Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
162 «Men chaqiray», dedi-da, ostona hatladi. Ikki oshna beriroqda to‘xtab, kutishdi. O‘lim bilan yuzma-yuz bo‘lgach, takabburligi chekingan Asadbek misoli yuvosh bolaga aylangan edi. Qariya hovli tomon uch-to‘rt qadam bosib: — Mulla Abdurahmon aka! — deb chaqirdi. Javob bo‘lmagach, yana ikki karra, endi ovozini balandlatib chaqirdi. Shundan keyin ovoz berilib, dam o‘tmay Abdurahmon tabibning o‘zi ko‘rindi. Muhiddin ota qiroat bilan salom berdi. Shunga yarasha tabib ham: — Vaalaykum assalom va rahmatullohi va barakotuhu, — deb alik oldi-da, quchoq ochib ko‘rishdi. Ular qadrdonlarday yuzlarini yuzlariga qo‘yib ko‘rishdilar. Islom odobini, xususan, bu olamdagi odamlar bir-birlariga birodar ekanliklarini bilmagan, tushunmaganlar bu holatdan ajablanishlari tabiiy. — Yo‘limiz shu tomonga tushib edi, siz muhtaram zotni ziyorat qilmasdan o‘tib ketmoqni ayb deb bildik, — dedi Muhiddin ota. — Xo‘b ajab ish qilibsiz, inim. Xonadonimga rizq beruvchi Tangrim mehmon yuborgan ekan, o‘ziga shukr qilaman. Qani, marhamat qilsinlar. — Taqsirim, mening birodarlarim ham bor. — Chaqiring ularni, qadamlariga hasanot. Tortinmay chaqiravering, uyimiz keng, uy torlik qilsa, Xudo xohlasa bag‘rimiz kengdir. Muhiddin ota bu muruvvat uchun minnatdorlik bildirib, hamrohlarini chaqirdi. Haydovchi kirishga unamay, choyxonada bo‘lajagini bildirib, arobasini burdi. Gilam to‘shalgan katta xonada tezlikda dasturxon tuzaldi. Non sindirilib, «oling, oling» boshlangunga qadar deyarli gap-so‘z bo‘lmadi hisob. Abdurahmon tabib mehmonlarga zimdan qarab chiqdi. Nazari bir necha soniya Asadbekda to‘xtab, uning xastaligini fahmladi. Zotan, uning xastaligini tabib bo‘lmagan odam ham biluvi mumkin edi. Mehmonlarning kelishlaridan maqsadi kasal boqtirish ekanini sezsa-da, tabib «Kelinglar, xizmat» demadi. Shu paytgacha biron o‘zbek mehmonga «nima uchun uyimga kelding» demagani holda pok-nopokni durust ayira oluvchi, o‘ziga imon yo‘lini ma’qul deb tanigan Abdurahmon tabib aytarmidi. Jalil ham, Asadbek ham suhbatga deyarli aralashmay jim o‘tirishdi. Ayniqsa, Jalilning jim o‘tirishi ulug‘ tahsinga loyiq buyuk jasorat edi. Muhiddin ota birdaniga maqsadni aytmay, gapni uzoqdan boshladi. — Taqsir, bir rivoyat yodimga tushdi, ijozat bering, aytay. Hoynahoy siz bu rivoyatdan xabardorsiz. Buni hamrohlarim uchun ayta qolay. — Marhamat qiling, azizim... — Roviylar deyarlarki, podshoh bir qizni, otasi hamda ikki akasini o‘limga hukm etibdi. Qiz o‘limi oldidan bir qultumdan suv berishlarini so‘rabdi. Podsho muruvvat qilibdi. Suvni ichib bo‘lgach, qiz debdiki: «Ey, muruvvatli podshoh, biz siz bergan suvni ichdik. Endi sizga mehmonmiz. Mehmonni o‘ldirish mumkin bo‘lsa, biz o‘limga tayyormiz». Podsho qizning aqliga tan berib hukmni bekor qilgan ekan. Alqissa, shulki, biz sizga mehmonmiz. Haqiqat shulki, siz o‘limga hukm qiluvchi shoh emas, xastalarga shifo beruvchi tabibsiz. — Unday emas, inim, adashdingiz, astag‘firulloh. Dard beruvchi ham, shifo beruvchi ham yolg‘iz Ollohdir. — Haq rost, — dedi Muhiddin ota, bosh egib. — Inim, siz meni ko‘rinmas ip bilan bog‘lab oldingiz. Bilib turibman, bu inim, — u Asadbekka qaradi, — xastalar. Muolaja haqida so‘ngroq so‘z yuritamiz. Hozir mehmondorlik taomilini buzmaylik. Avval taom, deydilar. Haligi arobalaring sog‘lom odamni ham xasta etadi. Bir oz dam olinglar. Men esa, siz aytgan rivoyatga javob aytay: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling