, keyin o‘zini bosdi. — 
Hozir Qilichni yo‘qotsang, maskovlik xitlanadi. Mahmud, Qilichning yoniga ishonchli 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling