Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
2
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 139 Professor Habib Sattorov Londondan qaytgach, Moskvada yana ikki-uch oy qolmoqchi edi. Uyiga qo‘ng‘iroq qilib, xotinidan «Tezroq kelsangiz yaxshi bo‘lardi» degan mujmal gapni eshitgach, fikri o‘zgardi. «Hoynahoy onam betobdirlar. «Eringni chaqirtir», deb siquvga olgandirlar», degan o‘yda yo‘lga hozirlandi. Uyiga kirib kelishi bilan so‘ragan birinchi savoli shu bo‘ldi: — Oyim tuzukmilar? Nega lanj gapirding? — Oyim... tuzuklar. Birpas damingizni oling. Sog‘indik-da... — dedi xotini jilmayib. Habib Sattorov sezgir odamlar toifasidan emas. Inson ruhiyatidagi, chehrasidagi o‘zgarishlarga yetarli ahamiyat bermas edi. Sezgirroq bo‘lganida xotinining jilmayishi ortida bir dard yashiringanini, tashvishli xabar aytishga tili aylanmay qiynalayotganini fahmlagan bo‘lardi. Qizlari o‘qishda, uyda er-xotin yolg‘iz edilar. Shu bois «sog‘inish» so‘zi Habibga o‘zgacha ohangda eshitilib, xotinining beliga qo‘l yubordi. — Voy o‘lay, kuppa-kunduz kuni-ya! — dedi xotini nozlanib. Bu nozlanishdan so‘ng u o‘zini erining bag‘rida ko‘rdi. Telefon jiringlamaganida sog‘inch degan tuyg‘u ularni noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin edi. Chunki telefon qo‘ng‘irog‘idan ko‘p o‘tmay kichik qizi o‘qishdan qaytdi... Habib Sattorov choy ichib bo‘lgach, kiyimini almashtirdi. — Bi-ir ishxonaga o‘tib kelay, — dedi u xotinining savol nazariga javoban. — Hovliga-chi? Oyimlarni ko‘rgani bormaysizmi? — Boraman, boraman... Avval institutga o‘taman. Hovliga keyin. Fanlar akademiyasidan bir xalta qog‘oz berishgan. Direktorga topshirib qo‘yay, balki zarur hujjatlardir... Xotini labini tishladi, ammo gapini ayta olmadi. Habib Sattorov institutga kiraverishdagi dahlizga osilgan, atrofi qora hoshiya bilan o‘ralgan suratni ko‘rib, to‘xtadi. Shu dargohda uzoq yillar ishlagan, lekin ilmga zarracha foyda bermagan, keyingi yillarda «keksa olim» sifatida yoshlarga pand-nasihat qilib yuruvchi ilmiy xodimning olamdan o‘tgani haqidagi xabarni o‘qib, «Xudo rahmat qilsin», deb qo‘ydi. Habib Sattorov Londonga ketmasidan ilgari bu odam uning xonasiga kirib: «O‘ylab qarasam, shuncha ishlabman-u, bitta otning taqasini ham berishmabdi. Hatto bitta medalim ham yo‘q-a?! O‘lib qolsam, yostiqchaga nimani tikib olib chiqishadi. Bolalarimdan uyalaman. Xo‘jayinga siz ayting. Qirq yildan oshiqroq ishladim. Hech bo‘lmasa «Mehnat veterani» medalini olib bersin», degan edi. Habib Sattorov «Katta» bilan yaxshi munosabatda bo‘lmasa-da, uning iltimosini aytgan edi. «Medalni olishga ulgurdimikin? — deb o‘yladi Habib Sattorov. — Bechora olgan mukofotlarini yostiqchaga qadab, tobutining oldida ko‘tarib borishlarini orzu qilgan ekan-da? Bu mukofotlar u dunyoda ish berarmikin? Mukofotlari yo‘qlar nima qilarkin?..» Shu fikrlarda ketib borayotganida hamkasblari yo‘liqib, uni eson-omon qaytgani bilan qutlab, so‘ngra «Bandalik», deb qo‘yishdi. Habib Sattorov buni keksa ilmiy xodimga nisbatan aytiluvchi so‘z deb o‘ylab, «Ha, endi, umr degani shu-da» deb qo‘yaverdi. Bildirilgan hamdardlikka bu holda loqaydlik bilan javob berilishidan ajablandilar. Ammo hech biri «Ukasi o‘lgan odam ham shunaqa bo‘ladimi?!» demadi. Habib Sattorov qabulxonaga kirib, rahbar o‘tirgan xona eshigini ochmoqchi edi, kotiba to‘xtatdi: — Sohib Po‘latovich bandlar. — Majlismi? — dedi Habib Sattorov to‘xtab. — Bandlar, — dedi kotiba labini burib. — Meni taniyapsizmi? — deb ajablandi Habib Sattorov. U rahbar bilan yaxshi munosabatda bo‘lmasa-da, boshqalarga nisbatan bu xonaga bemalol kirib-chiqaverar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling