Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
151 — Unda kallangga mixlab ol, Asadga ham borib ayt: bu mening ishim edi. Prokuraturadan borganlar menga tegishli odamlar. Agar istasam avra-astarlaringni ag‘darib tashlayman. Agar istasam, hammang Butirkada* chiriysan, agar marhamat qilsam, ularni ertagayoq chaqirtirib olaman. Xo‘sh, qaysi biri ma’qul? — Sizga marhamatli bo‘lish yarashadi, — dedi Chuvrindi jilmayib. — Ayyor ekansan. Sen ayt: o‘zingga qaysi biri ma’qul? — Uchinchisi. Hamma ishning tinch yo‘l bilan hal bo‘lgani durust. Chunki biz, hammamiz bir olamning odamlarimiz. — Ha... chiroyli gapirding. Ammo sen «Biz hammamiz jinoyat olamining odamlarimiz», deb nazarda tutding, shunday emasmi? Axir hamma bizni jinoyatchi deb hisoblaydi-ku? — Umuman olganda shunga yaqinroq, — deb tan oldi Chuvrindi. — Senlarning kaltabinliklaring ham shunda. «Biz bir dunyoning odamlarimiz» — qaysi ma’noda, bilasanmi? — Siz ayting. — Biz hammamiz musulmonmiz. Bir qavmdanmiz. Biz bir ota-onaning farzandlarimiz. Anovi qizil devor ortidagilarning ota-bobolari bizlarning yurtlarimizni oyoqosti qilishdi, mozorlarimizni bulg‘ashdi, qizlarimizni badnom qilishdi. Yana yuz yil, yana ming yil, yana qiyomatga qadar shunday qilishmoqchi. Agar mening bobolarim jannatda bo‘lishsa men ularning ko‘zlariga ko‘rinishdan uyalib, do‘zaxga qochaman. Men o‘ch olmasdan yashay olmayman. Biz kichkina xalqmiz. Bularni butunlay yenga olmaymiz. Lekin biz ularni titrab, qo‘rquvda yashashga majbur qilamiz. Bizlarning yurtimizni bosib olgani uchun ular bobolarini la’natlab o‘tishlari kerak! Men agar istasam, ertaga Kremlini portlatib yuborishim mumkin. Lekin bundan menga nima foyda? Muhimi— ularga so‘zimni o‘tkaza olish! Men bunga asta-sekin erishyapman. Buning uchun menga kuch kerak. Buning uchun sen aytgan olamning birlashuvi kerak. Hosil shuning tarafdori edi. Lekin sening xo‘jayining — eshshakday qaysar, buni istamaydi. U ahmoq qizil devor ichidagilarga qulluq qiladi. Men esam ular ustidan hokim bo‘laman, qarab turasan hali. Hosilni senlar yo‘q qildilaring. Lekin men senlarga qarshi urush ochmayman. Chunki senlar o‘zbek qondoshlarimsan. Bilasanmi, men nima uchun o‘zbekni yaxshi ko‘raman. Chunki o‘zbekni ustozim yaxshi ko‘rardi. Bilasanmi, ustozim kim — Akademik!— Xongirey shunday deb ko‘rsatkich barmog‘ini faxr bilan havolatdi. — Eshitganmisan? — Ko‘rganman. — Qaerda? — Bek akamnikida. «Farg‘onada bir g‘alva boshlanadigan, aralashinglar», deb kelgan ekan. — Ha, u shunaqa edi. Burnini siyosatga tiqqan edi, o‘ldi. Uni men ham asrab qololmadim. Uch harf* mendan kuchlilik qildi. Sen ajablanma, «Kremlni portlatishni o‘ylagan odam ustozini qutqarib qololmadimi?» dema. Kreml — bugunning ishi emas. Bir kunmas bir kun portlaydi. Mening qo‘limdan kelmasa, o‘g‘lim, bo‘lmasa nevaram qiladi bu ishni. Xongirey shunday deb sovub qolgan choydan bir ho‘pladi. Tin oldi. So‘ng gapini davom ettirdi: — Bir paytlar o‘zbeklar chechenlarga joy bergan, non bergan. Zelixon aytgan: kafanligini ham bergan ekan. Shuning hurmatiga senlarga qarshi urush ochmayman. Men katta ishlarga qo‘l urayotganimda yonimda ishonchli hamrohlar bo‘lishini istayman. Bilib qo‘y: senlar to‘dakashliklaring bilan menga hamrohlikka yaramaysanlar. Bu ahvolda senlar bir-birlaringni qo‘llamaysan, shuning uchun yigitlaring ham bir-birlariga yelka tutmaydi. Hech bo‘lmaganda bir-birlaringni hurmat qilishni bilmaysanlar, kerak bo‘lsa, bo‘riday g‘ajiysanlar. Shuning uchun ham katta kuch bo‘la olishlaringga qaramay, mayda kuchlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling