Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
160 Jalil chiqib ketgach, Asadbek «Endi bemalol gapiravering», deganday mehmonga qaradi. Muhiddin ota bir ozgina taraddudlanib, so‘ng vazminlik bilan so‘z boshladi: — Bir hafta bo‘ldimikin, oshnangiz keldi. Bir xavotir bilan boshpana izlab kelgan ekan. Kimlardir izlariga tushibdilar ekan. Kimlar ekanini o‘zingiz bilar ekansiz. «Kimligini bilaman, Xongirey!» deb o‘yladi Asadbek. — Uning iziga tushganlar orasida sizda avval xizmat qilgan bir o‘zbek yigiti ham bor ekan. — Kim ekan? — deb ajablandi Asadbek. — Ismini aytmadilar. — Mehmon Asadbekning o‘yga tolganini ko‘rib, sukut saqladi. «Kim bo‘lishi mumkin? Balki... Hosilning odamlaridandir?..» Asadbek Jamshidning tirikligini, Kozlov izidan tushgan chechen yigitlar qatorida yurgan bo‘lishi mumkinligini xayoliga ham keltirmadi. — Men uni siz ko‘rgan kulbamda qoldirib keldim. O‘n besh kunlik oziq-ovqatini g‘amladim. — Yaxshi qilibsiz, rahmat sizga. — Xotini bilan qizchasini Kemerovo orqali bu yoqqa olib keldim. O‘zi kelishga unamadi. Bu yoqlarda qo‘lga tushsa, sizga yomon bo‘lar ekan. Xotini bilan qizchasini Marg‘ilondagi bir oshnamnikiga qo‘yib keldim. Erta-indin ularni atdan olish kerak. — Olamiz, — dedi Asadbek o‘ychan, — shu bugunoq ishonchli joyga yetkazamiz. — Bo‘tam, sizga aytmoqchi bo‘lgan omonat gapim shu. Endi, ijozat etsalar, bir-ikki so‘raydurgon gapimiz ham bor. — So‘rang, ota. — Bo‘tam, mening ojiz fikrim balki adashayotgandir. Lekin... sizlarning ishlaringizda bir yovuzlik ko‘ryapman. Muhiddin ota «Bu savol bilan yurak yarasini tirnab qo‘ymadimmi», degan xavotirda Asadbekka qarab olib, boshini egdi. Asadbekning ham boshi egik edi. Otasining birodariga, halol-haromning farqiga yaxshi boradigan odamga nima desin? Qanday tushuntirsin? Jahl g‘avg‘osi ila mag‘rur, aqldan begona onlarini qanday aytsin? Vujudi vahshat ichra tor-mor bo‘lgan odam pokiza insonga kirlangan yuragini ko‘rsata olarmi ekan? Lekin... nimadir deyishi kerak. Savol berildi. Javob kutilmoqda. Asadbek boshini bir og‘irlik, bir azob bilan ko‘tardi. — Ota, bizning ishimiz nozik. Bir-ikkita kooperativlar ochganmiz. Do‘st bor, dushman bor... — Dushmanning biri ham xatar, — deb mezbon Asadbekning fikrini quvvatladi. — Biz ba’zan hukumatni aldashga ham majburmiz. Hukumatning qoidalari chatoq, aldamaslikning iloji yo‘q. «Odamlar qing‘ir ish qilsin» deb qing‘ir qoidalarni o‘ylab chiqaradigan amaldorlar ham bor-da! — Oshnangizni... hukumat ta’qib qilmadi, deyman? — Nega bunday deyapsiz? — Hukumat ta’qib qilsa, oilasiga tegmas, deyman. — Ha... to‘g‘ri anglabsiz. Biz bilan kelisha olmaydigan boshqa kooperativlar bor. Oraga sukut cho‘kdi. Muhiddin ota bir necha nafaslik sukutdan so‘ng boshini quyi egganicha, xuddi o‘ziga o‘zi gapirayotganday bir bayt o‘qidi: — Hayotning tarbiyatsizlik to‘foniga nishon aylab, Chunon majruh o‘lub ruhlar, yuraklar zohidon o‘lmish. Asadbek baytning mazmunini anglamay qariyaga qarab oldi. Sukut yana davom etib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling