Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
167 3 Tong qilichi g‘olib kelib, tunning ikki qoshi orasini poraladi. Ikki qariya namozni o‘qiyotganida Asadbekda ham ibodat qilmoqqa mayl uyg‘ondi. Uyda yolg‘iz qolganida, azon tovshini eshitganida shunday his uyg‘onardi. Hozir uning vujudida g‘alati kuch qo‘zg‘olib, turishga majbur etdi. U tahorati bo‘lmasa-da, namoz o‘qishni bilmasa-da, Abdurahmon tabibning orqasida namoz o‘qiyotgan Muhiddin otaning yonidan joy oldi. Namozxonlar tursa turdi, rukuga borsa, ruku qildi, sajdaga bosh qo‘yishganda u ham joynamozga bosh qo‘ydi. Ana shunda ko‘kragida bir o‘ksik uyg‘ondi. Zoe ketgan umriga aza ochib, yig‘lagisi keldi. Sajdaga bosh qo‘yguncha boshqa odam edi. Sajdadan bosh ko‘targanida u bo‘lak inson bolasiga aylandi. Har bir narsada zang bor, qalb nurining zanglashi— to‘qlikdir, deydilar. Hozir xolis ixlos bilan sajdaga bosh qo‘yganida o‘sha zang to‘kildimi — Xudo biladi. «Dillardagi kibr-havoni ketkazishga qaraganda tog‘ni igna bilan ag‘darish osonroq», deydilar. Ammo Olloh istasa bu mushkulotni osonlik bilan hal etadi. Namoz o‘qib bo‘lingach, avval Muhiddin ota, so‘ng Asadbek turdilar-da, ko‘rpachalar to‘shalgan xonaga o‘tdilar. Abdurahmon tabib esa o‘rnidan jilmadi. Uning odati shu: Yaratgan bilan xayolan gaplashadi. U bu odatini hech qachon kanda qilmagan. Bugun ham munojotini boshlab, mehmonlarning turib ketganlarini hatto sezmadi ham. Vujud qarigani sayin aql kuchga kirib boradi, deb bejiz aytishmagan. Abdurahmon tabibning munojotini tinglagan har bir kimsa bu haqiqatga yana bir karra amin bo‘ladi. Avvallari, yoshlik chog‘larida dushmanlarga, ularni qaqshatgan qizil zolimlarga jazo berishini so‘rab iltijo qildi. «Al qasosul min-al Haq». Qasos — Haqdandir. Abdurahmon tabib avvaliga nima uchun kofirlar qo‘li baland kelayotganidan ajablandi. Hatto ba’zan shayton alayhila’na vasvasasiga uchib, «Agar kofirlarni jazolay olmasang qanday qodir Xudosan!» (Astag‘firulloh!) degan vaqtlari ham bo‘ldi. Keyinchalik oyati karimada zikr etilmish «Kufr yo‘lini tutgan kimsalar ularni tek qo‘yganimizni o‘zlari uchun zinhor yaxshilik deb hisoblamasinlar. Biz ularni faqat gunohlari ko‘payishi uchungina muhlat beramiz. Ular uchun xor qilguvchi azob bordir», degan Haqiqatni anglab yetdi. Yana eng muhim bir narsaga — «Olloh nima sababdan bu yurtni kofirlar zulmi ostida ezilishiga qo‘yib berdi?» degan savolga javob topdi. Javob oddiy edi — qavm Ollohdan uzoqlasha boshladi. Shayton g‘olib mamlakatda kofirlar o‘zlarini daryo suvidagi baliqdek his qilib, yayradilar. Kofirlar zulmidan qutulmoqning yo‘li bir — Ollohga yaqinlashish, Ollohga qaytish! Keyinroq g‘animlarga insof tiladi. Har insof tilaganida bir voqea esiga tushadi. Qishloqni qizillar bosdi. Ular qishloq ahlining tarixini kimdandir bilibdilar. Tarix shuki, ularning qabilasi yuz yillar muqaddam urushdan bezib, tog‘ oshib kelishgan. Bu qabilaning g‘oyat katta boylikka ega ekani haqida rivoyatlar yuradi. Aslida bu rivoyat emas, haqiqat edi. Chindan ham ularning katta boyliklari mavjud, lekin uning qaerga yashiringani qattiq sir saqlanardi. Qabila o‘troq bo‘lib, qishloq vujudga kelgandan so‘ng ham boylik sarf qilinmadi. Ayrimlar «Ezilib ishlayveramizmi, ota-bobolardan qolgan boylikni ulashing», deyishganda oqsoqol vazmin turib «Agar mehnat bilan yashashni chumolidan o‘rganing, desam sizlarga uyatdir. Agar bu nasihatga amal qilmasangiz ikki karra uyatdir», deb mojaroga yakun yasagan ekan. Boylik yurtga qaytib borilgandagina sarf etilsin, degan vasiyatga barcha avlod sodiq keldi. Ana shu boylikning isini olgan sho‘rolar keksalarni siquvga oldilar. Ana shu onda Islom lashkarlari hujum qilib, ular |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling