Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
168 Oqsoqolning qo‘rg‘onida qurshovda qoldilar. Islom lashkarlari keksalarni asrab qolish maqsadida «ularni ozod qilinglaru ketinglar» deb shart qo‘ydilar. Qizillar «kechasi ketamiz» deyishdi. Ketishgandan so‘ng qarashsaki, boylik qaerdaligini aytmagan qariyalarning boshlarini jodida bir-bir uzishibdi... ...O‘shanda qariyalar Xudoga nola qilib zolimlarga insof tilashgandir... Dev akaning onasi ham tilagandir. Tillani deb qancha jonlar qurbon bo‘ldi. Hamma mamlakatlarda, hamma zamonlarda bunga o‘xshash voqealar yuz bergan. Aslida oltinning rangi sariq emas, to‘kilgan qonlarga mos — qizil bo‘lishi kerak. Abdurahmon tabib har subhi sodiqda Ollohdan bandalariga imon tilaydi, hidoyat tilaydi, dil qulflarini ochmoqlikni so‘raydi... Tashqarida ayol kishining ovozi kelib Abdurahmon tabibning xayoli bo‘lindi. Munojotini nihoyasiga yetkazib, yuziga fotiha tortdi-da, tashqariga chiqdi. Egniga qora duxoba kamzul kiygan kampirga qarab: — Yana keldingizmi, singlim? — dedi norozi ohangda. — Bergan doringizni ichib bo‘ldim, —dedi kampir aybdor odam ovozida. — Ichib bo‘libsiz, yaxshi. Endi dam oling. — Tabib og‘ajon, siz hamma narsani bilasiz, ayting, bir oy ichida o‘lib qolmaymanmi? — Buni Xudo biladi. — Siz ham bilasiz. Ayting bir oy... — Bir oyda nima qilmoqchisiz? — Men hech narsa qilmayman. Menga qolsa, vaqtim bitgan bo‘lsa, hozir ham tayyorman. Lekin... o‘g‘lim to‘y qilmoqchi. Men o‘lib qolsam, to‘yga ataganini azaga ishlatib, sovuradi. Nima bo‘lsa ham to‘ydan keyin o‘lay. — «Kulli nafsin zoyiqatul-mavta»*, — dedi tabib. Oyati karimaning ma’nosini tushunmagan kampir «Tabib duo qildi», deb unga minnatdorchilik bildirdi. Abdurahmon tabib xos xonasiga kirib qog‘ozga bir siqim quritilgan ko‘kat solib chiqdi-da kampirga uzatib: — Qaynatib iching. Xudo xohlasa o‘g‘lingizning hamma to‘ylarini ko‘rasiz, —dedi. — O‘rigimizga ola hakka qo‘nib qaqillayapti-da, — dedi kampir xavotiri boisini bayon qilib. — Bid’atlarga ishonmang, odamlar aytaveradi. — Ota-onam ham tushimga kiryaptilar. — Bid’atga ishonmang, dedim-ku! — dedi tabib jahl bilan. — Boring, yana ikki yil yashaysiz. Kampir «Hazillashyapsizmi?» deganday qarab turdi. Tabibning qarashi jiddiyligini ko‘rib, uni duo qila-qila ketdi. — Odamlar qiziq-da, — deb o‘yladi Abdurahmon tabib, uning izidan qarab. — Ikki kundan keyin o‘lasan, desam ishonmaydi, qarg‘ab-qarg‘ab ketadi. Ikki yil yashaysan desam ishonadi, duo qiladi. Janob Rasululloh «O‘ng tomonimga salom berib chap tomonimga salom berishga ulguramanmi-yo‘qmi, bilmayman», deganlar. Payg‘ambar bilmagan narsani tabib qanday bilsin... _________________ * M a z m u n i b u d i r: Har bir tirik jon o‘lim mazasini totib ko‘ruvchidir. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling