Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
140
edi. 
— Taniyapman, — dedi kotiba, keyin tortmasidan bir varaq qog‘oz chiqarib uzatdi: Habib 
Sattorov uning bu qilig‘idan ajablanib, qog‘ozni olib o‘qidi: «Buyruq №... Mehnat 
intizomini surunkali buzgani uchun Habib Sattorov vazifasidan ozod etilsin...» 
Habib Sattorov buyruqni qayta-qayta o‘qib, kotibaga «Eslaring joyidami?!» deganday 
qaradi. Bunday tushunmovchiliklarga, ajablanishu hayratlanishlarga ko‘nikib qolgan 
kotiba «Menga nima, buyruqni men chiqarmayman», deganday kichkina egovchasi bilan 
tirnog‘ini egovlayverdi. 
— Kim bor oldida? — dedi Habib Sattorov ovozini balandlatib. 
— Mumkin emas, bandlar, — dedi kotiba yana labini burib. 
Habib Sattorov yana bir oz chidab turdi-da, keyin kotibaning hay-haylashiga qaramay
eshikni shart ochib, ichkari kirdi. Asosiy xona kimsasiz, biroq, orqa tomondagi dam olish 
xonasidan ayol kishining nozli kulgilari eshitilardi. Habib Sattorov «Nima qilsam ekan?» 
deb o‘ylab turmadi. Dam olish xonasiga bostirib bordi. Chala yarim yechingan holicha 
baqaloqdan kelgan Sohib Po‘latovga karashmalar qilayotgan yigirma uch-yigirma besh 
yoshlardagi juvon eshikdan kirib kelgan Habib Sattorovga ko‘zi tushib, qichqirib yubordi. 
Bu qichqiriqdan cho‘chib tushgan Sohib Po‘latov orqasiga o‘girilib, kutilmagan mehmonni 
ko‘rdi-yu, avvaliga bir oz dovdiradi. So‘ng o‘zini qo‘lga olib, jilmayganicha o‘rnidan turdi-
da, hech narsa bo‘lmaganday Habib Sattorovga qo‘l uzatib, ko‘rishmoqchi bo‘ldi: 
— Habib Sattorovich, salom, salom, yaxshi keldingizmi? 
Habib Sattorov unga qo‘l cho‘zmadi, ko‘rishmadi. Sohib Po‘latov bunga ham e’tibor 
bermaganday, qizga qaradi-da: 
— Siz boravering, ishingizni qilavering. Hammasi yaxshi bo‘ladi, — dedi. So‘ng Habib 
Sattorovni katta xonasiga boshlab, o‘z o‘rniga o‘tirdi. U qisqagina fursatda dovdirash, 
o‘ng‘aysizlanishdan butunlay qutulgan, jiddiy, mulohazali rahbar qiyofasiga kirib olgan 
edi. U qo‘ng‘iroq chalib, kotibasini chaqirdi-da, ikki kishilik qahva buyurgach, Habib 
Sattorovdan: 
— Safaringiz yaxshi o‘tdimi? — deb so‘radi. 
— Safar-ku, yaxshi o‘tdi, ammo mana bunga tushunmadim, — dedi Habib Sattorov 
qo‘lidagi qog‘ozni unga uzatib. 
— Nima bu? — dedi Sohib Po‘latov hech narsadan xabari yo‘q odamday. Keyin buyruqqa 
ko‘z yugurtirgach, qog‘ozni nari surdi: — Ha, bumi, arzimagan bir gap. Rasmiyatchilik. 
Davlatning mehnat intizomi haqidagi qonuni bor, azizim. Unga barchamiz bo‘ysunamiz. 
— Men Angliyaga ish bilan ketgan edim, ammamning to‘yiga emas. O‘z hisobimdan... 
— Xabarim bor. Ammo o‘z hisobingizdan olgan ta’tilingiz sakkiz kun oldin tugagan. 
Lekin, azizim, siz tashvishlanmang. Bu bir rasmiyatchilik. Siz menga tushuntirish xati 
yozib bering. Sizni ishsiz qoldirmaymiz. Faqat mudirlikda emas... ilmiy xodim bo‘lib 
ishlab tura turasiz. Mudirlikka odam tayinlab qo‘yuvdim. Akademiya ham tasdiqlagan. 
Habib Sattorov uning gaplarini eshita turib «Tupurdim sening marhamatingga! Men 
Moskvagami, Angliyagami ketib ishlashim ham mumkin. Ammo sen shu shilta yeringdan 
bir qarich jila olmaysan!» demoqchi bo‘ldi-yu, tilini tiydi. Joy talashib, past ketishni 
istamadi. Buyruqni ko‘ra solib, bostirib kirishining zaiflik alomati bo‘lganini fahmlab, 
o‘zini o‘zi koyidi. «Shu badbaxtning huzuridan boshimni egib chiqsam, bir umrli 
sharmandalik bo‘ladi», degan fikrga kelib, qaddini g‘oz tutdi. 
Uning bir oz jim qolganini Sohib Po‘latov o‘zicha tushunib, qo‘li baland kelganiga 
ishongan holda gapini davom ettirdi: 
— Yana ham men sizni hurmat qilaman, azizim, Sizday olimlar ko‘chada qalashib 
yotgani yo‘q. Ba’zi o‘rtoqlar buni tushunishmaydi. Hatto partbiletni stolga qo‘ysin, 
deydiganlar ham topildi. Men ularga qat’iy qarshi chiqdim. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling