Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
156
emassan, qardoshim! 
Xongirey shunday deb yon cho‘ntagidan uchoq pattasini chiqardi-da, stol ustiga tashladi. 
— Bugun kechasi uchasan, — deb xayrlashgach, chiqib ketdi. 
Chuvrindi uyga qaytgunicha ham bo‘lib o‘tgan suhbatlar mag‘zini chaqishga harakat 
qilib, «Qanoti bor har qanday maxluq ham erkin hamda baland parvoz qila olmaydi», 
degan haqiqatga ishondi. 
________________ 
* Moskvadagi qamoqxona. 
* Sobiq KGB nazarda tutilyapti. 
XIV b o b 
1 
Oftobsiz rangpar kun. Umrini yashab qo‘ygan yaproqlarga xazon nuqsi urgan. 
Asadbek Chuvrindi ketganidan beri uydan chiqqisi kelmaydi. Kesakpolvon ham shu 
yerda. Oshnasining kundan-kun so‘lib borayotganini ko‘rib eziladi. Ammo oshnasi so‘lib 
tamom bo‘lganidan so‘ng egallaydigan taxti ko‘z oldiga kelganda esa yuragi shoshadi. 
Kasallik xususida so‘z ochishga bir necha marta og‘iz juftladi. Ammo Jalilning «Sen 
indama, o‘zim gaplashaman», degan amriga amal qildi. Jalil esa ikki marta kelib, boshqa 
gaplarni valdirab-valdirab ketaverdi. Kesakpolvon nigohi bilan imlab «ayting», deb 
ishora qilsa ham asosiy gapdan bo‘yin tovlayverdi. Kesakpolvon Jalilning ahvolini 
tushunmadi. «Kasalingni mendan nima uchun yashirding?» deyish Jalilga qiyin emas. 
Shu bahonada g‘ijillashib olish ham uni tashvishga solmaydi. Uning tashvishi boshqa — 
Asadbekning qaysarligi tutsa, «Tabibingni pishirib ye!» deb turib olishi mumkin. Jalil 
qishloqqa borib kelgunicha ham, keyingi kunlar ham o‘sha badjahl tabib haqida so‘rab-
surishtirdi. Kimki uni bilsa yoki u haqda eshitgan bo‘lsa bir xil javob beradi: bu dunyoda 
o‘lim-ning ilojini qila oladigan tabib bo‘lsa, faqat o‘sha. Lekin... hammani ham 
boqavermaydi... 
Kesakpolvon nonushtaga yangi xabar bilan keldi. 
— Prokuror bolani chiqarishibdi. Ish to‘xtaydiganga o‘xshaydi, degan gap bor. Sharif 
ham chiqib qolar balki, — dedi Kesakpolvon kosadagi qaymoqqa non ushatib. 
— Ishni nega to‘xtatar ekan? Vajohati yomon, devdilaring-ku? 
— Vajohatidan it ham hurkardi. Lekin Maskovdan bir xabar kelibdi, shekilli. 
Prokuraturadagi bolalar aniq bilishmaydi. 
— Sharifga ehtiyot bo‘llaring. Chiqsa, biron yoqqa dam olishga jo‘nat. Mahmuddan yana 
darak bo‘lmadi, a? Bunaqa odati yo‘q edi. Xavotirlanyapman. 
— Xavotir olma. U mening maktabimda o‘qigan. Tegirmonga tushsa omon chiqadi. 
— Aslida o‘zim borsam bo‘larkan. Fe’li yomon u chechen zang‘arning. 
— Sen shu safar bir past ketding. Zo‘r bilan zo‘rchasiga gaplashish kerak. Buncha 
qo‘rqasan undan? Zo‘r bo‘lsa zo‘rligini ko‘rsatsin, yuborsin zo‘rlarini! Biz ham hezalak 
emasdirmiz, erkakchasiga gaplashish qo‘limizdan kelar. Yo erkakligimizning boshqacha 
isboti ham kerakmi?! 
— Oliftagarchilik qilma. U senga Hosil emas. Hosil ahmoq bola emas edi. Kimga 
suyanishni bilgan. Agar murosa qilmasak, ko‘p bolalar qiriladi. Men o‘zimdan 
qo‘rqmayman. Bir boshga — bir o‘lim. Yigitlar bekorga uvol bo‘lib ketadi. 
— Bek, sen qimorboz eding. Yo chikka, yo pukka! Dangalchiliging qayoqda qoldi. Men-


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling