Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
155 — Choy olib kelmaysanmi? — deb baqirdi-da, Chuvrindiga sinovchan qarab oldi. — Qardoshim, yo viski ichasanmi? — Hech narsa ichmayman, — dedi Chuvrindi norozi kayfiyatini yashirmay. Shu onda u Orzubekning hurlik haqidagi gaplarini esladi. «U xomxayolmi yo men ahmoqmanmi, — deb o‘yladi. — SSSRning changalidan yulqinib chiqmoqchi. SSSR degani faqat KPSS degani emasligini, mana bunaqa xo‘jayinlar ham borligini biladimi? Biz birgina Hosilni yo‘qotdik. Hosilga o‘xshaganlar yuz mingmi yoki millionmi? Deputat shularni biladimi? KPSS degani-ku, chiriy-chiriy deb turibdi. Lekin mana bu kuchayyapti. U nima qilmoqchi. «SSSRdan ajralib chiqsalaring ham senlar menga bo‘ysunasanlar» demoqchimi? Maskovga odam sifatida kelib, qo‘g‘irchoqqa aylanib qaytamanmi? Bek aka... ko‘p yanglish ishlar qilyaptilar. Bu yerga kelish kerakmas edi...» — Ha, qardosh, gapim yoqmadi, shekilli? — dedi Xongirey ham o‘rnidan turib. — Gapingiz emas, maqsadingiz yoqmay turibdi. — Nega? O‘zing bosh bo‘lsang yomonmi? — Buni nazarda tutayotganim yo‘q. Agar to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, siz bizni qulga aylantirmoqchisiz. — E, qardosh, men bunday deganim yo‘q. — Lekin shuning isi kelib turibdi. Siz bugun mening bosh bo‘lishimni istadingiz. Ertaga boshqasini xohlaysiz. Biz u tomonda qo‘g‘irchoqlarmiz, o‘ynatadigan iplar esa bu yerda, sizning qo‘lingizda. Qo‘g‘irchoqmi, qulmi — nima farqi bor? — O‘, qardosh, sen faylasuf ekansan. Qo‘y, bu gaplaringni. — Bu falsafa emas, bu haqiqat! — dedi Chuvrindi haqoratlangan odamning ovozida. — Avvalgi kuni, idorangizda bizni ancha masalalarda aybladingiz. Mehmoningiz edim, chidab eshitdim. Bizni o‘zbek (!) deydilar. Mayli, qaysilarimiz noahildirmiz, boshqadirmiz, lekin o‘zbekmiz, «o‘z»imizga «bek»miz. Qullikni hazm qila olmaymiz. — Qardoshim, sen xafa bo‘lma, o‘sha kuni men seni haqorat qilganim yo‘q. Kamchiliklaringni aytdim. — Agar men chechenlarning kamchiligini aytsam, sizga yoqadimi? — Qani, ayt-chi? — Yoqmaydi, — dedi Chuvrindi fikrini davom ettirib. — Hech kimga yoqmaydi. Men o‘zbekman, shu bilan g‘ururlanaman. O‘zbeklarni barcha kamu ko‘stlari bilan yaxshi ko‘raman. Jon berish lozim bo‘lsa, faqat o‘zbek uchun jon beraman. O‘zbek bo‘lib tug‘ildim, o‘zbek bo‘lib o‘laman. Qullikdan hazar qiluvchi xalqning farzandi siz aytgan shartga ko‘nolmaydi. — Chiroyli gapirding, o‘zbek qardosh, lekin senlar xalta ko‘chaga qamalgansanlar. Oldilaringda ham, orqalaringda ham yo‘l yo‘q. Hosilni o‘ldirib katta xato qildilaring. Hosilga otgan o‘qlaring o‘zlaringga qaytishi kerak. Hosil o‘lgan kuni senlar ham o‘lgansanlar. Lekin men senlarga urush ochmayman. Senlarni o‘ldirmayman. Sababini aytganman, esingda, a? — Esimda, — dedi Chuvrindi e’tiborsizlik bilan. — Senga Jamshidni beraman. Mamatbeyni beraman. Ular senga ikki qanot. Gaydarni o‘zingdan chetlat, ammo uzoqlashtirma. Har bir harakati ko‘z ostingda bo‘lsin. U bir kissavur. Katta ishlardan uzoqda tursin. — U — mening ustozim. — Bu endi o‘tmish. Mening gapim tamom. Bugun bir qanotingni olib yurtingga uch. Ha, aytmoqchi, Kozlovning oilasi senlarnikiga panoh izlab ketibdi. Yaxshi, panohingga olaver. Ularning qaerdaligini faqat o‘zing bil. Asad ham, Gaydar ham bilmasin. Kozlovning oilasi uchun boshing bilan javob berasan. Kozlovni qo‘lga olganimizdan keyin ularni nima qilsang qil, ixtiyor o‘zingda. Tushunyapsanmi, ixtiyor o‘zingda. Sen — qul |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling