Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
137 O‘shanda... nodonlik qildi. Noila homiladorligini aytdi-yu, ma’yuslandi. — Nega xafasan? — deb so‘radi Elchin. — Agar... mastlik holatida bo‘lsa... bola nogiron tug‘ilarkan. O‘ylab qarasam, mast bo‘lmagan kuningiz yo‘q... — Unda oldirib tashla... Osongina hukm chiqardi. Noila osongina ko‘ndi. So‘ng... yana... O‘z farzandlariga o‘zlari o‘lim hukmini yozdilar. «Nogiron bo‘lib tug‘ilavermaydimi, hech bo‘lmasa labimga bir tomchi suv tomizishga yarardi-ku...» Elchin ingradi. Bu safar ruh azobidan ingradi. Bu azob o‘q teshgan, tig‘ tekkan badanining og‘rig‘idan ming karra kuchliroq edi. Bu azob uning hushini o‘g‘irladi. Endi u parvoz qilmadi. Oyoqlariga botmon-botmon tosh osilganday qiynalib yurdi. — Ha, qiynalib ketdingmi? Elchin Anvarning ovozini tanib, atrofiga alangladi. — Men senga nima deganman? Jinnixonaga kelganingda dunyo formulasini ko‘rsatganman. Esingdami? Haqiqat nimaga barobar edi? Esla: haqiqatning nimaga barobar ekanini topish uchun xiyonatni riyoga qo‘shamiz, hasad bilan ochko‘zlik qavs ichida qo‘shiladi. Adovat, g‘iybat, nifoq, shuhratparastlik, mansabparastlik esa ildiz ostida qo‘shiladi. Bularning hosilasidan vijdon, iymon, hayoning qo‘shilmasini ayirsak, barobar nol! Haqiqat — nol, deganimda sen meni jinniga chiqaruvding. — Bo‘lmagan gap! Seni hech qachon jinni deb hisoblamaganman. Sen o‘zingni jinnilikka solib yurarding. Dunyo formulasini yaratib, dunyoni osongina tashlab ketding. Sen dunyoga xiyonat qilding. — O‘zing sodiq qolaver dunyoyingga. — Men qasoskor odamman. Qasos olish uchun ham yashashim kerak. Endi sen uchun ham qasos olaman! — Men uchun?.. Nima qilmoqchisan? — Xolidiy sen osilgan joyga osiladi. Anvar kuldi, xoxolab kuldi. — Kulma, men ont ichganman. — Qachon? — Senga janoza o‘qilgan kuni. Hamxonang menga aytib bergan hammasini. — Hammasini? Nimaning hammasini? O‘sha kuni, Anvar lahadga qo‘yilib, qabriga tuproq tortilgach, barcha tarqalib, Elchin do‘stini yolg‘iz tashlab ketgisi kelmay o‘tirganida «Eng kichik ilmiy xodim» unga yaqinlashib, bilganlarini aytgan edi. Anvarning Xolidiy bilan to‘qnashuvlari, gazetadagi maqola, Hikmat O‘rolovning o‘limi, qabristondagi ma’ruza... hammasini aytdi. Ana o‘shanda Elchinning qalbida yovuz bir fikr uyg‘ondi. Xolidiy aynan o‘sha jinnixonaga, aynan o‘sha hojatxonaga osilishi kerak, deb hukm qildi. Faqat... hukm ijrosi kechikdi... Elchin Anvar ishlagan institutga borib, Xolidiyni ko‘rib ham keldi. Uning ko‘zlari olayib, tilini tishlagan holda hojatxonada osilib turishini istadi. Juda-juda istadi. Faqat... kechikdi. ...Hushsiz yotgan Elchinning xayolidagi Anvar kulardi, to‘xtovsiz kulardi. — Kulaverma hadeb, — deb ranjidi Elchin. — O‘ldirishimga ishonmayapsanmi? — Ishonyapman. Lekin sen osganing bilan u o‘lmaydi. U ko‘p boshli ajdaho. Bitta boshini osganing bilan boshqalari omon qolaveradi. Bog‘bonlarning ishlarini kuzatganmisan? Bitta shoxning uchini kessa, o‘sha yerdan ikki-uchta surhcha chiqadi. Sen bitta Xolidiyni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling