Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
142 yaxshi damlarni eslab, ko‘z oldiga keltiradi. Hozir ham shunday qildi. Angliyadagi dorilfununda kechgan mas’ud damlarini, ma’ruzalaridan keyingi olqishlarni, qirolicha huzuridagi qabulni esladi. Esladi-da, «Men kim-u, u kim? Ertaga ishdan olinsa, tuflab tashlagan tupugimga arzimaydi», deb o‘ziga-o‘zi tasalli berdi. Sohib Po‘latovlarning ertaga ham, indinga ham ishdan olinmasliklarini esa, o‘ylab ko‘rmadi. Bolaligi o‘tgan uyga kelgandan keyingina hamkasblarining nima sababdan ta’ziya bildirganlarini angladi. Shum xabarni eshitib, bir oz garangsidi. Onasining fig‘onli yig‘isi yuragini o‘rtab yubordi. Mashoyixlar «Otamlatsang otamlatgin, bo‘tamlatmagin», deb bejiz aytmaganlar. Farzandi dardida ezilib-ezilib yig‘layotgan onaning dardini yana qanday dard bilan qiyoslash mumkin? Bundan ulug‘roq dard yo‘qdir... Ehtimol... Yana kim biladi... Risolat kampirning aytib yig‘lashiga agar tog‘ qoyalari tushunishsa, alamdan balki tars-tars yorilib ketarmi edilar. Ajab yeri shundaki, Habib Sattorov onasining yig‘isidan o‘rtandi... Ammo... o‘zi yig‘lamadi. Yig‘i kelmadi. Bundan o‘zi ham ajablandi. Keyin o‘zidan-o‘zi nafratlandi. Onasi bir oz yupangach, ko‘cha eshik og‘zida hassaga tayangan Sobitxon ko‘rinib, «Opoqi!» deb chaqirdi. Risolat kampir uni ovozidan tanib, o‘rnidan turdi-da, uy ostonasiga bordi: — Keling, Qori bolam, kelavering, — dedi u yig‘lamsiragan ovozda. Habib Sattorov hovliga chiqib mehmonni kutib oldi. Risolat kampir Sobitxon bilan yig‘lab ko‘rishdi. Sobitxon ko‘rpachaga o‘tirishga qiynalgani sababli, stulga cho‘kdi-da, shirali ovozda tilovat qildi. Fotihadan so‘ng Risolat kampir odati bo‘yicha «Xudoning irodasi shu ekan- da», deb qo‘ydi. Sobitxon «Onajon, bu Xudoning irodasi emas, Xudo bandalariga jonlaringga qasd qilinglar deb buyurmagan. Jonga qasd qilish — shayton irodasiga bo‘ysunishdir. Afsuslar bo‘lsinkim, birodarimiz shayton qavmida ketibdilar», demoqchi bo‘ldi-yu, ilmdan bexabar bu ayolning alamli yarasiga tuz sepmay, deb tilini tiydi. — Qo‘qondan keliboq shu shumxabarni eshitdim. Olloh sizga sabr bersin. Barchalarimizni o‘zi hidoyat yo‘liga boshlasin, — dedi Sobitxon. — Yurishingiz sal bejoroqqa o‘xshaydi. Hali ham yaxshi tuzalib ketmadingizmi? — deb so‘radi Risolat kampir mehribonlik bilan. — Shunisiga shukr. Do‘xtirlar yurolmaydi, deb bashorat qilishuvdi. Ularning emas, Ollohning aytgani bo‘lyapti. Sobitxon uzoq o‘tira olmas edi. Shu sababli kampirdan ijozat so‘rab, o‘rnidan turdi. Habib Sattorov uni kuzatib qo‘ydi. Iziga qaytayotganida oshxonadan chiqayotgan kelini — Xonzodaga to‘qnash keldi. Xonzoda qayin og‘asiga salom berib ko‘rishib, oshxonaga kirganicha endi chiqib kelayotgani edi. Habib Sattorov keliniga bir qaradi-yu, uning bir necha oy orasida bir necha yilga qariganini sezdi. Turmush ikir-chikirlariga uncha e’tibor bermaydigan bu olim keyingi o‘tgan oylar kelini uchun naqadar mashaqqat bo‘lganini bilmaydi. Xonzodaning kechalari to‘kkan ko‘zyoshlari jamlansami, dengiz bo‘lmaganda ham ko‘l bo‘lar. Bevaning, ayniqsa, tirnoqqa zor bevaning zorli, g‘amli ohlariga tun qanday chidar ekan, zaminu samo qanday chidar ekan? Yerning ohlari to‘planib, so‘ng vulqon kabi portlasa kerak. Beva faryod qila olsa edi, bu faryodlar jamlansa edi... Vulqon nima ekan, Yer koinotdagi yo‘lidan adasharmi edi... Lekin Habib Sattorov bularni his qila olmaydi. Xonzodaning otasinikiga ketishini yo ko‘zi ojiz qaynonasini boqib shu yerda o‘tiraverishini bilmay garangsishi ham unga begona. Agar Habib Sattorovga birov «Idda o‘tibdi, endi keliningiz boshqa turmush qurishi kerak», desa hayratlanishi turgan gap. Kelinining ma’yus boqishini ko‘rgan Habib Sattorov unga nimadir deyishi lozimligini sezdi. Ammo o‘sha «nimadir» kallasiga kela qolmadi, tiliga tusha qolmadi. Avvaliga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling