Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
157 ku, mayli, mayda kissavurdan chiqqanman. — Dangalchilikni zamon ko‘tarmaydi. — Sen charchagansan. Duch kelganni it bo‘lib qopyapsan. Bi-ir dam olsang yaxshi bo‘lardi. O‘g‘illaringning to‘yiga borsang yuragingning chigillari bi-ir yozilardi. Ha, aytmoqchi, to‘y hali ham aniq bo‘lmabdimi? Tezroq borib kela qolmaysanmi? Kesakpolvon shunday deb ayyorona boqdi. Asadbek undan nigohini olib qochdi. Gap xastalikka borib taqalishi mumkinligini sezib, javob bermadi. Ular nonushtani boshlashga ulgurishmay, boloxonadagi yigitlardan biri eshikni qiya ochib: — Samatoxun aka keldilar. Zarur gaplari bor ekan, — dedi. Bu xabarni eshitib, Kesakpolvon bezovtalandi. Hojasiga bir qarab olib «keyinroq kelsin», demoqchi edi, Asadbek: — Kirsin, — deb ijozat berdi. So‘ngra Kesakpolvondan so‘radi: — To‘yi qachon edi, esdan chiqibdi? — Mening ham aniq esimda yo‘q. Bugun-erta shekilli? — Xayoldan ko‘tarilgani chakki bo‘libdi. Har qalay, eski qadrdonlardan. Bashang kiyingan, o‘zidan farangi atrini taratayotgan Samatoxun kirib, ularning suhbati uzildi. Samatoxun deganlarining do‘koni Asadbekning homiyligida. Shaharning gavjum joyida joylashgan bu do‘kon mudiri yigirma yilning nari-berisida ularga sariq chaqalik ham xiyonat qilmadi. O‘z ishini bilib bajargani uchun Asadbek uni hurmat qilardi. Fotiha o‘qilgach, Samatoxun Kesakpolvonga g‘alati qarab oldi. Kesakpolvon undan ko‘zini olib qochib, choy quyib uzatdi. — Oxun, to‘y harakatlari bilan charchamay yuribsizmi? — deb so‘radi Asadbek mehribonlik bilan.— Muborak bo‘lsinga o‘tamiz, deb o‘tolmadik, ranjimang. — Xafagarchilik yo‘q, aka. O‘zingiz sog‘ayib qoldingizmi? Bizga sizning sog‘lig‘ingiz kerak. Sizning tovoningizga kiradigan tikan bizning ko‘zimizga kirsin. Xudo xohlasa bugun nikoh, borsangiz boshimiz ko‘kka yetadi. Samatoxun «Xudo xohlasa» degan so‘zga bo‘lakcha urg‘u berib, yana Kesakpolvonga qaradi. Asadbek undagi o‘zgarishni sezib so‘radi: — Ha, Oxun, mashqingiz pastroqmi? Nima gap, tinchlikmi? — Xudo xohlasa, tinchlik, — dedi Samatoxun. — Bek aka, orada bir tashvish chiqib qoldi: o‘g‘limni o‘g‘irlab ketishibdi. — Qaysi o‘g‘lingizni? — Shu... uylanayotgan kuyov bolani... — Birontadan gumoningiz bormi? — Gumonim-ku yo‘q. Ammo... — Chaynalmay aytavering. — Kecha ZAGS edi. Bir birodarimiz «Mersedes» va’da qilgan edi. «Mersedes» o‘rniga «GAZ-31» yuboribdi. «Qo‘lingdan kelsa va’da bergin-da, erkak» deganday qilib, qattiqroq gap aytuvdim. Shuni og‘ir oldilarmikin? Unday bo‘lsa, tavba qildik. «Bu ahmoq tilni chaynab tashla», desalar chaynab tashlay. Ammo oshga zahar tushmasin. Men yomonman, bo‘yin egib keldim. Bu gaplarni eshitib Asadbek Kesakpolvonga qa-radi. — Menga qarama, mening ishim emas bu, — dedi Kesakpolvon «qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar» qabilida jerkib. — «Mersedes»ni to‘g‘rilab bermadingmi? — O‘sha kuni buzilib qolgan bo‘lsa men nima qilay? Shaharda «Mersedes» ikkita bo‘lsa ham boshqa gap edi. O‘n beshta oq «o‘ttiz bir»ni yubordim. Bu akamning hamiyatlariga tegibdi. O‘sha sassiq gapni o‘zimga aytmaysizmi, tirrancha sho‘pirga aytib nima |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling