Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
XV b o b
1 Bir kishilik tor, zax, nimqorong‘i qamoq. Quyosh nuri oqib kelishi mumkin bo‘lgan tirqish ham yo‘q. Bu zax xonada sog‘lom odam xastalikka chalinishi, xastaning esa o‘limi aniq bo‘lishi ham hech gapmas. Zohid bunday xonani endi ko‘rayotgani yo‘q. Lekin avvalgi ko‘rishlari boshqa, bunisi boshqa. Avvallari tergovchi sifatida, majoz bilan aytilganda «mehmon» sifatida ko‘rar edi. Endi esa o‘zi mahbus, ya’ni «mezbon». Bu yerda bir kun bo‘ladimi yo bir yilmi, yoki undan ko‘pmi — bilmaydi. O‘zidan oldin bu xona mezbonlari ham shunday edi. Bu sovuq beton devorlar necha o‘nlab yoki yuzlab odamlarning ohu faryodini o‘ziga singdirgan. Bu yerda qancha begunohlar nola qildi ekan? Devor-ku tosh, nolalarga parvo qilmaydi. Devor ortidagi odamlar-chi? Ular «Shu xonada begunoh odam yotibdi», deb o‘ylashganmi, achinganmi? Zohidning o‘zi-chi? Shunday xonalar yonidan o‘tayotganda nimalarni his qilgan. Eshik tirqishidan mo‘ralayotgan ko‘zlarni ko‘rardi-ku?.. Mana hozir u xona o‘rtasida qo‘llarini orqaga qilib turibdi. Shu devor ortida hovli bor, uning ortida esa ko‘cha, daraxtlar... Bulutlar bilan olishayotgan oftob. Ming turli qayg‘u yoki ming turli baxt bilan yurayotgan odamlar. Qayg‘udagilar ham, baxtiyorlar ham yurayotgan yo‘llaridan sal naridagi yerto‘lada mahbuslar yotganini bilmaydi. Bilsa ham e’tibor bermaydi. Balki hozir shu ko‘chadan Zohidning qishloqdan kelgan otasi yoki onasi o‘tib borayotgandir, balki xotini kechki ovqatga kechikmay deb shoshilib ketayotgandir... Kechki ovqatga Zohid bormaydi. Nonushtaga ham... Xotini dastlab xavotir olmaydi... Keyin... Keyin nima qiladi? Qayga boradi? Ishxonasiga keladi. Birov «Bilmayman», deydi, birov «Falonchiga uchrang», deydi. Falonchi pistonchiga yuboradi. Pistonchi esa «Ering poraxo‘r», deydi. Xotini ishonadimi? Yo‘q, ishonmaydi. Maoshdan maoshga arang yetib borishadi-ku, axir. Balki... Xotini boshqa narsani o‘ylar? Poralarni olib, o‘ynashiga ishlatar, der?.. «E, yo‘q, bunaqa o‘ylamaydi, menga ishonadi...» Xayollariga erk bergan Zohid adashayotgan edi. Uning ahvolidan xabar topgan Said Qodirov «Eringiz shoshilinch safarga ketdi, qishloqqa borib turar ekansiz», deb xotini bilan bolasini jo‘natishga ulgurgan edi. Berger esa egasiz uyning qulfini buzdirib ochib, tintib chiqib ketgan edi. Dil dog‘langan, bardosh bog‘langan. Bu dunyoda qahramonlik ko‘rsatish zarur emas, ammo ablahlik qilmaslik shart, degan aqida asosida ulg‘aygan, shu aqida bilan yashayotgan Zohid tamoman gangib qoldi. Yorug‘lik bilan qorong‘ulik chegarasini aniq belgilash mumkin bo‘lmaganidek, u adolat bilan adolatsizlikning chegarasini tamoman yo‘qotdi. Bunday chegara bormi, bo‘lganmi — bilmay ham qoldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling