Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
Orzubek aka, siz ulug‘ odamsiz, — deb gap boshladi u. 
— Piching qilmang, iltimos. 
— Piching emas, rost gap bu, — dedi Chuvrindi samimiy tarzda. — Siz ulug‘ odamsiz. 
Ulug‘ odam mayda-chuyda gapga o‘ralashmasligi kerak. O‘shanda bek akamning 
kayfiyatlari chatoq edi. Xotiningizni emas, o‘zingizni ham «juhud» deb yuborishlari 
mumkin edi. E’tibor bermang u gaplarga. Biz sizni hurmat qilamiz. To‘g‘ri, biz millat 
uchun sizday jon kuydira olmaymiz. Lekin «millat» deydiganlarni boshimizda ko‘tarib 
yuramiz. Biz ham tirik jonmiz, bizda ham dard bordir. 
Uchoqqa chiqishga ijozat berilgani haqidagi xabar aytilganiga qadar ham Orzubek va 
Chuvrindi shu xildagi gaplarni gapirib o‘tirishdi. Uchoqda ham bu mavzu davom etdi. 
Orzubek «shu odamlar tushunsa yaxshi edi», degan fikrda gapirardi. Chuvrindi uning 
gaplarini aqlan yaxshi tushunardi. Ammo yurakdan his qila olmasdi. Chunki uning qalbi 
mol-dunyo degan pardaga o‘ralgan, tuyg‘u ko‘zlariga tilla eritib quyilgan edi.
2 
Ular Moskvada xayrlashdilar. 
Moskvaga kelgan ikki o‘zbek ikki tashvish, ikki dard bilan ajralishdi... 
Xongireyning idorasini uch soat deganda topishdi. G‘ilay Shomil bu yerga bir marta 
kelgan, lekin qaysi ko‘chalardan yurganini eslay olmadi. 
— Kayf bor edi, — dedi u o‘zini oqlab, — yuzta quyib bersangiz, moment topaman. 
Mastlikda kelgan joyni mastlikda topish kerak. 
Bekor aytibsan, bir tomchi ham ichmaysan. 
— Qizil maydondan o‘tgandan keyin bir jononning haykali bor edi. 
G‘ilayning bu gapi Chuvrindiga kulgili bir sinemani eslatib, ichida kuldi-da: 
— Chaykovskiymi? — deb so‘radi. 
— Familiyasi esda yo‘q, — dedi G‘ilay. 
Chuvrindi bu gapni eshitib baralla kulib yubordi. So‘ng G‘ilaydan ish chiqmasligini 
anglab, tanishlariga qo‘ng‘iroq qilib aniqlashtirdi. 
Xongireyning qarorgohi ko‘p qavatli uyning uchinchi qavatiga joylashgan edi. Eshik 
tepasidagi telekamerani ko‘rib Chuvrindi o‘zicha «Zo‘r-ku!» deb qo‘ydi. Qo‘ng‘iroq 
tugmasini bosishi bilan eshik o‘z-o‘zidan ochildi. Chuvrindi shundagina eshikda tutqich 
yo‘qligiga ahamiyat berdi. Eshik ochilishi bilan to‘rda o‘tirgan militsiya zobiti kiyimidagi 
barvasta yigitga ko‘zlari tushib, joylarida qotdilar. 
— Kiraver, zemlyak, qo‘rqma, — dedi zobit kavkazcha sheva bilan. 
Ular ostona hatlashlari bilan eshik yopildi. Yon xonadan bir yigit chiqib ularni ichkariga 
boshladi. Yana uch xonani oralab o‘tishgach, Xongireyga ro‘para bo‘ldilar. 
— Kel, o‘zbek qardoshim, kel, mening aziz qo‘nog‘im bo‘l, qalbing huzurli o‘lsun, — dedi 
u o‘rnidan turib. 
Chuvrindining nazarida Xongirey soxta lutf ko‘rgazayotgandi. Chunki Xongireyni dastlab 
ko‘rganida u butkul o‘zgacha vajohatda edi. Mehmonxonada, Asadbek huzurida u 
kavkazliklarga xos qo‘pol, takabbur bir odamni ko‘rgan edi. Chuvrindi Xongireyga baho 
berishda yanglishdi. Chunki avval ko‘rganida Xongirey mehmon, hozir esa mezbon 
martabasida edi. Bu idora Xongireyning uyiday gap. Chechenlar esa uylariga kelgan har 
qanday mehmonni izzat qiladilar, unga lutf ko‘rsatadilar. 
Ular o‘tirishgach, qaldirg‘och mo‘ylovli xushsurat yigit choy keltirdi. Bir-ikki ho‘plam choy 
ichganlaridan so‘ng Xongirey tilga kirdi: 
— Xo‘sh, Asad qardoshim nechukdir? Avval ko‘rganimda xasta edi. Sog‘-omonmi? 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling